Ergashev Abdimuxtor 1977 yil Surxandaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 2000 yil Termiz Davlat Universitetini, 2004 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan va 2009 yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyamiyasini tamomlagan.
1994-1995 y.y.- Surxandaryo viloyati Qiziriq tumani Xalq banki xodimi;
1995-2001 y.y.- “Oʻzagrosugʻurta” DASK Qumqoʻrgʻon tumani rejalashtirish boʻlimi boshligʻi, nazoratchisi;
2001-2004 y.y. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti;
2004-2007 y.y. – Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligi korxonadlarini tarkibiy oʻzgartirish va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi;
2007-2010 y.y. - Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishning iqtisodiy tahlili va prognozlash boshqarmasi debitor-kreditor qarzlar monitoringi sektori boshligʻi;
2010-2010 y.y. - Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qishloqda bozor infratuzilmasini muvofiqlantirish va rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi;
2010-2017 y.y. – Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari ahborot-tahlil departamenti qishloq xoʻjaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish shoʻybasi fermerlikni rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassisi;
2017-2018 y.y. - Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi;
2018-2019 y.y. – Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari.
A. Ergashev qishloq xoʻjaligi soxasida keng amaliy bilim va tajribasiga, shuningdek jahonda bu sohaning rivojlanish tendentsiyalarini yaxshi biladigan mutaxasisi hisoblanadi.