РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Vazirlik yangiliklari

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Tarix davlat muzeyi  bilan hamkorlikda Bosh Qomusimiz Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 27 yilligini munosib tarzda o‘tkazish maqsadida 2019-yilning 5-dekabr kuni “Konstitutsiyamiz-huquq va erkinligimiz kafolati” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Shuni ta’kidlash joizki, Mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, xalqimiz qalbida ertangi kunga ishonchni kuchaytirishda Konstitutsiyamiz muhim o‘rin tutadi.

Concrete

Joriy yil 5-7 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi va Soliq Kodeksining yangi tahriri mazmuni, shuningdek ushbu qonun loyihalarida mahalliy davlat organlarining belgilangan vakolatlari va majburiyatlarini tushuntirish yuzasidan Juqorg‘i Kengesi deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahrida xalq deputatlari va mahalliy boshqaruv organlari rahbarlari uchun seminar rejalashtirilgan edi.

Shu jumladan bugun 2019 yil 5 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengesi deputatlari va Surxondaryo viloyatining xalq deputatlari va mahalliy boshqaruv organlari rahbarlari uchun seminar o‘tkazildi.

Seminar doirasida ishtirokchilarga “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining maqsadi, Qonun bilan budjet sohasiga kiritilayotgan asosiy yangiliklar va o‘zgarishlar, xalq deputatlari va mahalliy boshqaruv organlarining budjet sohasidagi vakolatlari to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Concrete

2020 yilda alkogol mahsulotlari bozorida yangilangan tartiblarga asoslangan o‘zgarishlar bilan boshlanishi rejalashtirilgan. Kelgusi yilda oldimizga katta maqsadlar qo‘yganmiz. Shu maqsadda kelgusi yilning biznes rejalari taqdimoti va alkogol' mahsulotlarining aylanmasini uzluksizligini ta'minlash maqsadida ushbu yarmarka tashkil etildi.

2019 yilda alkogol mahsulotlari bozorini tartibga solish sohasida keskin o‘zgartirishlar kiritildi. Uzumchilik va vinochilikni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan alkogol va tamaki mahsulotlarini realizasiya qilish tizimini takomillashtirish, ularning ishlab chiqarilishi va aylanmasini samarali monitoring qilish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish va mamlakatning investision jozibadorligini oshirish qaratilgan Muhtaram yurtboshimizning farmon va qarorlari qabul qilindi.

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 26 noyabrdagi 168-sonli buyrug‘iga asosan budjet buyurtmachilarining davlat xaridlari bo‘yicha masʼul xodimlari hamda G‘aznachilik tizimidagi davlat xaridlarini monitoring qilish bo‘yicha mutaxassislari uchun davlat xaridlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida xududiy seminar-trening o‘tkazilmoqda.

Seminar-treningda davlat xaridlarini amalga oshirishning hozirgi holati va amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berib borilmoqda. Shuningdek, seminar ishtirokchilar tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar hamda sohani takomillashtirish bo‘yicha berilgan savollar va takliflariga tushunchalar berib o‘tildi.

Hurmatli obunachilar!

Texnik nosozliklar tufayli, Moliya vazirligi (71 2030050) va G'aznachilik (71 2039966) ishonch telefonlari orqali vaqtincha bog'lanib bo'lmaydi. 

Hozircha, murojaatlar 71 2391231 raqam orqali qabul qilinyapti. 

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz.

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjet-soliq tadqiqotlari instituti va Germaniyaning “Berlin Economics” iqtisodiy guruhi o'rtasidagi hamkorlik doirasida joriy yilning 26 -28 noyabr kunlari “umumiy muvozanatning amaliy modellari va O'zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishining ta’sirini baholash” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarlar “Berlin Economics” mutaxassislari Veronika Movchan va Janob Robert Kirchner tomonidan o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Mayda mahallasi, Durmon qishlog’ida yashovchi fuqaro Eshmirzaeva Bibixol Abdiraxmonovnaning joriy yil 26 noyabr kuni “Daryo.uz”ijtimoiy saytiga qilgan murojaati ortidan o’tkazilgan o’rganishlarda quyidagilar aniqlandi.

1965 yil 19 avgustda tug’ilgan fuqaro B.Eshmirzaeva o’z murojaatida, 2015 yilning 2 avgust kuni Qamashi tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’limi tomonidan biometrik pasportidagi ma’lumotlar noto’g’ri berilganligini ma’lum qilgan.

Qamashi tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’limining mas’ul mutaxassisi e’tiborsizligi tufayli, B.Eshmirzaevaning fuqarolik pasportida jinsiga oid ma’lumotlari “ayol” o’rniga “erkak” deb qayd etilganligi va bu xatolikni to’g’rilatish uchun tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’limiga murojaat qilinganida, qayta suratga tushish va yana yangi pasportga to’lanadigan to’lovini amalga oshirish so’ralgan.

Concrete

Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni taqdim etilmoqda

Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qo‘mitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi yuzasidan muhokamalar qizg‘in pallaga kirdi.

Avval xabar berilganidek, parlament quyi palatasi majlisida deputatlar mazkur qonun loyihasini konseptual jihatdan birinchi o‘qishda ma'qullagan, barcha siyosiy partiyalarning fraksiyalari o‘z pozisiyasini bildirgan edi. Mazkur yig‘ilishda deputatlar tomonidan ko‘plab savollar va munosabatlar bildirilgan edi.

Concrete

2019 yil 28-noyabr kuni Moliya vazirligida Fransiya Respublikasining O'zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Izabelle Servoz-Galluchchi xonim bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, Fransiya Respublikasining ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qo'shayotgan hissasi, havo transporti sohasidagi aloqalarni chuqurlashtirish, qishloq xo'jaligidagi hamkorlik, xususan, Fransiya Taraqqiyot agentligi bilan aloqalarni muhokama qildilar. Bundan tashqari, tomonlar Bo'stonliqdagi sayyohlik zonasini rivojlantirish bo'yicha loyihaning borishi haqida fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida Moliya vazirligi rahbariyati elchini samimiy tabrikladi va Fransiya Respublikasi bilan iliq munosabatlarni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

Concrete

Joriy yilning 27-noyabr kuni 2018 yilning 30 yanvarida imzolangan 983-sonli Qarz kelishuviga qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha va O‘zbekiston Respublikasi va Quvayt Arab iqtisodiy rivojlantirish jamg‘armasi  o‘rtasida 2020-2021 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari qishloq hududlarida qurilgan namunaviy uy-joylarni ichimlik suvi, oqava suvi (kanalizasiya) bilan ta’minlash hamda massivlarga kirish va ichki yo‘llar qurilishini moliyalashtirish uchun ikkinchi transh bo‘yicha Qarz kelishuvi imzolandi. 

Tadbirda Moliya vaziri o'rinbosari Odilbek Isakov, Kuvayt arab iqtisodiy rivojlanish jamg'armasi bosh direktorining investitsiyalar bo'yicha o'rinbosari Ghanem Al Ghenaiman va Moliya vazirligi hodimlari ishtirok etishdi.

 

Concrete

2019 yil 27 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspektsiyasining boshliq o’rinbosari L.Umurzakov va «German Economic Team Uzbekistan» eksperti David Saxa ishtrokida tovar va xizmatlarga aktsiz soliqlar va O’zbekistonning Evraziya iqtisodiy ittifoqi va Xalqaro savdo tashkilotiga a’zo bo’lish istiqbollariga bag’ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda ishtrokchilar O’zbekiston soliq tushumlarini boshqa davlatlar soliq turlari bilan solishtirish masalalari ko’rib chiqildi. Uchrashuv natijasiga ko’ra tomonlar o’zaro xamkorlik qilishga va ikkitaraflama konsultatsion ko’maklashishga kelishib oldilar.

Concrete

2019 yilning 26 noyabrida bakalavriatning “Davlat-huquqiy faoliyat” ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabalariga “O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish” mavzusida master-klass o’tkazildi.

O’quv jarayoniga amaliy ish tajribasiga ega bo’lgan mutaxassislarni jalb etish nazariy tayyorgarlikni amaliy faoliyat bilan uzviy bog’liqligini va yangi bilimlarni qo’llash imkonini ta’minlaydi.

Concrete

2019 yilning 18 noyabr kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va rivojlanish bo'yicha 12-konferentsiyasi (UNCTAD) ochildi. Konferensiyada rivojlanayotgan mamlakatlardagi qarz inqirozi, qarzlar shaffofligining imkoniyatlari va cheklashlari, uzoq muddatli qarz siyosati, qarzni boshqarish va qarzlarni boshqarishni kuchaytirish uchun xalqaro yordam kabi mavzular Xalqaro valyuta jamg`armasi, Jahon banki, Yevropa Ittifoqi, YuNCTAD, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlari va mamlakatlarning vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

Concrete

London fond birjasida listingga kiritilgan va xalqaro kapital bozorlarida sotuvga chiqarilgan “O’zsanoatqurilishbank” ATBning

300 million AQSh dollari miqdoridagi xalqaro obligatsiyalari investorlar tomonidan yuqori baholandi.

Mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash hamda xususiy, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni, respublikadagi loyihalarga keng jalb qilish uchun xalqaro kapital bozorlari muhim rol o’ynaydi. Bu borada joriy yil fevral oyida mamlakatimiz tarixida ilk bora O’zbekiston Respublikasining 1 milliard AQSh dollariga teng suveren obligatsiyalarining xalqaro kapital bozorlarida muvaffaqiyatli joylashtirilishi yurtimizdagi tijorat banklari va korxonalar uchun yangi imkoniyat yaratdi.

“O’zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan korporativ xalqaro obligatsiyalar chiqarish bo’yicha JP Morgan, Citigroup, Commerzbank, Raiffeisen Bank singari xalqaro investitsiya banklari (moliyaviy konsultantlar) tavsiyalari asosida tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Joriy yilning 18-22 noyabr kunlari Tsyurix, Frankfurt va London shaharlarida 60ga yaqin investorlar bilan uchrashuvlar va muzokaralar bo’lib o’tdi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2019 yil 15-noyabrdagi 288-sonli buyurug’i bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o’rinbosari lavozimiga Bozorov Zokir Abdulloevich tayinlandi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2019 yil 15-noyabrdagi 288-sonli buyurug’i bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktorining o’rinbosari lavozimiga Nuriddinov Nodirjon Izzatullaevich tayinlandi.

2019 yilning 23 martida kuchga kirgan Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq auditor malaka sertifikatini olgan yilning keyingi yilidan boshlab har yili 40 soatlik malaka oshirish dasturi bo’yicha malaka oshirish kurslarini o’tishi shart. Ilgari malaka oshirish kursining soatlari miqdori 60 soat hajmda belgilangan edi.

Auditorlar malaka oshirish kursining davomiyligi o’zgartirilishi (kamaytirilishi) munosabati bilan Moliya vazirligi tomonidan auditorlarning professional jamoat birlashmalari (O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi va O’zbekiston Auditorlar Palatasi) bilan kelishilgan holda auditorlar malakasini oshirish kursining yangi Dasturi 40 soatlik hajmda tasdiqlandi. Mazkur Dastur moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi, audit, soliq solish, moliyaviy tahlil va tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish sohalarining qonun hujjatlariga kiritilgan o’zgarishlarni, hamda  ularning dolzarb va muammoli masalalarini yoritishni nazarda tutadi. Shuningdek, Dasturda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining (MHXS) va auditning xalqaro standartlarining (AXS) alohida qoidalarini amaliyotda qo’llashdagi muammoli masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Concrete

2019 yil 20 noyabr kuni Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish Inspeksiyasining majlislar zalida Moliya vaziri o`rinbosari- Inspeksiya boshlig`i D. Sultanov, OOO “CRPT TURON” bosh direktori A. Bachikalov hamda alkogol va tamaki ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari ishtirokida alkogol va tamaki mahsulotlarini markirovkalash va ularni keyinchalik kuzatish tajriba-sinov loyihasini amalga oshirishga bag`ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda ushbu loyiha qizg`in bahs-munozaralarga boy bo`ldi, hamda qatnashchilar o`zlarini qiziqtirgan barcha savollariga to`laqonli javob olishdi. Uchrashuv yakunida ushbu loyiha amalga oshirish bo`yicha “yo`l xaritasi” ishlab chiqishga kelishib olindi.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish risklarini milliy baholash bo’yicha ishlarni samarali tashkil etish uchun:

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 2019 yil 15 noyabrda kelgusida o’tkazilishi kutilayotgan risklarni milliy baholash va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini o’zaro baholash masalalari bo’yicha uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Moliya vazirligi, Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda O’zbekiston lizingberuvchilar Assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi EOG vakili – Teterukov S.A. bilan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini o’zaro baholashning asosiy bosqichlari va hamda hisobot tayyorlash taomillarini muhokamasi bo’lib hisoblandi.

Concrete

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 avgustdagi “Budjet maʼlumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-3917-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Moliya vazirligi tomonidan 2020 yil uchun Davlat budjeti Qonun koʼrinishida ishlab chiqildi.

Shu oʼrinda bir savol tugʼilishi tabiiy nima uchun aynan Qonun sifatida va buni nima afzalliklari bor?

Darhaqiqat bugungi kunda Davlat budjeti sohasida shaffoflik va Davlat budjeti ochiqligini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan oʼtkazilgan oʼrganishlar shuni koʼrsatmoqdaki barcha rivojlangan davlatlarda Davlat budjeti Qonun sifatida qabul qilinishi va unga asosan Davlat budjetini qabul qilinishi va ijrosida Parlamentning roli yuqori ekanligi oʼrganildi va ushbu oʼrganishlar natijasida 2020 yil uchun Oʼzbekiston Respublikasining davlat budjeti ham Qonun koʼrinishida ishlab chiqildi va Oliy Majlis palatalari muhokamasiga kiritildi.

Concrete

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi joriy yilning 20 noyabr kuni  vazirlik tizimida mehnat qilayotgan хotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faoligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o'z qobiliyati va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish maqsadida vazirlik хotin-qizlar qo'mitasining boshlang'ich tashkiloti tashkil etilib “Jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida joriy etilgan yangi axborot dasturlar va modullari bilan xodimlarni tanishtirish uchun barcha viloyatlarda bo‘lib o‘tayotgan o‘quv seminarlar yakuniga yetdi.

Concrete

Mamlakatni rivojlantirishning yangi bosqichida moliya tizimida malakali kadrlarning roli, moliya tizimi xodimlariga qo‘yiladigan talablar o‘sib bormoqda. Vazirlik rahbariyati tizimdagi kadrlarining kasbiy ta’limini oshirishga, kadrlarni qayta tayyorlashga katta e’tibor qaratmoqda. Aynan shu maqsadda 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjet tashkilotlarining Moliya organlari va moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazi tashkil etilgan.

Concrete

 

Joriy yilning 10 noyabr kunida Moliya vazirligida Davlat budjetining 2019 yil oʼtgan davri ijrolari va 2019 yilgi budjet parametrlari koʼrsatkichlarini sifatli ijro etilishini taʼminlash hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi davomida berilgan topshiriqlardan kelib chiqadigan moliya tizimi xodimlarining vazifalariga bagʼishlangan navbatdagi kengaytirilgan Hayʼat yigʼilishi oʼtkazildi.

Hayʼat yigʼilishi videoselektor tarzida (respublika studiyasi hamda hududiy studiyalarda) oʼtkazildi. Yigʼilishda moliya tizimining 1062 nafar rahbar hodimlar ishtirok etdi. Hayʼat yigʼilishini Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.А.Qo’chqorov tomonidan olib borildi.

Yigʼilishda, Moliya vazirligi va uning tarkibidagi tashkilotlar tomonidan sezilarli ijobiy natijalarga erishilganligi qayd etilib, tizimda mavjud muammolar tanqidiy tahlil etildi.

Concrete

O‘zbekiston ipoteka bozorini rivojlantirish va bozor tamoyillariga asoslangan uzoq muddatli ipoteka kreditlashning barqaror tizimini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 maydagi PF-5715-sonli "Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni qabul qilindi. Unda 2019-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasida ipoteka krediti tizimini rivojlantirishning "Yo'l xaritasi" tasdiqlangan.

Concrete

Qishloq xoʼjaligida tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiyalarni jalb qilishni ragʼbatlantirish, paxta xom ashyosi yetishtirishning samarali usullarini joriy qilish, uni qayta ishlash va tayyorlash, shu jumladan qayta ishlash asosida ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi Molya vazirligi huziridagi Qishloq xoʼjaligini davlat tomonidan qoʼllab quvvatlash jamgʼarmasi hamda va Savdoni moliyalashtirish xalqaro islom korporatsiyasi oʼrtasida “ Paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini va yakuniy hisob-kitoblarni moliyalashtirish” loyihasi boʼyicha 2019 yil 13 noyabrda 50 million AQSh dollari qiymatidagi “Murabaha” moliyaviy bitimi imzolandi.

Concrete

Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Vatanimiz mustaqillikka erishgach 1991-yil 18-noyabrda ilk Davlat ramzi O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Mazkur  hujjatda ta’kidlanganidek, milliy bayrog‘imiz davlat suverenitetining ramzlaridan biridir.

Bu yil mamlakatimizda bayrog‘imiz qabul qilinganining 28 yilligi keng miqyosda bayramona nishonlandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ham mazkur kun munosabati bilan “Bayrog‘imiz, g‘ururimiz va faxrimiz timsoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Concrete

13-15 noyabr kunlari poytaxtimizdagi “Oʼzekspomarkaz”da “Ipak yoʼlida turizm” XXV Toshkent Xalqaro turizm yarmarkasi boʼlib oʼtdi.

Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Аlkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi boshchiligida mamlakatimizdagi vinochilik korxonalari oʼzlarining mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.

Respublikamizda vinochilik sohasida yaratilgan imkoniyatlar, vinochiligimiz tarixi va ishlab chiqarilgan tabiiy vino mahsulotlarining sifati toʼgʼrisidagi tarqatma maʼlumotlar turistlar va yarmarka ishtirokchilarga tanishtirildi.

Concrete

Joriy yilning 14 noyabr kuni Toshkent Xalkaro Vestminster Universiteti, London Vestminster Universiteti hamda Moliya vazirligi huzuridagi Byudjet-soliq tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda “Oʼzbekiston Respublikasida integratsiyalashgan moliyaviy xizmatlar sohasining bugungi kundagi holati va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzusiga bagʼishlangan Xalqaro konferensiya boʼlib oʼtdi.

    Ma’lumki, shu yil dekabr oyida parlament va mahalliy vakillik organlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlar qizg‘in pallaga kirdi. Hozirgi kunda ko‘ppartiyaviylik,  fikrlar rang-barangligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirishga alohida e’tibor berilmoqda.

Concrete

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 300 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd