Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi Boshlig'i - Axmedov Sarvarbek Shixnazarovich
Telefon raqami: (0-371) 239-29-99
Elektron manzili: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
 |
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi Boshlig'i o'rinbosari – Narzikulov Temur Malik Muxiddin ug'li
Telefon raqami: (0-371) 239-48-04
Qabul kunlari: Har ish kuni, 9.00 dan 18.00 gacha
Elektron manzili: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
|
O'zbekiston xalqaro reytingda
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi
Bo’linma quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi
Boshqarmaning asosiy vazifalari:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi “Xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish to’g’risida”gi PF–5687-son Farmoni (keyingi o’rinlarda — Farmon) bilan tashkil etilgan Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo’yicha komissiya (keyingi o’rinlarda — Komissiya)ning ishchi organi hisoblanib, uning faoliyatini axborot-tahliliy ma’lumotlar bilan ta’minlashni muvofiqlashtirish, har oyda kamida bir marotaba yig’ilishlarni tashkillashtirish hamda O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligining boshqa tuzilmaviy bo’linmalari bilan hamkorlik;
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining loyihalari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Moliya vazirligining faoliyatiga taalluqli boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va kelishishda qatnashish;
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari hamda tegishli chora-tadbirlarda belgilangan ustuvor xalqaro reyting va indekslar bo’yicha mas’ul vazirlik va idoralarning faoliyatini tizimli muvofiqlashtirish va umumlashtirish;
4. Reyting metodologiyalarini hamda davlatlarni baholash mezonlarini o’rganish bo’yicha xalqaro reyting va indekslarni e’lon qilib boruvchi tashkilot va institutlar bilan yaqindan hamkorlik qilish;
5. Reyting agentliklari va xalqaro tashkilotlar bilan o’tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda, forum, konferensiya va taqdimotlarda ishtirok etish;
6. Moliya vazirligining vakolatli boshqarmalari hamda boshqa vazirlik va idoralar bilan xalqaro reyting va indekslarga oid statistik, makroiqtisodiy va xuquqiy-siyosiy ma’lumotlar hamda tahlillarni so’rab olish va tayyorlashda yaqindan hamkorlik qilish;
7. Xalqaro reyting va indekslarning ma’lumot bazalaridan foydalanish, zarur axborot materiallarini olish, ushbu reyting va indekslardagi O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilash bo’yicha xalqaro reyting agentliklari hamda xalqaro ekspert, konsultant va mutaxassislarni muntazam ravishda jalb qilish;
8. Ommaviy axborot vositalari (keyingi o’rinlarda – OAV) va Moliya vazirligining veb-saytida, jumladan ijtimoiy va mobil tarmoqlarda xalqaro reyting va indekslar bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yoritish.
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi bo'limlarining asosiy funksiyalari
Xalqaro reyting agentliklari va tashkilotlari bilan ishlash bo’limi
Bo’linma quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1. xalqaro reyting va indekslarni e’lon qiluvchi tashkilotlar, reyting agentliklari, mahalliy hamda xalqaro ekspert, konsultant va mutaxassislar bilan to’g’ridan-to’g’ri ishlaydi, shu jumladan, ularni respublikaga taklif qiladi va olib borilayotgan islohotlar ko’lami bilan yaqindan tanishtiradi, chet elda sohaga oid tadbirlarda mutaxassislar ishtirokini ta’minlaydi, davra suhbatlari, xalqaro forum va konferentsiyalarni belgilangan tartibda tashkillashtirib boradi;
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Xalqaro reytinglar bilan ishlash va «Elektron hukumat» tizimini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish sho’’basi bilan ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilash bo’yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish yuzasidan yaqindan hamkorlik qiladi;
3. xalqaro reyting agentliklari va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari doirasida prezentatsiya taqdimotlari va tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi;
4. Bo’lim o’z faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida qo’shimcha moliyaviy grantlar jalb etish bo’yicha takliflar tayyorlaydi.
Vazirlik va idoralar mas’ul bo’lgan reytinglarni muvofiqlashtirish va umumlashtirish bo’limi
Bo’lim quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
1. mutasaddi vazirlik va idoralardan zarur bo’lgan ma’lumotlarni so’rab oladi hamda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi yuzasidan axborot-tahliliy materiallar tayyorlash uchun Boshqarmaning Umumlashtirish sho’’basiga kiritib boradi;
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Xalqaro reytinglar bilan ishlash va «Elektron hukumat» tizimini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish sho’’basi bilan ustuvor xalqaro reyting
va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilash uchun kompleks chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan yaqindan hamkorlik qiladi;
3. Xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilash bo’yicha Boshqarmaga kiritilgan normativ-xuquqiy xujjatlar loyihalarini Bo’lim faoliyati doirasida ko’rib chiqadi va tegishli xulosalarni tayyorlaydi;
4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini “faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq vazirlik va idoralarda — belgilangan shtatlar soni doirasida xalqaro reytinglar bo’yicha faoliyatni amalga oshirish uchun mas’ul bo’lgan ixtisoslashgan tarkibiy bo’linmalar tashkil etilishini nazorat qiladi;
5. Farmon va qarorlarbilan xalqaro reyting va indekslarga biriktirilgan vazirlik va idoralar tomonidan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimizning o’rnini yaxshilash bo’yicha belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qiladi va tegishli ma’lumotlarni Boshqarmaning Umumlashtirish sho’’basiga taqdim etib boradi.
6. Farmon va qarorlar bilan tegishli xalqaro reyting va indekslarga biriktirilgan vazirlik va idorlarning ixtisoslashgan bo’linmalari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etib boradi.
7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari bilan xalqaro reyting va indekslarga biriktirilgan vazirlik va idoralarning xalqaro reytinglar bilan ishlash samaradorligi to’g’risida tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi va boshqarma boshlig’i bilan kelishilgan holda Moliya vazirligi rahbariyatiga kiritadi;
Umumlashtirish sho’’basi
Sho’’ba quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
1. Komissiya yig’ilishlarini tashkillashtirish jarayonidaXalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasining Reyting agentliklari va tashkilotlari bilan ishlash bo’limi va Vazirlik va idoralar mas’ul bo’lgan reyting va indekslarni muvofiqlashtirish va umumlashtirish bo’limlaridan zarur bo’lgan ma’lumotlarni so’rab oladi, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi yuzasidan axborot-tahliliy materiallar tayyorlaydi, tegishli takliflarni ishlab chiqadi va Komissiyaga taqdim qiladi;
2. har Komissiya yig’ilishlari yakuni bilan yig’ilish bayonnomasini tayyorlaydi va tasdiqlatadi;
3. Komissiya qarorlarining ijrosini tahlil qiladi va hisobot tayyorlaydi hamda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi boshlig’iga taqdim etadi;
4. reyting agentliklari va xalqaro tashkilotlar bilan o’tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda, forum, konferentsiya va taqdimotlarini o’tkazishga bog’liq hujjatlarni rasmiylashtiradi, texnik jihozlash va moliyaviy masalalarni muvofiqlashtiradi;
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Xalqaro reytinglar bilan ishlash va «Elektron hukumat» tizimini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish sho’’basi bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yaqindan hamkorlik qiladi;
6. ish yuritishni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2015 yil 28 apreldagi 55-son buyrug’i bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining markaziy apparatida ish yuritish bo’yicha Yo’riqnomaga hamda mazkur sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil qiladi va yuritadi (shu jumladan kiruvchi va chiquvchi xatlarni ro’yxatdan o’tkazadi).
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi bo'yicha me'yoriy-huquqiy hujjatlar