РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Vazirlik yangiliklari

O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi va moliya vazirligi Jahon banki bilan birgalikda milliy sog'liqni saqlash tizimini mustahkamlash va mamlakatda koronavirus pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yumshatish bo'yicha shoshilinch chora-tadbirlarni qo'llab-quvvatlovchi loyihani tezkor moliyalashtirish masalasini ishlab chiqmoqdalar.

Ilova qilingan hujjat jamoatchilikka loyihani ishlab chiqish bosqichida turgan asosiy maqsad va vazifalarni tushuntiradi. Yakuniy loyiha faoliyatini tavsiflovchi hujjatlar yaqin orada loyiha ma'qullangandan so'ng e'lon qilinadi.

 2020 yilning 10 aprel kuni “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingi bo‘yicha navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakatimiz suveren kredit reytingi “VV-” (“Barqaror” prognozi) darajasida saqlab qolindi. 

…raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi.

Raqamli texnologiyalar…meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og‘ir illat – korrupsiya balosini yo‘qotishda ham ular samarali vositadir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aptiseptiv vositalar ishlab chiqarish uchun iste’mol etil spirti etarli daraja ishlab chiqarilishi va taqchiligi yuzaga kelmasligi ustidan nazoratni kuchaytirdi. 

Moliya vazirligi G‘aznachiligi byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarga ish haqi to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash, shuningdek, koronavirus infektsiyasining tarqalishiga qarshi kurash choralarini ta’minlash bo‘yicha uzluksiz faoliyatini davom ettirmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni biznesga yangi imtiyozlarni taqdim etadi.

Bu imtiyozlar nimalardan iborat va ulardan qanday foydalanish mumkin – shular haqida buxgalter.uz portalida tashkil etiladigan vebinarda moliya vazirining o‘rinbosari Dilshod Sultonov so‘zlab beradi.

1.  Aholiga yordam

Muddati mart-iyun oylarida tugaydigan bolali oilalar, bolani parvarishlash nafaqalari va moddiy yordam tayinlanishi avtomatik tarzda uzatiriladi. Adresatlardan tegishli arizalar yangidan berilishi talab etilmaydi. Nafaqa oluvchilar umumiy soni 596 dan 719 mingtagacha oshadi.

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasiga oilalar ijtimoiy nafaqa olishga muhtojligini baholash tartib-taomillarini soddalashtirish topshirilgan.  

Yolgiz qariyalar va imkoniyati cheklanganlar karantin tugagunga qadar bir martalik niqoblar, antiseptika vositalari va bakteriyaga qarshi sovunni bepul oladi.

Jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning 2020 yilning 6 oyida to‘lanishi lozim bo‘lgan kreditlarning muddati uzaytiriladi (4,7 trln. So‘m). Shu bilan birga, tijorat banklari tomonidan (yuridik va jismoniy shaxslarga) qarzlar  bo‘yicha hisoblab chiqilgan va muddati uzaytirilgan foizlar ushbu davrdagi daromad solig‘ini hisoblashda jami daromadga kiritilmaydi.



Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq karantin davri aholining ijtimoiy ta'minotiga hech qanday salbiy ta'sir o‘tkazmasligiga erishish maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi o‘z faoliyatini masofaviy va «on-layn» tarzda olib bormoqda. Zamonaviy veb-texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan «Pensiya» dasturiy majmuasi yordamida tizimdagi barcha mutaxassislar bilan masofadan turib ish tashkil etilgan.
Xizmat ko‘rasatishni «onlayn» rejimiga o‘tilishi, pensiyalar, nafaqalar, kompensasiya pullari va boshqa to‘lovlarni moliyalashtirilishi va ular ustidan nazoratni olib borish faoliyatiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi.

Respublikamizda aholi sonining ortib borishi, yangi turar joy massivlari barpo etilishi, shaharlar va aholi punktlarining tobora kengayishi munosabati bilan suv olish inshootlarini, suv quvurlari, nasos stantsiyalari, taqsimlash uzellari va vodoprovod tarmoqlarini modernizatsiyalash va ildam rivojlantirishga yo‘naltirilgan suv ta’minoti tizimini tubdan yaxshilash bo‘yicha kafolatlangan moliyalashtirish manbalarini yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2910-sonli “2017-2021 yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish Dasturi to‘g‘risida”gi qarori bilan Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi (keyingi o‘rinlarda - Jamg‘arma).

Concrete

Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2020 yil 20 martdagi “Tibbiy buyumlar ro’yxatiga o’zgartirish kiritish to’g’risida”gi 114-sonli buyrug’iga bilan yuz niqoblari Tibbiy buyumlar ro’yxatidan chiqarilishi munosabati bilan, yuz niqoblarni olib kirish, ishlab chiqarish, tayyorlash va realizatsiya qilishda soliqqa tortish bo’yicha quyidagilarni ma’lum qiladi. 

Yuz niqoblari Tibbiy buyumlar ro’yxatidan chiqarilishi soliqqa tortish masalasi bilan bog’liq bo’lmaganligi, ularni ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish ko’zlanganligini uchun mazkur buyumlar Tibbiy buyumlar sifatida ta’riflanib, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 243-moddasiga muvofiq qo’shilgan qiymat solig’idan ozod etiladi.   

Yuz niqoblarni bepul berish iqtisodiy jihatdan o’zini oqlaydigan holat hisoblanib, ushbu aylanma qo’shilgan qiymat solig’idan ozod etiladi.   

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 dekabrdagi “Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub’ektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4544-sonli Qarori ilovasi bilan tanlov va tender savdolari orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron shaklga o’tkazish bo’yicha Yo’l xaritasi tasdiqlangan.

Concrete

Amerika Qo’shma Shtatlarining “The Heritage Foundation” tashkiloti tomonidan yuritiladigan “Iqtisodiy erkinlik” indeksining 2020 yil uchun hisobotida O’zbekiston 57,2 ball bilan 114-o’rinni egalladi (2019 yilda 53,3 ball bilan 140-o’rin).

Ta’kidlash joizki, mazkur indeks xorijiy investorlar tomonidan doimiy ravishda kuzatilib boriladi va respublikamizning indeksdagi o’rni yuqorilashi tadbirkorlik muhitiga ijobiy ta’sir ko’rsatib, to’g’ridan-to’g’ri investitsialarning oqimini oshishiga xizmat qiladi.

“Iqtisodiy erkinlik” indeksi to’rtta asosiy yo’nalish bo’yicha 12 ta tarkibiy ko’rsatkichdan tashkil topgan bo’lib, Mulkchilik huquqi, Sud faoliyati samaradorligi, Davlatning yaxlitligi, Soliq yuki, Davlat xarajatlari, Fiskal salomatlik, Biznes erkinligi, Mehnat bozori erkinligi, Monetar erkinlik, Savdo erkinligi, Investitsiyalar erkinligi va Moliyaviy erkinlik kabi sohalarda jahon mamlakatlarini 0 dan (eng past) 100 gacha (eng yuqori) bo’lgan shkalada baholaydi.

Concrete

Joriy yilning 13 mart kuni O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligida xalqaro moliya institutlari (XMI) va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XHMT) tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarni soliq solish tartibi taqdimoti bo'lib o'tdi.

Tadbirda xalqaro moliya institutlari (OTB, Jahon banki, ITB, koisa, Erasmus va boshqalar) vakillari va loyiha tashabbuskorlari ishtirok etdi.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MOLIYa VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATI

Davlat ichki va tashqi qarzi
departamentida amaliyot o’tuvchilarga
qo’yiladigan talablar

1. Iqtisodiyot, moliya, statistika yoki ekonometrika sohalaridan biri bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’lishi yoki 2020 yilning iyuliga qadar Oliy o’quv yurtini tamomlashi;

2. O’zbek va ingliz tillarini yaxshi bilishi (rus tilida yaxshi yozma nutqqa ega nomzodlarga afzallik beriladi);

3. Matn va jadval muharrirlari (Word, Excel) bilan ishlashda hamda taqdimot slaydlari (prezentatsiyalar) tayyorlashda tajribaga ega bo’lishi;

4. Mehnatkash, tashabbuskor, izlanuvchan va o’z ishiga mas’uliyatli bo’lishi;

5. Topshiriqlarni o’z vaqtida va to’liq bajarishi.

Ma’lumot uchun: Tanlov yakunida 1 nomzod tanlab olinadi. Amaliyot muddati 3 oy bo’ladi.

 

Concrete

Joriy yil 12 mart kuni Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazi negizida “Nomarkazlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish mahalliy byudjetlarning daromadlar qismi barqaror o’sishi va mintaqalarni ijtimoiy rivojlantirishning omili sifatida” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazildi. Konferentsiyada Moliya vazirligi vakillari,Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari,O’zbekiston Milliy Universiteti professor-o’qituvchilari, respublikadagi qator universitetlarining talaba va magistrantlari ishtirok etishdi.

Shunindek, konferensiyada bir qator nufuzli xalqaro vakillari – Xideki Mori – Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, Vinayak Nagaraj - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi katta iqtisodchisi, Olive Leonard - Osiyo taraqqiyot bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi vakili, xaridlar bo’yicha bosh mutaxassisi, Rafael Jozan – Frantsiya taraqqiyot agentligi (AFD) va boshqalar ishtirok etdi.

Concrete

2020-yil 12 mart kuni Axborot – hisoblash markazi tomonidan Moliya vazirligi markaziy apparatiga ishga yangi qabul qilingan xodimlar soni ortib borayotgani va ular tomonidan kelib tushayotgan savollar mavjudligi tufayli Moliya vazirligining axborot tizimlari, dasturlari va yangi modullar mavzusi bo’yicha taqdimot o’tkazildi.

“World Justice Project” xalqaro fuqarolik jamiyati tashkiloti tomonidan yuritiladigan “Qonun ustuvorligi” indeksi bo‘yicha navbatdagi 2020 uchun hisobotini e'lon qildi. Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi umumiy reytingda 0.47 ball bilan 92-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Respublikasi “Qonun ustuvorligi” indeksining Tartib va xavfsizlik ko‘rsatkichida yillar davomida ijobiy natija ko‘rsatib kelmoqda (0,9 ball bilan dunyo mamlakatlari orasida 11-o‘rin). 2020 yilda mamlakatning eng katta o‘zgarishi Korrupsiyaning mavjud emasligi ko‘rsatkichida kuzatildi: 0.40 ball bilan 89-o‘rin (2019 yilda 0.38 ball bilan 95-o‘rin). 

Concrete

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi PF-5886-son “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq joriy etilgan yangi tartib doirasida 2020 yil uchun uy-joylarning hisoblangan qiymati belgilandi.

Uy-joylarning hisoblangan qiymatini aniqlash kvartira bir kvadrat metrining tegishli hududdagi o‘rtacha bozor qiymati hamda ikki va uch xonali kvartiralar maydonining eng kam me'yorlarini inobatga olgan holda, shuningdek 2019 yilda shahar va qishloq joylarida xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurilgan uy-joylar narxlari asosida amalga oshirildi.

2020 yilda shahar va qishloq joylarida quriladigan ko‘p kvartirali uylardagi 2 va 3 (va undan yuqori) xonali kvartiralarning eng kam me'yori inobatga olgan holda uy-joylarning hisoblangan qiymati quyida keltirilgan jadvalda keltirilgan.

Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta'minlashning yangi tartibning asosiy tamoyillari:

- ipoteka bozorini uzoq muddatli resurslar bilan ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi pul mablag‘larini tijorat banklariga 15 yil muddatga bozor shartlari asosida joylashtiradi;

- banklarga ajratiladigan kredit mablag‘larining foiz stavkasi bozor tamoyillari asosida aniqlanadi;

- tijorat banklariga muvofiqlik mezonlari belgilanadi;

- muvofiqlik mezonlariga mos keladigan tijorat banklar bilan Bosh bitim imzolanadi va ularning ro‘yxati ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi;

- qarz oluvchiga uy-joyning joylashgan joyi va maydonini mustaqil tanlash huquqi beriladi;

- uy-joyning chegaralangan maydoni va qiymati o‘rnatilmaydi;

- banklar tomonidan bitta qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng yuqori miqdori belgilanadi;

- Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, Moliya vazirligining kredit resurslari va tijorat banklarining ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkalar mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi;

- birlamchi bozordagi sotib olinadigan kvartiraning qiymati uning hisoblangan qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari va boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar hisobidan to‘lanadi;

- tadbirkorlik sub'ektlari uy-joylar loyihalarini buyurtmachi aralashuvisiz o‘zlari mustaqil tayyorlaydi;

- tadbirkorlik sub'ektlariga o‘z mablag‘lari (bank kreditlari) hisobidan qurilgan birlamchi bozordagi kvartiralarini aholiga ipoteka kreditlari orqali sotish imkoniyati beriladi;

- ko‘p qavatli uy-joylarning qurilishi tayyor holda topshirish shartlarida pudrat tashkilotlarinig o‘z mablag‘lari va bank kreditlari hisobiga amalga oshiriladi;

- past daromadli va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj ayrim shaxslarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun byudjetdan subsidiyalar to‘lanadi;

- bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining va ayrim shaxslarga to‘lanadigan subsidiyalarning eng ko‘p miqdorini aniqlash maqsadida kvartira bir kvadrat metrining tegishli hududdagi o‘rtacha bozor qiymati hamda ikki va uch xonali kvartiralar maydonining eng kam me'yorlarini inobatga olgan holda uy-joylarning hisoblangan qiymati belgilanadi;

Concrete

Moliya vazirligi topshirig`iga binoan Axborot hisoblash markazi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining telegram ijtimoiy tarmog`idagi xotin qizlar maxsus boti yaratildi

Ushbu botda asosan xotin qizlarga oid yangiliklar, qonunchilik materiallari, statistika va qiziqarli faktlar yoritib boriladi. Bundan tashqari hududlar bo’yicha tashkilot yetakchilari haqida ham ma’lumot olishlari   mumkin.

Ushbu tashkilotga fuqorolarning shaxsiy takliflarni yuborish imkoniyati yaratilgan. Ushbu maxsus bot o‘zbek va rus tillarida ham ishlaydi.


Hozirda ushbu maxsus botni foydalanuvchilarga yanada qiziqroq va qulayroq qilish borasida ishlar olib borilmoqda.

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4611-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Moliya vazirligi tomonidan 2020 yil 3-4 mart kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutining rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida rivojlantirishda qo‘yilgan vazifalar, MHXS sohasida kadrlarni tayyorlashning zamonaviy usullarini bosqichma-bosqich joriy etishning yo‘nalishlari tadbirda muxokama qilindi.

Dastlab seminarda Moliya vazirligi xodimlari tomonidan mazkur qarorning qabul qilinish zaruriyati va ahamiyati to‘g‘risida taqdimot qilindi. Qarorning eng muhim va asosiy yo‘nalishlardan biri kadrlar tayyorlash va oliy ta'limning buxgalteriya hisobi va audit ta'lim yo‘nalishlari sifatini oshirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan.

Respublika issiqlik ta'minoti sohasida aholini sifatli issiqlik energiyasi bilan ta'minlash darajasini oshirish bo'yicha izchil chora-tadbirlar belgilangan, issiqlik ta'minoti tizimlarini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari belgilangan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi "Issiqlik taʼminoti tizimini takomillashtirish va issiqlik taʼminoti korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida " gi PQ-4542-sonli qarori bilan 2019-2022-yillarda respublika issiqlik ta'minoti tizimini rivojlantirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi" tasdiqlandi. Jumladan:

- respublika hududlarida issiqlik ta'minoti tizimlarini kompleks rivojlantirish va to'liq modernizatsiya qilish strategiyasini ishlab chiqish;

- issiqlik ta'minoti sohasida hisobga olish va monitoringni ta'minlovchi zamonaviy axborot va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish;

- ko'p xonadonli uylarda va radiomodulli ("aqlli hisoblagich") issiq suvni hisobga olish uchun ichki maishiy asbob-uskunalarda issiqlik energiyasini va issiq suvni Real vaqt rejimida nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga (onlayn) ma'lumotlarni uzatishni ta'minlaydigan elektron universal issiqlik hisoblagichlar bosqichma-bosqich o'rnatish);

- issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining to'liq o'z-o'zini ta'minlanishini ta'minlaydigan tarif siyosatini takomillashtirish, shuningdek, tariflarni shakllantirishda issiqlik ta'minoti tizimini modernizatsiya qilish va rivojlantirish xarajatlarini nazarda tutadi.

Concrete

2020 yil 28 fevralda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini  baholash natijalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi, Sug‘urta bozorini rivojlantirish Agentligi, O‘zbekiston Lizingchilar assosiasiyasi vakillari ishtirok etishdi.

YeHXTning O‘zbekistondagi loyihalarni Muvofiqlashtiruvchi Ofisi tomonidan “Daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga ko‘maklashish. Faza VI” loyihasi doirasida chet el eksperti – Nechaev V.P. daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha milliy tizimni baholashni o‘tkazishga ko‘maklashish uchun jalb etildi. 

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari Odilbek Isakov mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijalari to‘g‘risida nufuzli britaniyalik tahlil markazlari hamda xalqaro reyting va indekslarni tuzuvchilarga ma'lumot berish maqsadida, Buyuk Britaniyaning “UKEF” eksport-kredit agentligi rahbariyati, shuningdek, “Economist Intelligence Unit”, “Legatum” instituti va “Henry Jackson Society” ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari bilan uchrashdi.

Muzokaralar mobaynida O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi mavqeini xolis va to‘g‘ri baholashni ta'minlash, mamlakatda xalqaro mezonlar va standartlarga asoslangan islohotlarni baholashning yaxlit tizimini shakllantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Concrete

27 fevral kuni Toshkent Moliya instituti Sport majmuasida Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan "Sport-nafislik va salomatlik manbai" shiori ostida o’tkazilgan sport festivali bo’lib o’tdi. 

Festivalda jami 23 nafar vazirlik, tashkilot va idoralarda faoliyat ko’rsatayotgan xotin-qizlardan iborat jamoalar qatnashishdi.

Moliya vazirligi jamoasi ham tadbirda ko’tarinki ruh, a’lo kayfiyat bilan festivalda munosib ishtirok etib,"Eng namunali jamoa" nominatsiyasini qo’lga kiritdi.

Shu o’rinda, Moliya vazirligi xotin- qizlari nomidan vazirligimiz rahbariyatiga mazkur tadbirda ishtirok etishimiz uchun qo’llab-quvvatlaganliklari uchun, shuningdek, tadbir tashkilotchisi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi jamoasiga, Moliya vazirligi ayollari nomidan o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Rahbariyat:

Direktor o’rinbosari                - 1 ta

Ilmiy kotib                              - 1 ta


Makroiqtisodiyot va byudjet siyosatini takomillashtirish loyihasi:

Bo’lim boshlig’i o’rinbosari   - 1 ta

Bosh mutaxassis                     - 2 ta

Etakchi mutaxassis                - 2 ta

1-toifali mutaxassis               - 2 ta

Concrete

Joriy yilning 24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari – Odilbek Isakovning Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi doirasida mamlakatimizning GFRdagi elchixonasi ko‘magida Guterslo shahrida Bertelsmann jamg‘armasining ("Bertelsmann Stifftung") rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tashkilotning Barqaror iqtisodiyot shakllantirish dasturi bo‘yicha katta direktori – Dr. Stefan Empter, Bertelsmann “Transformasiya” indeksining ("Bertelsmann Transformation Index", keyingi o‘rinlarda – indeks) katta ekspertlari – Dr. Xauke Xartman va Sabine Donner ishtirok etib, tashkilot tomonidan yuritiladigan indeksda O‘zbekiston Respublikasining o‘rni, respublikamizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlar, kelajakdagi rejalar muhokama qilindi.

Concrete

2020 yil 24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi binosida 2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish Strategiyasi Xalqaro moliyaviy institutlar vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

Strategiya Moliya vazirligi tomonidan Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan bo‘lib, mamlakatimizning budjet tizimida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan islohotlarni yagona kompleks hujjatda birlashtiradi. Davlat moliyasi haqidagi keng qamrovli ma'lumotlar shaffofligini ta'minlash, natijadorlik va samaradorlikka o‘tish bo‘yicha soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni ishlab chiqish, soliq-budjet javobgarligi va hisobdorligini kuchaytirish kabi yo‘nalishlarni nazarda tutadi.

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil 24 fevralda O‘zbekiston Respublikasida  MHXSga o‘tish tarixining yangi sahifasini ochib beradigan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 4611-son Qarorni imzoladi.

Qabul qilingan hujjat tadbirkorlik sub'ektlarini MHXSga o‘tishga tayyorgalik ko‘rish va muvofiqlashtirish jarayonini tubdan qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutadi

Concrete

Respublikamizda iqtisodiyotni liberallashtirish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi va xorijiy investisiyalarni jalb etuvchi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar soni ortib bormoqda. Shundan kelib chiqqan holda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (MHXS) qo‘llashning ob'ektiv zarurati milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro bog‘liqligi va ochiqligining ortib borishi natijasida yuzaga kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4611-sonli Qarori moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarning strategik yo‘nalishlarini, shu jumladan investorlarning ham, shuningdek xalqaro prinsiplarga muvofiq moliyaviy axborotlarni solishtirilishi ta'minlanishini hisobga olgan holda keng joriy etishga yo‘naltirilgan.

Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi Nizomning (ro’yxat raqami 3105, 2018 yil 21 dekabr) 22-bandiga muvofiq malaka imtihoni test sinovi usulida kompyuter texnikasidan foydalangan holda o’tkaziladi.

Auditor malaka sertifikatini olish (muddatini uzaytirish) uchun navbatdagi malaka imtihoni 2020 yil 21 fevral kuni Moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari va byudjet tashkilotlari moliya-hisob bo’linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o’quv markazining kompyuter sinfi bazasida o’tkazildi.

Imtihon komissiyasi bayonnomasi bilan rasmiylashtirilgan malaka imtihoni komissiyasining qaroriga ko’ra quyidagi malaka imtihoni natijalari olindi:

Ko’rsatkichlar nomi

Soni,

kishi

1. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlar (auditorlar), jami

34

shu jumladan, imtihonga kelmaganlar

7

malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar

15

malaka imtihonidan o’ta olmagan talabgorlar

11

2. Auditor malaka sertifikatini malaka imtihonini topshirmasdan berish muddatini o’zaytirish (xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo’lganda yoki o’n yildan kam bo’lmagan uzluksiz auditor ish staji mavjud bo’lganda)

 

2

Moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari va byudjet tashkilotlari moliya-hisob bo’linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o’quv markazida.

 

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi Qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimiga Omonullo Zabixullaevich Nasritdinxojaev tayinlandi.

Nasritdinxojaev O. Z. 1971 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma'lumoti oliy. 1994 yilda Toshkent Davlat universitetini, 2002 yilda Italiyadagi “SDA Bocconi” menejment maktabini tamomlagan, shuningdek, 2016 yilda Garvard Biznes maktabi ilg'or menejment dasturini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, investitsiyalar va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish bo'yicha maslahatchisi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi  Qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri lavozimiga Ishmetov Timur Amindjanovich tayinlandi.

Ishmetov T.A. 1979 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma'lumoti oliy. 2000 yilda Toshkent moliya institutini, 2005 yilda Buyuk Britaniyaning Birmingem universitetini, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Moliya va xuquqshunos mutaxassisliklariga ega.

Davlat ichki va tashqi qarzi departamenti (DOC 0.02MB)

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi (DOC 0.02MB)

Concrete

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) bo’yicha kadrlar tayyorlashning sifatli tizimi, ushbu sohada yuqori malakali pedagog kadrlar faoliyat ko’rsatishi bilan bog’liqdir.

Moliya vazirligi MHXS bo’yicha mutaxassislarni, shu jumladan oliy ta’lim muassasalarining o’qituvchilari, talabalar va davlat organlari xodimlarini o’qitishning asosiy yo’nalishlarini belgilab berishda faol ishlar olib bormoqda.

2020 yilning 20-21 fevral kunlari Moliya vazirligi ATS International xalqaro ekspert delegatsiyasi- Dilip Patel (boshqaruvchi direktor) va Elena Naumenko (Rossiya va MDH mamlakatlarining hududiy vakili) bilan uchrashuv o’tkazdi.

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iste'mol etil spirti ishlab chiqaruvchi korxonalarda joylashgan etil spirtining sifatini aniqlash bo‘yicha laboratoriyalar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (2020-yil 19-fevral, 97-son).

Mazkur qaror bilan Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining Iste'mol etil spirti ishlab chiqaruvchi korxonalarda joylashgan etil spirtining sifatini aniqlash bo‘yicha laboratoriyalar to‘g‘risidagi nizomi tasdiqlandi.

Qarorning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkinhttps://lex.uz/pdfs/4741510

Batafsil ma'lumot ko'rish ushbu faylni ko'chirib oling: DOC 28KB

Concrete

Moliya vazirligida Jahon sog'liqni saqlash va ovqatlanish amaliyoti rahbari Taniya Dmitrichenko boshchiligidagi Jahon bankining missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« May 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 288 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd