РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Vazirlik yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 3 dekabrdagi 315-sonli “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi yuzasidan hududlarda 2015 yil 1-yarim yillikda quyidagi ishlar amalga oshirilgan.

2015 yilning ikkinchi choragida umumiy qiymati 45,8 mln. doll. teng 31 ta grant quyidagi yo'nalishlarga jalb qilindi:

В разделе "Страхование" опубликована информация по рынку страховых услуг Республики Узбекистан по итогам I полугодия 2015 года.

В разделе "Налоги и таможня" опубликован cписок налоговых консультантов, имеющих квалификационный сертификат по состоянию на 01.08.2015 г. 

Davlat va xo'jalik boshqaruvi
organlari rahbarlari diqqatiga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 17 dekabrdagi PQ-2091 sonli “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibini yanada takomillashtirish va xodimlari sonini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini so‘zsiz bajarish maqsadida vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan yangi shtat jadvali tuzilganada, xodimlar soni Prezident qarorida belgilangan sonidan oshmagan holda tasdiqlash kerak. 

tcmf001O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev raisligida o‘tgan Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat kengashi majlisining 2015 yil 12 maydagi 50-sonli bayonnomasida (20.05.2015y. EDO-07/1-266-son) belgilangan tadbirlar doirasida yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ikkita muhim tadbir amalga oshirildi.

Masalan, joriy yilning 9 iyul kuni vazirlikning mas‘ul xodimlari ishtirokida o‘tgan tadbirda yu.f.d., professor Feruza Muhitdinova “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma‘naviyat–engilmas kuch” nomli asari mazmuni va mohiyati”, 10 iyul kuni esa Toshkent Islom instituti rektori Haydarxon Yo‘ldoshxo‘jayev “Diniy ekstremizm, missionerlikning jamiyat, xususan, yoshlar ma‘naviyaga salbiy ta‘siri” mavzularida ma‘ruza qildilar va ishtirokchilarning savollariga javob qaytardilar.

book

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va Toshkent Moliya instituti hamkorligida qator yillar davomida o‘quv-uslubiy adabiyotlar yaratish va chop etish masalasida aniq maqsadlarda faoliyat olib borilmoqda va ijobiy natijalarga erishilmoqda. Ushbu hamkorlikning navbatdagi mahsuli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi bo‘limi boshlig‘i, i.f.n. dots. D.Po‘latov va Toshkent Moliya instituti “Pensiya ishi” kafedrasi katta o‘qituvchisi B.Nurmuxamedovalar tomonidan “G‘aznachilik” fanidan tayyorlangan va nashr etilgan “G‘aznachilik” nomli darslikda o‘z aksini topdi.

“G‘aznachilik” darsligi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan oliy ta‘limning 5230900 - “Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat yo‘nalishi uchun tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan “G‘aznachilik” o‘quv fanining namunaviy dasturiga asosan tayyorlangan.

Mustаqillik shаrоfаti bilаn nurоniy оtахоn vа оnахоnlаrimizni qаdrlаsh, e’zоzlаsh bоrаsidа o’tgаn dаvr dаvоmidа ulkаn mеhr muruvvаtli ishlаr аmаlgа оshirildi, buyuk аjdоdlаrimizning insоnpаrvаrlik g’оyalаridаn хаlqimizning tаriхiy аn’аnаlаri, milliy turmush tаrzi, оdоb ахlоqi va ma’naviy bоy mеrоsidаn fоydаlаnish uchun kеng imkоniyatlаr yarаtilgаni hаm kеksа аvlоd qаlbidаgi ezgu оrzu – intilishlаrining ro’yobgа chiqishidа muhim оmil bo’ldi.

Muhtаrаm Prеzidеntimiz Islоm Аbdug’аniеvich Karimov tоmоnlаridаn 2015 yilni “Kеksаlаrni e’zоzlаsh yili” dеb e’lоn qilingаnligi, аvvаlо kеksа аvlоd vаkillаrigа bo’lgаn chinаkаm g’аmхo’rlik vа e’tibоrni yanаdа kuchаytirish, kеksа оtахоn vа оnахоnlаr hаmdа аhоlining himоyagа muhtоj qаtlаmlаrini qo’llаb-quvvаtlаshni yanаdа yangi cho’qqigа ko’tаrishgа qаrаtilgаn.

В разделе «Страхование» опубликован реестр действующих лицензий на осуществление страховой деятельности страховщиков и страховых брокеров по состоянию на 17 июля 2015 года.

Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, sug‘oriladigan yerlarning unumdorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari xosildorligini ko‘paytirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 aprelda “2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalфanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1958 sonli qarori asosida “2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi” ishlab chiqildi.

Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi Moliya vaziriligi bilan hamkorlikda 2015 yil 28 may kuni Bekobod shahrida monopoliyaga qarshi tartibga solish, narxlarni davlat tomononidan tartibga solish va korporativ xarid masalalariga bag‘ishlan o‘quv seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbirga “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ iqtisodiy bo‘limlarining xodimlari va boshqalar ishtirok etishdi. Mazkur seminarda raqobatni rivojlantirish, monopolist-korxonalar va tabiiy monopoliya sub‘ektlari tovarlariga narxni shakllantirish, aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv, tovarlarning yuqori likvidli va monopol turlarini birja savdolariga qo‘yish masalalari hamda davlat ulushi ustuvor bo‘lgan tabiiy monopoliyalar sub‘ektlari, korxonalar va tashkilotlarda elektron xaridlarning o‘ziga xos xususiyatlari mavzusidagi ma‘ruzalar tinglandi.

Markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobidan moliyalashtiriladigan ob‘ektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda qo‘llaniladigan amaldagi smeta me‘yori va normativlari tizimini, birinchi navbatda bosh tarmoq institutlarda tajribali muhandis-texnik kadrlar (smeta va loyiha ishlab chiqishda qatnashuvchi mutahassislar) bilan ta‘minlanganlik darajasini tanqidiy va chuqur o‘rganib chiqishni ta‘minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 martda 186-F-sonli farmoyishi qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyati tomonidan bir necha yillardan davomida moliya tizimida mehnat qilayotgan xodimlarining ish sharoitlarini yaxshilash maqsadida katta xajmdagi ulkan vazifalar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, 2007 – 2015 yillar davomida moliya, g‘aznachilik va byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hodimlari uchun, oxirigi zamon talablariga to‘liq javob bera oladigan kompyuter va xizmat doirasida foydalaniladigan bir qator texnik jixozlari bilan ta‘minlangan 244 ta zamonaviy, ko‘rkam va jixozlar bilan ta‘minlangan binolar moliya, g‘aznachilik va byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi xodimlariga foydalanish uchun topshirildi.

Bundan tashqari, moliya vazirligi tizim xodimlari va ularning oila - a‘zolarini dam olib xordiq chiqarishi masalalariga xam vazirlik raxbariyati tomonidan alohida e‘tiborni qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi №PQ-1958 sonli qarorlari ijrosini ta‘minlash maqsadida, 2015 yil 1 iyun kuniga Jamg‘armani boshqarish departamenti tomonidan meliorativ tadbirlarni amalga oshirishga tizimli va kompleks yondoshishni ta‘minlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

1. Meliorativ ob‘ektlarni rekonstruktsiya qilish va qurish ishlari bo‘yicha:

Dasturga ko‘ra Departament buyurtmachi sifatida 2015 yilda jami 149 ta ob‘ektda rekonstruktsiya qilish va qurish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan:
- 43 tasi yildan-yilga o‘tuvchi ob‘ektlar;

- 106 tasi yangidan boshlanadigan ob‘ektlardir.

Ushbu loyihalar doirasida 760,6 km ochiq va 283,1 km uzunlikda yopiq-yotiq drenaj tarmoqlarini, 6 dona meliorativ nasos stantsiyalarini, 169 dona vertikal drenaj quduqlarini, 1081 dona meliorativ kuzatuv quduqlarini, 2,7 uzunlikda inspektorlik yuli va 44 dona gidrotexnik inshootlarni qurish va qayta qurish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya ob‘ektlari tarmog‘ini rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, buning asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqaror ishlashini ta‘minlash, yerlarning unumdorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini ko‘paytirish maqsadida 2013-2017 yillar davri uchun chora-tadbirlar qabul qilindi.

18 июня 2015 года в зале заседаний Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан представителями фракции «Миллий тикланиш» был проведен круглый стол на тему: «Задачи, связанные с совершенствованием системы контроля исполнения Бюджетного законодательства».

I. Davlat byudjeti daromad qismining ijrosi

2014 yil davomida Davlat byudjeti daromadlari 21,0 foizga o‘sib, 31 730,5 mlrd. so‘mni, YaIMga nisbatan 21,9 foizni yoki belgilangan rejaga nisbatan esa 101,0 foizni tashkil qildi.

Hisobot davrida davlat soliq organlari tomonidan belgilangan reja 100,3 foizga bajarilib, byudjetga 23 400,5 mlrd. so‘m mablag‘ undirilishi ta‘minlandi.

Davlat byudjeti daromadlari tarkibi

                  mlrd.so'm
Ko‘rsatkichlar 2014 yil (ijro)
1 Bevosita soliqlar 7 433,1
2 Bilvosita soliqlar 16 852,3
3 Resurs to‘lovlari va mulk solig‘i 4 311,5
4 Boshqa daromadlar 3 133,7

2015 yil 10 iyun kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi o‘rtasida ijtimoiy hamkorlik doirasida hamjihatlik va hamkorlik to‘g‘risida Memorandum tuzildi.

O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 26 martdagi "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yo‘li bilan tadbirkorlik sub‘ektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 69-sonli qaroriga muvofiq, 2015 yil 1 iyundan boshlab birjaning maxsus axborot portali orqali elektron savdo yo‘li bilan tadbirkorlik sub‘ektlaridan eng zarur tovar (ish, xizmat)larning davlat xaridini ta‘minlovchi dasturiy-texnik majmua hisoblangan elektron katalog platformasi yo‘lga qo‘yildi. 

2015 yil 12 iyun kuni davlat xaridlari bilan shug‘ullanuvchi organlar xodimlari uchun “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va korruptsiyaga qarshi kurash” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Korruptsiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kompleks harakatlar rejasi (21.05.2015 y., 12-19-7-son) va Istanbul rejasi doirasida IHRT tomonidan O‘zbekistonni monitoring qilishning navbatdagi raundiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan korruptsiyaga qarshi tadbirlarni ijro etish Rejasiga (03.06.2015 y., 25-73-son) muvofiq tayyorlandi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – davlat xaridlari tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha davlat xaridlari bilan shug‘ullanuvchi idora xodimlarining huquqiy savodxonligini va madaniyatini oshirish, ushbu sohada qonunchilikni yanada takomillashtirish va amaldagi qonunchilikni huquqiy qo‘llash bo‘yicha mavjud muammolarni muhokama qilish belgilangan.

Moliya vazirligida ishlab chiqarish jarayonlarida axborot texnologiyalariga bo’lgan talabning ortishi va ijtimoiy hayot bilan axborot infratuzilmasini rivojlantirish va amalda tadbiq qilish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Xozirgi vaqtga kelib Moliya Vazirligida davlat byudjetining g’aznachilik ijrosi hamda byudjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobi va oylik ish haqqini hisoblash jarayonlari avtomatlashtirilgan. Bundan tashqari yildan yilga boshqa byudjet tashkilotlari bilan o’zaro integrallashuv, elektron hujjat almashinuvi va yangidan yangi xizmatlar soni ko’paymoqda. Ayni paytda, Moliya Vazirligi AKTni rivojlantirish yo’lidagi asosiy maqsadi bu infratuzilma foydalanuvchilariga dasturiy ta’minot tizimlariga ishonchli, uzluksiz bog’lanish va foydalanish imkoniyatini ta’minlashga qaratilgan. Shu bilan birga Moliya Vazirligi tizimiga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish, AKT infratuzilmasini yangilash va modernizatsiya qilish bo’yicha olib borilayotgan ishlar deyarli yakuniga yetib qolgan.

