РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Vazirlik yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga nisbatan aksiz soligʻi stavkalari toʻgʻrisida ma'lumot (ko'chirib olish PDF 0.3MB)

24.10.2016 yil holatiga sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokkerlariga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish xuquqini beruvchi amaldagi litsenziyalar reyestri (ko'chirib olish PDF 0.3 MB

“Ishonch telefoni” 24 soat davomida ishlab turishi va fuqarolardan tushayotgan murojaatlarni uzluksiz qabul qilish uchun, ishdan tashqari vaqtlarda kelayotgan shikoyatlarni avtomatik tarzda yozib olish va saqlash sistemasi ishga tushurildi (TP-Link rusumli modem drayver komponentlari qoʻyildi hamda kompyuterga Ventafax 5.0 dasturi oʻrnatilib avtootvetchik funktsiyasiga ulandi).

Gʻaznachilik, Pensiya, ish haqi toʻlovi masalalari hamda tender va tanlov savdolarining toʻgʻri oʻtkazilishi yuzasidan 2016 yil 3-choragida bosh boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga fuqarolardan 451 ta murojaatlar kelib tushdi.

2016 yilning uchinchi choragida umumiy qiymati 75,0 mln. doll. teng 50 ta grant quyidagi yoʻnalishlarga jalb qilindi:

- sogʻliqni saqlash, taʼlim va xodimlarning malakasini oshirish (32 grant) -   38,3 mln. doll.
 
- qishloq va suv xoʻjaligi (2 grant) -   15,0 mln. doll.
 
- ijtimoiy himoya, madaniyat va sportni rivojlantirish (10 grant) -11,1 mln. doll.
 
- huquqni muhofaza qilish va bojxona organlarini texnik jihozlash va institutsional rivojlantirish (2 grant) -   8,3 mln. doll.
 
- iqtisodiyot, moliya bozori va tadbirkorlikni rivojlantirish (1 grant) -   0,5 mln. doll.
 
- boshqa yoʻnalishlar (3 grant) - 1,8 mln. doll.
 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 29 sentyabr kuni oʻtkazilgan 78-sonli yigʻilish bayoni va Moliya vazirligining 2010 yil 22 martdagi 48-sonli buyrugʻi talablari ijrosi yuzasidan hududiy Gʻaznachilik boshqarmalari va ularning tuman (shahar)lari boʻyicha Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning rahbarlari hamda moliya-hisob boʻlinmalari xodimlari ishtirokida 2016 yilning noyabr oyida oʻtkaziladigan seminar-yigʻilishlarda Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan ishtirok etadigan masʼullar ko’rish uchun ushbu havola (PDF 0.34MB) orqali yuklab olishingiz mumkin.   

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21martdagi PQ-1730-son "Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida davlat organlari tomonidan aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari roʻyxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash, tegishli axborot resurslaridan keng koʻlamda, shu jumladan, qishloq joylarda foydalanishni taʼminlash boʻyicha bir qator vazifalar nazarda tutilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrdagi 445-son “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish, ulardan chakana savdoda, kommunal xizmatlarga va xizmatlarning boshqa turlariga toʻlovlarni amalga oshirishda foydalanish, shuningdek pul mablagʻlarining bankdan tashqari aylanishini qisqartirish koʻzda tutilgan.

Navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2016 yil 11 oktyabrdagi buyrugʻiga asosan 2016 yilning 28-29 oktyabr kunlarida (imtihon boshlanishi 2016 yil 28 oktyabr, soat 10:00da) Gʻaznachilikning maʼmuriy binosida (manzil: Toshkent sh., Istiqlol koʻch., 29-uy) Moliya vazirligi qoshidagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazida oʻtkaziladi.

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi daʼvogarlar qoʻyildi:
 

                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                (mln. doll. AQSH)

Loyiha nomi

 

XMI/

donor mamlakatlar

 

Kredit summasi

Loyiha summasi

 

Loyiha maqsadi

Imzolangan sana

1.

Kadastr va ko’chmas mulkni ro’yxatdan o’tkazish tizimini takomillashtirish

Jaxon banki

20,0

35,77

Kadastr va ko’chmas mulkni ro’yxatdan o’tkazish integratsiyalashtirilgan informatsion tizimini ishlab chiqib tadbiq etish, ko’chmas mulk va kadastr bo’yicha ma’lumotlarni elektron shaklga o’tkazish, ma’lumotlar bazasi va texnik qo’llanmalar ishlab chiqish

16.09.2016y.

Jami:

 

20,0

35,77

 

 

Muzokaralar maqsadi

Muzokaralar soni

- Moliya vazirligi rahbariyatining halqaro moliyaviy institutlari (HMI), xorijiy mamlakatlar hukumatlari, xorijiy banklar va kompaniyalari vakillari bilan uzoq muddatli moliyaviy iqtisodiy hamkorlik, hamkorlikning yangi istiqbolli sohalarini muhokama etish, shuningdek, ayrim strategik jihatdan muhim investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari yuzasidan rasmiy uchrashuvlari;

54

 - HMI va donor mamlakatlari missiyalari va vakillari bilan yangi loyihalarni tayyorlash va joriy loyihalarni amalga oshirish masalalari boʻyicha ishchi uchrashuvlar;

- boshqa joriy masalalar yuzasidan uchrashuv va muzokaralar.

 

Toshkent shahar Xoʻjalik sudining 2016 yil 24 maydagi hal qiluv qaroriga asosan “Agro Invest Sug'urta” Aktsiyadorlik jamiyatiga 2014 yil 21 oktyabrda berilgan seriyasi SF 00199 - raqamli litsenziyaning amal qilishi tugatildi.

Toshkent shahar Xoʻjalik sudining appelyatsion instantsiyasining 2016 yil 28 iyuldagi qaroriga asosan Toshkent shahar Xoʻjalik sudining 2016 yil 24 maydagi hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining kassatsiya instantsiyasining 2016 yil 21 sentyabrdagi qaroriga asosan Toshkent shahar Xoʻjalik sudining 2016 yil 24 maydagi hal qiluv qarori va Toshkent shahar Xoʻjalik sudining appelyatsion instantsiyasining 2016 yil 28 iyuldagi qarori oʻzgarishsiz qoldirildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrugʻi bilan 2016 yil 27 sentyabrda “Agro Invest Sug`urta” Aktsiyadorlik jamiyatiga muvaqqat maʼmuriyat tayinlandi.
 

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi Rayosati Majlisining 2016 yil 30 maydagi №50-sonli bayoni va Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Jamgʻarmasini boshqarish Departamentining 2016 yil 30 maydagi №32-AGʻ-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Nazorat rejasi asosida:

joriy yilning 1 sentyabr holatiga 107,56 mlrd. soʻmlik 631,2 km ochiq va 199,4 km uzunlikdagi yopiq-yotiq drenaj tarmoqlarini, 3 dona meliorativ nasos stantsiyalarini, 129 dona vertikal drenaj quduqlarini va 25 dona gidrotexnik inshootlarni qurish va qayta qurish ishlari

shuningdek 128,0 mlrd.soʻmlik, jumladan 12008,0 km ochiq va 648,9 km yopiq-yotiq kollektor drenaj tarmoqlari, 435 dona vertikal drenaj quduqlari, 3 dona meliorativ nasos agregatlari, 638 dona kuzatuv quduqlari va 1205 dona gidrotexnik inshootlarda taʼmirlash-tiklash ishlari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi hamda qonunchilik normalariga muvofiq byudjet tashkilotlarida belgilangan buxgalteriya hisobi va hisobotining sifatli ijrosini taʼminlash hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlarini Davlat byudjetining gʻazna ijrosi sharoitida ishlashga tayyorlash borasida  2016 yil davomida respublikamizning har bir tuman va shaharlarida byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari uchun bir kunlik oʻquv seminarlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Yuqorida qayd qilingan va tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan navbatdagi oʻquv seminarlar joriy yilning 11 avgustidan 23 avgustiga qadar Xorazm viloyatining Urganch  shahrida (139 nafar), Urganch tumanida (89 nafar), Yangibozor tumanida (79 nafar), Gurlan tumanida (114 nafar), Shovot tumanida (118 nafar), Qoʻshkoʻpir tumanida  (123 nafar), Xiva tumanida (133 nafar), Yangiariq tumanida (89 nafar), Bogʻot tumanida (105 nafar), Xazorasp tumani (143 nafar), Xonqa tumani (123 nafar) moliya-hisob boʻlinmalari xodimlari ishtirokida oʻtkazildi. Mazkur seminarlarda jami 1255 ta byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari oʻz malakalarini oshirdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi hamda qonunchilik normalariga muvofiq byudjet tashkilotlarida belgilangan buxgalteriya hisobi va hisobotining sifatli ijrosini taʼminlash hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlarini Davlat byudjetining gʻazna ijrosi sharoitida ishlashga tayyorlash borasida  2016 yil davomida respublikamizning har bir tuman va shaharlarida byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari uchun bir kunlik oʻquv seminarlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Yuqorida qayd qilingan va tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan navbatdagi oʻquv seminarlar joriy yilning 05 avgustidan 16 avgustiga qadar Navoiy viloyatining Uchquduq  tumanida (48 nafar), Tomdi (42 nafar), Zarafshon tumanida (43 nafar), Konimex tumanida (69 nafar), Navbahor tumanida (85 nafar), Qiziltepa tumanida  (109 nafar), Karmana tumani (74 nafar), Navoiy shahri (77 nafar), Xatirchi tumani (123 nafar), Nurota tumani (116 nafar) moliya-hisob boʻlinmalari xodimlari uchun oʻtkazildi. Mazkur seminarlarda jami 786 ta byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari oʻz malakalarini oshirdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi PQ-2458-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbek milliy avtomagistrali” tarkibiga kiruvchi avtomobil yoʻllari uchastkalarini qurish va rekonstruktsiya qilish dasturiga asosan joriy yilda 513,0 km uzunlikdagi (451,0 km asfaltobeton va 62,0 km tsementobeton qoplamali) avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlarini bajarish rejalashtirilgan.

Respublika yoʻl jamgʻarmasi tomonidan 2016 yil 1-yarim yilligida tasdiqlangan dasturga muvofiq, 158,3 km uzunlikdagi avtomobil yoʻllarida qurilish, rekonstruktsiya va toʻla taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan boʻlib amalda 190,8 km uzunlikdagi avtomobil yoʻllarida qurilish ishlari bajarildi. Amalga oshirilgan loyihalarda 157,1 km qayta qurish ishlari hamda 33,7 km toʻla taʼmirlash ishlari bajarildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tashabbusi bilan Shayxontohur tuman Moliya, Gʻaznachilik hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari uchun 2016 yil yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi.

Rasmlar ko'rish uchun quyidagi havolagani bosing

2016 yilning ikkinchi choragida umumiy qiymati 47,7 mln. doll. teng 89 ta xorijiy grant quyidagi yo‘nalishlarga jalb qilindi :

 

sog‘liqni saqlash, ta'lim va xodimlarning malakasini oshirish (42 grant) -20,0 mln. doll.
huquqni muhofaza qilish va bojxona organlarini texnik jihozlash va institutsional rivojlantirish (7 grant) -9,6 mln. doll.
uy-joy, transport va energetik infratuzilmalarni rivojlantirish (4 grant) -6,8 mln. doll.
davlat boshqaruvi organlarini institutsional rivojlantirish va moddiy-texnika bilan jizohlash (3 grant) -6,2 mln. doll.
ijtimoiy himoya va madaniyatni rivojlantirish
(12 grant)
-2,1 mln. doll.
qishloq va suv xo‘jaligi (11 grant) -1,4 mln. doll.
ekologiya (4 grant) -0,9 mln. doll.
boshqa yo'nalishlar (6 grant) -0,7 mln. doll.

Ko‘rsatkichlar

Soni, kishi

 1. Malaka imtixoniga qo‘yilgan da‘vogarlar, jami

39

shulardan kelmaganlar

7

2. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar

23

3. Malaka imtihonidan o‘tmaganlar

9

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1989-son qaroriga muvrfiq “Elektron hukumat” axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini yaratish, telekommunikatsiya infrastrukturasini yanada rivojlantirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlarning samarasi oʻlaroq, mamlakatimiz elektron hukumati xalqaro miqyosda eʼtirof etildi. Joriy yilning 30 iyulida eʼlon qilingan “Birlashgan millatlar tashkilotining elektron hukumat boʻyicha tadqiqoti” nomli hujjatda Oʻzbekiston 20 pogʻonaga koʻtarildi va 193 davlat orasida 80-oʻrinni egalladi. Ushbu hujjatga koʻra, Oʻzbekiston rivojlanish koʻrsatkichi yuqori boʻlgan oʻn davlatdan biri boʻlib, oʻrtacha rivojlanish indeksiga ega boʻlgan davlatlar guruhidan yuqori rivojlanish indeksiga ega davlatlar guruhiga kiritildi.

Miqyosi va ko‘lamiga ko‘ra juda ulkan va murakkab bo‘lgan bunday zamonaviy loyihani aynan hozirgi kunda – mustaqil O‘zbekistonning salohiyat va imkoniyatlari yanada yuksalib borayotgan bir paytda amalga oshirishga erishganimiz albatta bejiz emas. 

Bugungi voqeaning mohiyati va ahamiyati haqida gapirganda, avvalo Qamchiq tunneli orqali Farg‘ona vodiysini mamlakatimizning markazi va boshqa hududlari bilan bog‘laydigan ushbu temir yo‘l qurib bitkazilishi bilan O‘zbekistonda yagona, mustaqil milliy transport kommunikatsiya tizimi to‘la shakllangani, hech shubhasiz, hammamizga xursandchilik va g‘urur-iftixor yetkazadi. 

Yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari paydo bo’lishi va Moliya vazirligining axborot tizimlarini rivojlanishi tashkilotdagi axborot xavfsizligiga yangi tahdidlar yaratadi hamda axborot xavfsizligiga zamonaviy tizimlar kiritish ehtiyojini yaratadi.
 

2016 yil 20 iyul kuni Xalqaro Bank-Moliya Markazida “Oʻzbekiston lizing beruvchilar uyushmasi”ning 2016 yil I yarim yillik yakunlariga bagʻishlangan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilish davomida hisobot davri yakunlari muhokama qilindi va Oʻzbekistonda lizing bozori rivojlanishining vazifa va ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi

organlari rahbarlari diqqatiga

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 dekabrdagi PQ-2450 sonli “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tarkibini yanada takomillashtirish va xodimlari sonini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan boshqaruv xodimlarining belgilab qoʻyilgan cheklangan sonini davlat va xoʻjalik boshqaruv organlarining tomonidan rioya qilinishi ustidan Moliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi doimiy monitoring oʻtkazib, monitoring natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga jamlanma axborot taqdim etish belgilangan. 

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi hamda qonunchilik normalariga muvofiq byudjet tashkilotlarida belgilangan buxgalteriya hisobi va hisobotining sifatli ijrosini ta‘minlash hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlarini Davlat byudjetining g‘azna ijrosi sharoitida ishlashga tayyorlash borasida  2016 yil davomida respublikamizning har bir tuman va shaharlarida byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari uchun bir kunlik o‘quv seminarlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi hamda qonunchilik normalariga muvofiq byudjet tashkilotlarida belgilangan buxgalteriya hisobi va hisobotining sifatli ijrosini ta‘minlash hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlarini Davlat byudjetining g‘azna ijrosi sharoitida ishlashga tayyorlash borasida 2016 yil davomida respublikamizning har bir tuman va shaharlarida byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari uchun bir kunlik o‘quv seminarlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Yuqorida qayd qilingan va tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan navbatdagi o‘quv seminarlari joriy yilning 16 mayidan 2 iyuniga qadar Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida (107 nafar), Ishtixon (164 nafar), Qo‘shrobot (170 nafar), Payariq (190 nafar), Kattaqo‘rg‘on  shahrida (60 nafar), Kattaqo‘rg‘on  tumanida (185 nafar), Narpay (169 nafar), Paxtachi (108 nafar), Bulung‘ur (128 nafar), Jomboy  (129 nafar), Samarqand (123 nafar), Tayloq (132 nafar), Urgut (233 nafar), Pastdarg‘om (237 nafar), Nurobod (122 nafar) va Samarqand  shahrida (488 nafar) o‘tkazildi. Mazkur seminarlarda jami 2745 ta byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari o‘z malakalarini oshirdilar.

 

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat negizida aholi turmush darajasini oshirish, yashash uchun munosib turar joy binolarini qurish, ijtimoiy-maishiy infratuzilmani yaratish, zamonaviy yo‘llarni va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida aniq tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda, O‘zbekiston Respublikasi aholisiga qulay yashash sharoitlari yaratish, sanitariya-gigiyena normalariga rioya qilish, atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, shuningdek, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kabi xalq an‘analarini tiklash maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni paytda global iqtisodiyotda kompьyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta‘minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi mamlakatning raqobatdoshlik darajasiga ta‘sir ko‘rsatishi, katta hajmda axborot to‘plash va uni umumlashtirish imkonini berishi, boshqarishni strategik darajada tashkil etish uchun keng imkoniyatlar ochib berishini unutmasligimiz zarur.

Islom KARIMOV

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.02.2008 yildagi № PQ-804-sonli qaroriga hamda O’zbekiston Respublikasi va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasidagi 2008 yil 14 aprelda imzolangan №2403-sonli zayom kelishuviga asosan, “POSCO Engineering & Construction Co. Ltd” (Janubiy Koreya) kompaniyasi tomonidan Xorazm viloyati va Qoraqolpog’iston Respublikasida olib borilayotgan 4-tasmali sement-beton  qoplamali A-380 avtomobil yo’lining 490-581 km. qismida qurilish ishlari olib borilgan. 

Byudjet tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi hamda qonunchilik normalariga muvofiq belgilangan buxgalteriya hisobi va hisobotining sifatli ijrosini ta‘minlash hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlarini Davlat byudjetining g‘azna ijrosi sharoitida ishlashga tayyorlash borasida Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markaziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida O‘quv markazi tomonidan 2016 yil davomida respublikamizning har bir tuman va shaharlarida byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari uchun bir kunlik o‘quv seminarlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Mamlakatimizda transport kommunikatsiyalari, zamonaviy telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish, muhandislik-infratuzilma ob‘ektlarini barpo etish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimiz Prezidentining bugungi kundagi odilona siyosati, hususan “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturi doirasida Respublika aholisi turmush darajasini oshirish, yashash uchun munosib turar joy, ijtimoiy-maishiy infratuzilmani yaratish, yangi turar joy binolarini qurish, zamonaviy yo‘llarni va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz, Islom Abdug‘aniyevich Karimovning bugungi kundagi odilona siyosati ostida, hususan “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturi doirasida Respublika aholisi turmush darajasini oshirish, yashash uchun munosib turar joy, ijtimoiy-maishiy infratuzilmani yaratish, yangi turar joy binolarini qurish, zamonaviy yo‘llarni va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Qonunchilikni takomillashtirish asosida obodonlashtirish ishlarini boshqarish samaradorligini oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etish, shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hisobiga respublika shaharlari va aholi punktlarini obodonlashtirishga doir muhim chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

2016 yil 17 iyunda Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston auditorlar palatasi, O‘zbekiston buxgalterlar federatsiyasi bilan birgalikda “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va Auditning xalqaro standartlari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminar ishida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston auditorlar palatasi, O‘zbekiston buxgalterlar federatsiyasi mutaxassislari va xodimlari hamda yirik aktsiyadorlik jamiyatlarining bosh buxgalterlari va auditorlar ishtirok etdilar.

Ko‘rsatkichlar

Soni, kishi

 1. Malaka imtixoniga qo‘yilgan da‘vogarlar, jami

29

shulardan kelmaganlar

4

2. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar

17

3. Malaka imtihonidan o‘tmaganlar

8

Joriy yilning 4 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘quv markazida dori-darmon vositalariga qo‘yiladigan narx-navo, soliq solish va buxgalteriya hisobi hamda horijiy investitsiyalarini jalb etish kabi masalalarga bag‘ishlangan majlis o‘tkazilgan bo‘lib, unda “O‘zfarmsanoat” davlat  aktsiyadorlik kampaniyasi tarkibiga kiruvchi korxona vakillari ishtirok etdi.

2016 yil 12-18 may kunlari Korporativ boshqaruv ilmiy-ta‘lim markazida Jahon banki mutaxassislari Bonni Enn Sirois (moliyaviy boshqaruv bo‘yicha katta mutaxassis), Maykl Uells (buxgalteriya hisobi ta‘limi bo‘yicha maslahatchi), Jamshid Iriskulov (moliyaviy boshqaruv bo‘yicha maslahatchi) va Yokubjon Isakov (korporativ boshqaruv bo‘yicha maslahatchi) tomonidan Xalqaro moliyaviy hisobot standartlarining korporativ boshqaruvda roli mavzusida tomonidan trening o‘tkazildi.

Ushbu trening Korporativ boshqaruv ilmiy-ta‘lim markazi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Jahon banki hamkorligida korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” doirasida tashkil qilindi. Treningda vazirlik, idora va qo‘mitalar vakillari hamda, yirik aktsiyadorlik jamiyatlari va tashkilotlar bosh buxgalter va auditorlari qatnashdi.

Navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2016 yil 26 maydagi buyrug‘iga asosan 2016 yilning 10-11 iyun kunlarida (imtihon boshlanishi 2016 yil 11 iyun, soat 10:00da) G‘aznachilikning ma‘muriy binosida (manzil: Toshkent sh., Istiqlol ko‘ch., 29-uy) Moliya vazirligi qoshidagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlarida buxgalterlik hisobini yuritish uchun ishlab chiqilgan “UzASBO” dasturiy majmuasi hozirgi kunda byudjet va byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar uchun yaqin hamkor bo’lib xizmat qilmoqda. Dasturiy majmua imkoniyatlari yil sayin ko’payib, tashkilot buxgalterlarining ish samaradorligi oshmoqda. 

G’aznachilik organlarining tegishli bo’linmalariga, byudjet va byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarning birlamchi va moliyaviy hisobot xujjatlarini dasturiy majmua orqali to’liq elektron tarzda yuborilishi va ma’lumot almashinuv xizmati yo’lga qo’yildi. O’zbekiston Respublikasining 2004 yil 29 apreldagi “Elektron xujjat aylanishi to’g’risida”gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 22 iyuldagi “Respublikada qog’ozni tejash va undan oqilona foydalanishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida”gi 155-son qarori ijrosini ta’minlashning yorqin misoli sifatida aynan “UzASBO” dasturiy majmuasini ko’rsatish mumkin.
 

Seminar yig‘ilishini Vazirlar Mahkamasining kommunal soha, transport, kapital qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri N.E. Maksumov kirish so‘zi bilan boshlab, kun tartibiga ko‘yilgan masalalar bilan tanishtirdi.

So‘ngra, kun tartibidagi masalalar yuzasidan “O‘zkommunxizmat” agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari I. Maxkamov, Moliya vazirligining Iste‘mol bozori, transport va xizmat ko‘rsatish sohalarini moliyaviy va narh orqali tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i A. Adxamjanov, Toshkent viloyati xokimining o‘rinbosari U. Usmonov, Farg‘ona viloyati xokimining o‘rinbosari O. Axmedov, “O‘zkommunalloyihaqurilish” instituti bosh muxandisi Z. Mirzayevlar o‘z ma‘ruzalari va tayyorlangan prezentatsiya taqdimotlari bilan chiqish qilishdi.

“Sug‘urta” bo‘limida 2016 yil 5 may holatiga sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlariga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi amaldagi litsenziyalar reyestri joylashtirildi. 

2016 yil 1 yanvar xolati bo‘yicha xalqaro auditorlik tarmoqlarga va xalqaro uyushmalarga a‘zo hisoblangan auditorlik tashkilotlarining ro‘yxati.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug‘iga asosan Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni sug‘urta yo‘li bilan himoya qiluvchi “Madad” Aktsiadorlik jamiyatiga 2015 yil 20 oktyabrda berilgan seriyasi SF 00206-raqamli litsenziyaning amal qilishi 2016 yil 13 maydan 10 (o‘n) ish kun muddatga to‘xtatib turiladi.
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 1 iyundagi 363 - sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish va foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan, Jamg‘armaga har yili Jamg‘armaning hisob raqamlarini mustaqil auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish va hisobotni ommaviy axborot vositalarida chop etish topshirilgan.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Fevral 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 313 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!