РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MOLIYA VAZIRLIGIDA DAVLAT XARIDLARI TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA BAG’ISHLANGAN DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI

18
Mart 2019
379 marta ko'rildi

MOLIYA VAZIRLIGIDA DAVLAT XARIDLARI TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA BAG’ISHLANGAN DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI

Concrete

Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish sohasida xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik o’rnatish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

2019 yilning 15 mart sanasida Moliya vazirligida Osiyo taraqiyot banki ko’magida Moliya vazirligi tomonidan jalb etilgan xalqaro darajadagi maslahatchi Piter Trept bilan manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillari (mas’ul xodimlari) o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Xalqaro maslahatchi uchrashuv ishtirokchilarini davlat xaridlarini rivojlantirish bo’yicha xalqaro tajriba bilan tanishtirdi va O’zbekiston Respublikasining davlat xaridlari sohasidagi qonunchilik asoslarini takomillashtirish bo’yicha o’z takliflarini taqdim etdi.

Concrete

Yig’ilishda “Davlat xaridlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni va qonunosti hujjatlariga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish masalalari va davlat xaridlari tizimini rivojlantirish bo’yicha oldinda turgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Bugungi kunda Moliya vazirligi xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari tug’risida”gi Qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi va davlat xaridlari sohasidagi qonunosti hujjatlariga xalqaro tajribani hisobga olgan holda tegishli o’zgartirishlar kiritish to’g’risida hujjatlar loyihalarini tayyorlamoqda.

Ma’lumot uchun: Piter Trept Buyuk Britaniyada tug’ilgan, mutaxassisligi bo’yicha huquqshunos, davlat xaridlari sohasida fan doktori. Janob Trept dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlarida ko’p yillik ish tajribasiga ega bo’lgan davlat xaridlari sohasidagi xalqaro ekspert hisoblanadi.

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 382 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd