РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Items filtered by date: Juma, 20 Sentyabr 2019

Concrete

Joriy yilnning 16 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Byudjet boshqarmasi vakillari hamda Xalqaro valyuta jamg’armasi eksperti Marko Kanjiano ishtirokida 2020 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risidagi Qonun loyihasi muhokamasi o’tkazildi.

Uchrashuv asosan savol-javob tarzida o’tkazilib, suhbat jarayonida xorijlik ekspert ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga ilg’or xorijiy tajribaga asoslangan holda atroflicha javob berdi.

Concrete

2019-yil 19 va 20  sentabr kunlari  Moliya vazirligida Axborot – hisoblash markazi tomonidan Moliya vazirligi markaziy apparatiga ishga yangi qabul qilingan xodimlar ko’pligi va ular tomonidan kelib tushayotgan savollar mavjudligi tufayli Moliya vazirligining axborot tizimlari, dasturlari va yangi modullar mavzusi bo’yicha taqdimot o’tkazildi. Taqdimotda Moliya vazirligining boshqarmalari tomonidan qiziqishi bo’lgan xodimlar ishtirok etishdi.

Taqdimotda Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi maqsadi va vazifalari, faoliyat yo’nalishlari, Axborot tizimlari va loyihalari, normativ hujjatlar, bajarilayotgan ishlarning ko’lami va amalga oshiriladigan loyihalar ko’rib chiqildi. Bunda ishtirokchilar bilan qizg’in savol javoblar bo’lib o’tdi. Bundan tashqari yangidan yangi takliflar, mulohazalar e’tiborga olinishi ta’kidlandi. Taqdimot O’zbekiston Respublikasi viloyatlari Moliya vazirliklar bo’limlarida ham o’tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Endilikda bunday taqdimotlar har chorakda  O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy apparatida hamda Moliya vazirligining viloyatlar kesimida o’tkazilishi ko’zda tutilmoqda.

Concrete

“Ochiq budjet” (www.openbudget.uz)  portalida tumanlar budjetida shakllangan qo'shimcha mablag'larining aholi takliflariga asosan yo'naltiriluvchi qismi boyicha ovoz berish jarayonlari boshlangani haqida ma’lum qilgan edik. Qayd etish joiz, birinchi chorakda, Navoiy viloyati bo'yicha shakllangan qo'shimcha mablag'lar 17,9 mlrd. so'mni tashkil qilgan. Jumladan, Zarafshon shahar budjetida ushbu davrda 723,3 mln. so'm miqdoridagi qo'shimcha mablag'lar hosil bo’lgan, hamda ochiq budjet portalidagi ovoz berish jarayonlarida, bir qator maktabgacha ta’lim muassalarining moddiy texnika bazasini mustaxkamlash bilan bog'liq takliflar 236 ta ovoz bilan ustunlik qilgan. Natijada, ucshbu takliflarga asoslangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun, budjetdan 72,3 mln. so'm yo'naltirilgan. 

Qiziltepa tumani budjetida, birinchi chorak mobaynida 4,77 mlrd. so'm qo'shimcha mablag'lar shakllandi hamda aholining eng ko'p ovoz olgan tadbirlarga 477,2 million so'm yo’naltirildi. Natijada, tuman hududidagi ziyoratgoh hamda 14 –sonli umumiy o'rta ta’lim maktabi binolari ta'mirdan chiqarildi.

Viloyatning Navbahor tumani budjetida yuqoridagi davrda 1,65 mlrd. so'm qo'shimcha mablag'lar hosil bo'lgan. Ochiq budjet portalidagi ovoz berish jarayonida tumandagi tibbiyot birlashmasi atrofini o'rash taklifi ko'pchilik tomonidan maqullanib, ushbu tadbir uchun tuman budjetida qo'shimcha hosil bo'lgan mablag'larning 10 foizi, ya’ni 166 mln so'm yo'naltirildi. 

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 835 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd