РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Items filtered by date: Payshanba, 22 Noyabr 2018

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi PQ -4023 son qarori bilan paxta texnik chigiti birja savdolari orqali - mulkchilik shaklidan qat’i nazar paxta chigitini qayta ishlash quvvatlariga va tegishli sertifikatlarga ega bo’lgan barcha mahalliy korxonalarga sotilishi tartibi joriy etildi.

Shuningdek paxta chigiti shroti va sheluxasi birja savdolarida hech qanday cheklovlarsiz erkin realizatsiya qilinishi belgilandi.

 

  1. Ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va murojaatlar faoliyatini nazorat qilish bo’limi bosh mutahassisi:

Nomzodga qo’yiladigan umumiy malaka va shaxsiy talablar:

  • Moliya, jurnalistika, pensiya ishi yoki ijtimoiy ish yo’nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo’lishi (xorijiy va xalqaro oliy o’quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga imtiyozlar beriladi);
  • Moliya sohasida, ijtimoiy sohada, radio, televidenie yoki nashriyotlarda kamida 2 yil faoliyat ko’rsatgan bo’lishi;
  • O’zbek, ingliz va rus tillarini mukammal bilishi (IELTS sertifikatiga ega bo’lgan nomzodlar ma’qullanadilar);
  • Kompyuter savodxonligi, jumladan Microsoft Word, Exsel, Power Point va boshqa dasturlarini bilishi va ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishi;
  • Ijtimoiy tarmoqlar,shuningdek rassmiy veb-saytlar, nashriyotlar bilan ishlashni bilishi;
  • Professional etika, kasb va umumahloqiy-ma’naviy sifatlarga ega bo’lishi, notiqlikga ega bo’lishi, tezis, maqolalar va boshqa soha oid ruknlarda turli hil nashrlarni chop eta olishi.

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining oʻrinbosari, BMTning Jeneva shahridagi boʻlinmasi bosh direktori Maykl Myollerni qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Samarqandda oʻtkaziladigan Inson huquqlari boʻyicha birinchi Osiyo forumi tadbirlarida ishtirok etish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining nufuzli delegatsiyasi tashrifi Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik izchil mustahkamlanib borayotganining yana bir tasdigʻi ekanini mamnuniyat bilan taʼkidladi. 

Oʻzaro aloqa va tashriflar sezilarli faollashgani mamlakatimizning Tashkilot tuzilma va institutlari bilan konstruktiv muloqotni yoʻlga qoʻyish hamda Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishishga qaratilgan samarali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilgani qayd etildi. 

Avtomobillarga gaz to’ldirish kompressor shahobchalari orqali sotilayotgan siqilgan gaz narxlarining tahlili, joriy yilning 16 noyabridan boshlab 300-400 so’mga qimmatlashganligi aniqlandi (1700-1800 so’mdan 2000-2200 so’mgacha).

Moliya vazirligi shuni takroran ma’lum qiladiki, avtomobillarga gaz to’ldirish kompressor shahobchalari orqali sotilayotgan siqilgan gaz narxlarini oshirish uchun hech qanday asos mavjud emas.

Ma’lumot uchun: 16 noyabrgacha AGTKShlariga tabiiy gaz 1 kub.metr uchun 789,74 so’mdan sotilgan (narx tabiiy gazni sotishning ulgurji narxi 1 kub.m uchun 289,74 so’m va maxsus investitsiya ustamasi 1 kub.m uchun 500 so’mdan shakllangan).

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 508 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!