2014 yildan Moliya Vazirligi “Axborot xisoblash markazi” DUK Tas-IX tarmog’idan foydalanuvchi tashkilotlar safiga qo’shildi. Bu o’z navbatida Tas-IX tarmog’iga 1 Gb/sec tezlikda ulanish va kundan kunga ortib borayotgan “UzASBO” dasturidan foydalanuvchi byudjet tashkilotlarining dasturdan foydalanishga bo’lgan ehtiyojini qondirish imkoniyatini berdi.

2015 yil 10 iyun kuni Jahon Bankining O‘zbekiston Respublikasidagi mintaqaviy vakolatxonasida PEMPAL Byudjet Hamjamiyati Ishchi guruhi doirasida navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazining xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir videokonferentsiya shaklida o‘tdi, buning uchun Jahon Bankining Toshkent, Zagreb, Belgrad, Sarayevo, Moskva, Tirana, Minsk, Kishinev va Bishkek kabi poytaxtlardagi vakolatxonalarida videoaloqa o‘rnatildi.

2015 yil 3 iyun kuni “Poytaxt” Biznes markazida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda Byudjet tizimi islohotlari” loyihasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi bilan hamkorlikda “Davlat byudjeti ijrosining G‘aznachilik tizimi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi, O‘zbekiston Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Реконструкция автомобильной дороги 4 Р45 «Самаркандская кольцевая дорога на участке 0-33км»

Постановлением Президента Республики Узбекистан ПП-2313 от 6марта2015 года «О мерах по реконструкции и развитию Узбекской национальной магистрали на 2015-2019» утверждена Программа строительства и реконструкция автомобильных дорог, входящих в состав Узбекской национальной магистрали на 2015-2019 годы.

Принимая во внимание тот факт, что проектируемая автомобильная дорога 4 Р45 «Самаркандская кольцевая дорога» на участке 0-33 км является приоритетным коридором и имеет большое значение для социально-экономического и транспортного развития Республики Узбекистан. Реконструируемый участок расположен на Юго-западной части Самаркандской области, на территории Самаркандского района. Трасса в начальном участке км 0-10 проходит по городским чертам г Самарканда.

Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, sug‘oriladigan yerlarning unumdorligini oshirish xamda qishloq xo‘jaligi ekinlarining xosildorligini ko‘paytirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 aprelda “2013-2017 yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari tug‘risida”gi PK 1958-sonli qarori asosida “2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi” ishlab chiqildi.

Ustav fondida davlat ulushi mavjud xo'jalik yurituvchi subyektlarda ular tomonidan davlat ulushiga dividendlar hisoblanishi faoliyatida ko'plab uchraydigan kamchiliklarni oldini olish va bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar.

1. O'zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g’risida”gi Qonunining (yangi tahriri) 48-moddasiga asosan dividend jamiyat sof foydasining aksiyadorlar o'rtasida taqsimlanadigan qismidir. Jamiyat aksiyalarining har bir turi bo'yicha e'lon qilingan dividendlarni to'lashi shart.

Dividend aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi qaroriga ko'ra pul mablag’lari yoki boshqa qonuniy to'lov vositalari yohud jamiyatning qimmatli qog’ozlari bilan to'lanishi mumkin.

Jamiyatning imtiyozli aksiyalari bo'yicha dividendlarni qimmatli qog’ozlar bilan to'lashga yo'l qo'yilmaydi.

Dividend aksiyadorlar o'rtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Во исполнение Распоряжение Президента Республики Узбекистан от 9 марта 2015 года “О разработке Программы по дальнейшему совершенствованию дренажной системы, улучшению мелиоративного состояния и снижению уровня грунтовых вод, развитию инженерно-коммуникационной и социальной инфраструктуры города Гулистан на 2015-2019 годы” №Р4421, протоколом заседания Республиканской комиссии от 17 марта 2015 года, №1 утверждены составы рабочих групп по 8 направлениям, в том числе по “Совершенствованию дренажной системы, улучшению мелиоративного состояния и снижению уровня грунтовых вод города Гулистан.”

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksini amalga oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 245-sonli qaroriga asosan G‘aznachilik bo‘linmalari xarajatlarining belgilangan ketma-ketligiga, shuningdek daromadlar va xarajatlar tushumlarining oylar bo‘yicha prognozlariga muvofiq qabul qilingan moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun Davlat byudjeti xarajatlarining cheklangan hajmini belgilaydilar hamda uning asosida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarga xarajatlarni to‘lash uchun ruxsatnomalar (keyingi o‘rinlarda – XTR) beradilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 maydagi 142-sonli “2013-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi to‘g‘risida”gi qarorida “Saygachiy” buyurtma qo‘riqxonasini kompleks landshaft buyurtma qo‘riqxonasi sifatida qaytadan tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Tarraqiyot Dasturi, Global ekologik jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi hamkorligida “O‘zbekiston neft va gaz tarmog‘ida biologik xilma-xillikni saqlash tamoyillarini inregratsiyalash” loyihasi doirasida 2015 yilning 13-16 may kunlari tashkil etilgan Ustyurt platosiga tashrifda idoralararo ishchi guruhi tarkibiga kiruvchi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi xodimlari qatnashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hay‘atining Reglamentiga muvofiq tasdiqlangan Moliya vazirligi Hay‘atining 2015 yil 1-yarim yillik ish rejasiga asosan 2015 yil 25 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2015 yil 1-choragidagi ijrosi hamda Vazirlar Mahkamasining “Joriy yilning 1-choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlar va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini baholash to‘g‘risida”gi majlisidan kelib chiqadigan moliya tizimi xodimlarining vazifalari to‘g‘risida”gi majlisidan kelib chiqadigan moliya tizimi xodimlarining vazifalariga bag‘ishlangan Hay‘at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Hay‘at yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2015 yil 1-chorakdagi ijrosi, byudjet ijrosi jarayonida G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va joriy yilni muvaffaqiyatli yakunlash uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar hamda Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2015 yil 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Hay‘at yig‘ilishida Hay‘at a‘zolari, Moliya vazirligining boshqarma boshliqlari, Jamg‘arma direktorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya, g‘aznachilik, Nazorat-taftish va Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi boshliqlari qatnashdilar.

Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari-Moliya vaziri R.Azimov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining "O’zbеkiston Rеspublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjеti paramеtrlari tўo’risida" 2014 yil 4 dеkabrdagi PQ-2270-son qaroriga muvofiq, O’zbеkiston Rеspublika Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 26 martda "O’zbеkiston rеspublika tovar-xom ashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elеktron savdo yo’li bilan tadbirkorlik sub'еktlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini tashkil etish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 69-sonli qarori qabul qilindi. 

O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining "O’zbеkiston Rеspublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjеti paramеtrlari tўo’risida" 2014 yil 4 dеkabrdagi PQ-2270-son qaroriga muvofiq, O’zbеkiston Rеspublika Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 26 martda "O’zbеkiston rеspublika tovar-xom ashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elеktron savdo yo’li bilan tadbirkorlik sub'еktlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini tashkil etish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 69-sonli qarori qabul qilindi. 

Buxoro viloyatining Buxoro shahridagi “Qo‘hna va boqiy Buxoro” madaniy markazida joylashgan amfiteatrda 2015 yilning 26 may kuni “Umid nihollari-2015” musobaqasining final bosqichi “Yoshlik va sport” bayrami sifatida o‘tkazildi.

Bayram tadbirida jahon va qit‘a chempionlari hamda sovrindorlarining ko‘rgazmali chiqishlari, taniqli va yosh san‘at ustalari, estrada xonandalari hamda badiiy jamoalar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015 yil 26 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2015 yil 26 mart kuni qabul qilingan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2015 yil 15 may kuni ma‘qullangan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini imzoladi.

Mazkur Qonun rasmiy e‘lon qilingan kundan e‘tiboran olti oy o‘tgach, “Umumiy foydalanishdagi havo, temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilarining majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni o‘rniga kuchga kiradi.

В городе Гулистане Сырдарьинской области с 14-16 мая 2015 года был проведён областной фестиваль “Мы-дети великой страны”. На фестивале приняли активное участие артисты, писатели, научные деятели, депутаты.

Для торжественного проведения фестиваля с местного бюджета Сырдарьинской области были выделены средства в размере 55,0 млн. сум.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining ijro etuvchi direktori M.R.Abdullayev boshchiligida 2015 yil 16 may kuni Toshkent avtomobil va yo‘llar institutida bitiruvchi talabalar va institut o‘qituvchilari ishtirokida Respublika yo‘l jamg‘armasining faoliyati to‘g‘risida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Respublika yo‘l jamg‘armasining o‘tgan davr mobaynidagi faoliyati yuzasidan ma‘lumot berildi.

Bunda, jamg‘arma daromadlari 2004 yilda 179,8 mlrd. so‘mni, 2014 yilda 2111,6 mlrd. so‘m ni tashkil etib, bu 2004 yilga nisbatan 11,7 barobar o‘sganligi ta‘kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining ijro etuvchi direktori M.R.Abdullayev boshchiligida 2015 yil 16 may kuni Toshkent avtomobil va yo‘llar institutida bitiruvchi talabalar va institut o‘qituvchilari ishtirokida Respublika yo‘l jamg‘armasining faoliyati to‘g‘risida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Respublika yo‘l jamg‘armasining o‘tgan davr mobaynidagi faoliyati yuzasidan ma‘lumot berildi.

Bunda, jamg‘arma daromadlari 2004 yilda 179,8 mlrd. so‘mni, 2014 yilda 2111,6 mlrd. so‘m ni tashkil etib, bu 2004 yilga nisbatan 11,7 barobar o‘sganligi ta‘kidlandi.

2015 yil 20 may kuni Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhining 22-yalpi majlisi doirasida xususiy sektor bilan “Xavflarni baholash va xususiy sektorning ahamiyati. Bosh omillar va qayta aloqa” mavzusida konsultatsiyalar o‘tkazildi. Mazkur tadbirda vazirlik va idoralar, sug‘urta, lizing xizmatlarini ko‘rsatuvchi, lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, auditorlik tashkilotlari vakillari va boshqalar ishtirok etdi.

15 мая 2015 года в АК «Уздонмахсулот» состоялся учебный семинар, посвященный вопросам корпоративного управления, государственного регулирования цен, электронной закупки и развития конкуренции.

На данном семинаре принимали участие представители предприятий, входящих в структуру АК «Уздонмахсулот» и др. Были обсуждены вопросы по развитию конкуренции, формированию и применению цен на товары предприятий-монополистов и субъектов естественной монополии, корпоративному управлению в акционерных обществ, выставлению на биржевые торги высоколиквидных и монопольных видов товаров, особенности электронных закупок субъектов естественных монополий, предприятий и организаций, имеющих преобладающую долю государства.

2015 yilning 23 aprel - 7 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 28 noyabrdagi 261-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyatlar, tumanlar hokimliklari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar Fermerlar kengashlari, havza boshqarmalari va meliorativ ekspeditsiyalari, nasos stantsiyalari, energetika va aloqa boshqarmalari boshliqlari, Qurilayotgan korxonalar birlashgan direktsiyasi, shuningdek ishchi guruhlar ishtirokida o‘rganib chiqilgan 2016 yilda meliorativ ob‘ektlarni qurish va rekonstruktsiya qilish hamda ta‘mirlash tiklash ishlarining dastlabki ro‘yxati taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 3 dekabrdagi 315-sonli “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi yuzasidan hududlarda quyidagi ishlar amalga oshirilgan.

2014 yilda amalga oshirilgan tadbirlar:

Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan dasturlariga asosan Respublika bo‘yicha tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan sanitar tozalash xizmatlarini amalga oshirishlari uchun ularning moddiy texnik bazasini mustahkamlash va ularning tasurrufidagi mavjud hamda yangi quriladigan chiqindi poligonlarini tartibga keltirish uchun respublika va mahalliy byudjeti manbalari hisobidan 2014 yilda jami 100,8 mlrd. so‘mlik mablag‘lar moliyalashtirildi. Jumladan:

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2015 yil 18 maydagi 374-k-sonli buyrug'iga asosan Moliya vazirligi markaziy apparatining tegishli boshqarmalari, ҳududiy moliya va nazorat-taftish boshqarmalari hodimlari tomonidan suv ta'minoti korhonalarining tegishli mutahassislari ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 8 yanvardagi PQ-555-sonli “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aҳoli punktlarining suv ta'minoti va sanitariyasi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan kredit mablag'larining qaytarilishi, loyiҳa amalga oshirilgan ҳududlardagi suv ta'minoti korhonalarining moliyaviy ҳolati ҳamda iste'molchilarga ko'rsatilayotgan suv ta'minoti hizmatining ҳolati yuzasidan 2015 yilning 19-22 may kunlari Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida o'rganish o'tkazildi. 

O'rganish natijalari bo'yicha qo'shimcha ma'lumot o'rnatilgan tartibda taqdim etiladi.

Futbolni ommalashtirish hamda moliya tizimi xodimlarining salomatligini yaxshilash maqsadida may oyining boshida respublika hududlarida mini-futbol bo‘yicha an‘anaviy saralash musobaqalari o‘tkazildi.
Saralash musobaqalarining “A” guruhida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlari terma jamoalari, “V” guruhida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari terma jamoalari, “S” guruhida - Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarkand va Jizzax viloyatlari va “D” guruhida Sirdaryo, Toshkent viloyati, Toshkent shahri, Moliya vazirligi G‘aznachiligi jamoalaridan o‘zaro kuch sinashdilar.

1. Suv ta‘minoti va kanalizatsiya xizmatlari iste‘molchilari hisobining yagona axborot tizimini yaratishning shart-sharoitlari va bugungi kundagi holati 

Hozirgi vaqtda suv ta‘minoti va kanalizatsiya sohasida shahar va qishloq joylarida ichimlik suvi ta‘minotini yaxshilash bo‘yicha Xalqaro moliya institutlari (XTTB, IDA, Osiyo taraqqiyot banki va boshqalar) kreditlarini jalb qilgan holda 7 ta investitsion loyiha amalga oshirilgan, 8 ta loyiha amalga oshirilayapti va 20 ta investitsion loyiha ishlab chiqilish jarayonidadir.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2015 yil 15 may kuni “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma‘qullandi.

“Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2011-2015 yillarda respublika mikromoliyalash sohasini va nobank moliya sektorini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning 5-bandiga asosan Moliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan, hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2015 yil 26 mart kuni qabul qilingan.

2014 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi Xay‘ati yig‘ilishida, vazirlik raxbariyati tomonidan Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi hamda hududiy moliya tizimi raxbarlari oldiga quyidagi vazifa, hududiy moliya, g‘aznachilik organlari va byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi raxbar xodimlarini bilimini, dunyo qarashini hamda malakasini oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish va chet el tajribasi asosida ularning malakasini oshirish yuklatildi.

Moliya vazirligi Hay‘ati qarori bilan belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan, vazirlik tomonidan Xalqaro moliyaviy tashkilotlar va Yaponiya, Xitoy, Koreya, Germaniya, Frantsiya, Chexiya va boshqa davlatlar diplomatik missiyalarining respublikadagi vakolatxonalariga joriy yil davomida hududiy moliya, g‘aznachilik organlari va byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi raxbar xodimlarini bilimini oshirish uchun o‘quv kurslarini tashkillashtirish to‘g‘risida xatlar yuborildi.

2015 yil 11-12 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Turkiya Respublikasining Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining (TIKA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Turkiya Moliya vazirligi, g‘aznachilik va ijtimoiy himoya qilish xizmati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, Turkiya Respublikasida mamlakatimiz Moliya tizimi xodimlarini malakasini oshirish masalalari yuzasidan fikrlar almashildi.

8 мая 2015 года проведено совещание в Министерстве финансов Республики Узбекистан, посвященное итогам I квартала 2015 года и приоритетным направлениям развития страхового рынка республики на 2015 год. В нем приняли участие представители Государственной инспекции по страховому надзору при Министерстве финансов, руководители страховых компаний, Ассоциации профессиональных участников страхового рынка Узбекистана и Фонда гарантирования выплат по обязательному страхованию гражданской ответственности владельцев транспортных средств.

Hozirgi vaqtda, BMT TDning "O'zbеkistonda Davlat moliyasini isloh qilish" loyihasi ko'magida, idoralararo ishchi guruhi bilan birgalikda, mazkur qonun loyihasini ekspеrtizadan o'tkazish uchun jalb qilingan halqaro ekspеrtidan olingan e'tiroz va takliflarni inobatga olgan holda, "Davlat xaridlari to'g'risida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

2014 yil 1 apreldan boshlab, O‘zbekiston Respublikasida, Rossiya Federatsiyasida va Ukrainada ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini ixtisoslashtirilgan savdo tarmog‘idan sotib oluvchi fuqarolardan Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlarni undirmaslik to‘g‘risidagi imtiyoz bekor qilingan. Endi ular sotib olingan avtotransport vositasining ot kuchi hisobidan yig‘im to‘lashlari lozim bo‘ladi.

2015 yil uchun yig‘imlar stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi PQ-2270-sonli qarori bilan tasdiqlangan 24-ilovaga muvofiq belgilangan:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mutaxassislari Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan 2015 yilning 4-15 mayida Vena shahridagi Birlashgan Vena Institutida “Makroiqtisodiy boshqaruv va fiskal siyosat” mavzusida tashkil etilgan o‘quv seminarda ishtirok etishdi.

Mazkur seminarda 16 ta Yevropa va Mazkaziy Osiyo davlatlaridan 30 ta tinglovchi, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vakili ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda davlatning iqtisodiyotdagi roli, makroiqtisodiy to‘g‘rilash va davlat moliyasini boshqarish soliq-byudjet va pul-kredit siyosatining o‘zaro ta‘siri, antitsiklik instrument sifatida soliq-byudjet siyosati, soliq siyosati (umumiy printsiplar, oxirgi o‘zgarishlar va siyosat masalalari) byudjet barqarorligi, byudjet qoidalari va boshqa mavzudagi ma‘ruzalar tinglandi.

Президент Узбекистана Ислам Каримов 12 мая осмотрел новый путепровод, сооруженный на улице Себзар в Ташкенте. Путепровод имеет ширину 26 м и длину около 500 м.

Дополнительно была расширена пересекающаяся с улицей Себзар улица Абдуллы Кадыри, которая стала четырехполосной в обоих направлениях.

Строительство шестиполосного путепровода позволило увеличить пропускную способность улицы Себзар с 3200 автомобилей в час до 9800. На улице Кадыри пропускная способность увеличится с 2400 до 5600 машин в час.

2015 yil 8 may kuni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (bankning ustav kapitalida Moliya vazirligi 17,7% ovoz beruvchi aktsiyalarga egalik qiladi) aktsiyadorlarining navbatdagi yillik (hisobot) yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Отчёт об исполнении доходов и расходов Республиканского целевого книжного фонда при Министерстве финансов Республики Узбекистан за 2014 год

Ustav fondida davlatga tegishli ulush bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar va davlat unitar korxonalarida har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishga doir:

"Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasida har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi kerak bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar ro‘yxati belgilangan. Mazkur moddada ustav fondida davlatga tegishli ulush bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar va davlat unitar korxonalari ham har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi kerakligi belgilangan.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) yoki moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim qilishning boshqa asoslari bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy hisobotni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda cheklovlarni qo‘llashga doir qo‘yidagilar ma‘lum qilinadi:

“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq, auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub‘ektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog‘liq moliyaviy axborotini auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir. Ta‘kidlash muhimki, buxgalteriya hisobi sub‘ektlari tomonidan moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim qilish masalalari ushbu qonun bilan tartibga solinmaydi. Bundan tashqari, yuqorida keltirilgan qonunning 7-moddasiga asosan auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganida “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun hamda boshqa qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi shart.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 470 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!