РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Items filtered by date: Chorshanba, 21 Noyabr 2018

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni neft-gaz sanoatidagi ishlar holatini muhokama qilish va sohani yanada rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. 

Neft-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim oʻrin egallaydi. Ushbu soha nafaqat energiya ishlab chiqaradi, balki koʻplab tarmoqlar uchun zarur boʻlgan polimerlar, organik kimyoviy moddalar hamda azotli mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bazasi hisoblanadi. 

Keyingi ikki yilda sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida gaz qazib chiqarish hajmi 10 foizga ortdi, aholiga tabiiy gaz 15 foiz va suyultirilgan gaz 1,6 barobar koʻp yetkazib berildi. 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 2018 yil 20 noyabr kuni Moliya vazirligi G’aznachiligi, Axborot hisoblash markazi, “Fido-biznes” MChJ va O’zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi (O’zRTXB) mas’ul xodimlari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 sentyabrdagi PQ-3953-sonli “O’zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida davlat xaridlari soxasida elektron ma’lumot almashinuvini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida O’zRTXB va Moliya vazirligi axborot tizimlari o’rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi yuzasidan yangi yo’nalishlar aniqlanib olindi.

Concrete

Joriy yilining 21 noyabr kuni Moliya vazirligida G’aznachilik boshlig’i-moliya vaziri o’rinbosari tomonidan o’tkazilgan yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Oliy sud, Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat xizmatlari agentligi, Avtomobil transport agentligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining ma’sul xodimlari ishtirok etishdi. 

Bunda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan noto’g’ri yoki ortiqcha to’langan to’lovlarni o’z vaqtida qaytarishda qulayliklar yaratish maqsadida soliq va boshqa majburiy to’lovlarni qaytarish bo’yicha vakolatli organlari tomonidan xulosalarni elektron tarzda g’aznachilik organlariga elektron ma’lumotlar almashinuvi yo’li orqali yuborilishi yuzasidan kelishib olindi. Bu esa ortiqcha va noto’g’ri to’langan mablag’larni tezkorlik bilan yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarilishi uchun imkoniyatlar yaratiladi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 1237 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!