РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MOLIYA VAZIRINING O’RINBOSARI TAYINLANDI

18
Mart 2019
119 marta ko'rildi

MOLIYA VAZIRINING O’RINBOSARI TAYINLANDI

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 martdagi №PQ-4240-sonli qarori bilan O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining Hududlar moliyasi masalalari bo’yicha o’rinbosari lavozimiga Tursunov Yorqin Ergashevich tayinlandi.

Yorqin Tursunov 1965 yilda Samarqand viloyating Xatirchi tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy. 1990 yilda Toshkent xalq xo’jaligi institutini bakalavrini tamomlagan. Mutaxassisligi moliyachi. 

Mehnat faoliyatini 1990 yilda Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on shahri hokimiyati moliya bo’limi aholini ijtimoiy himoyalashni moliyalashtirish bo’yicha nazoratchi inspektori, byudjet inspektsiyasi I toifali iqtisodchisi lavozimidan boshlagan. 

1993- 2002 yillarda Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on shahri hokimiyati moliya bo’limi mudiri o’rinbosari – byudjet inspektsiyasi boshlig’i, keyinchalik bo’lim mudiri. 

2002-2006 yillarda Navoiy viloyati hokimiyati moliya boshqarmasi boshlig’i bo’lib ishlagan. 

2006-2012 va 2016-2018 yillarda Moliya vaziri o’rinbosari

2012-2016 yillarda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o’rinbosari – Ijtimoiy va moliyaviy ta’minot xizmati boshlig’i

Hozirgi kunga qadar Yorqin Tursunov O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi ijro etuvchi direktori lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan.

Moliya vazirligi
Axborot xizmati


 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 18 Mart 2019 10:22

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 437 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd