РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Yuridik boshqarma

925 marta ko'rildi

Yuridik boshqarma

Telefon raqami: (0-371) 239-47-09; (0-371) 239-43-51

Qabul kunlari: Juma, 15.00 dan-17.00 gacha

El.manzil: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
 

Quyidagilar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yuridik boshqarmasi (keyinig o’rinlarda Yuridik boshqarma deb yuritiladi) faoliyatining asosiy yo’nalishlari hisoblanadi:

Moliya vazirligining huquqni qo’llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;

Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;

Moliya vazirligining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;

Moliya vazirligi xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali etkazishda ishtirok etish;

shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, Moliya vazirligining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash.

Yuridik boshqarma faoliyatining asosiy yo’nalishlarini bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

1) Moliya vazirligining huquqni qo’llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish sohasida:

a) Moliya vazirligida, shuningdek tegishli tuzilmalarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

b) Moliya vazirligi rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o’tkazadi hamda ular bo’yicha e’tiroz va takliflar bo’lmasa, viza qo’yadi. Bunda loyihalarga Yuridik boshqarma tomonidan Moliya vazirligining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo’yiladi;

v) jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga ta’sir etadigan Moliya vazirligining qarorlari yuzasidan xulosalar beradi;

g) mustaqil ravishda yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda Moliya vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, shartnomalari va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarini ishlab chiqish, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek ularni o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risida takliflar tayyorlaydi;

d) Moliya vazirligida, shuningdek tegishli tuzilmalarda huquqni qo’llash amaliyotini o’rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi;

e) Moliya vazirligining boshqa tuzilmalari bilan birgalikda davlat organi, tegishli tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko’rsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni ko’rib chiqishda ishtirok etadi;

j) Moliya vazirligida boshqaruv tizimini takomillashtirish, davlat organi tizimiga kiradigan tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash bo’yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

z) Moliya vazirligida mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi;

i) Moliya vazirligi rahbariyatiga Moliya vazirligi faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash ahvoli yuzasidan hisobot taqdim etadi;

k) Moliya vazirligi xodimlarining kasaba uyushmalari va boshqa vakillik organlariga vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam ko’rsatadi;

2) Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish, shuningdek Moliya vazirligining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida uning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish sohasida:

a) Moliya vazirligining norma ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi yoki ularning ishlab chiqilishida, amalga oshirilishi va bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etadi;

b) Moliya vazirligi vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda ishtirok etadi;

v) Moliya vazirligining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqadi yoxud ularni ishlab chiqishda hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o’tkazish va davlat ro’yxatiga olish uchun yuborishda ishtirok etadi;

g) ekspertizadan o’tkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mustaqil yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan o’tkazadi, ularning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga, havola qiluvchi normalar qo’llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularda korruptsiyaga sabab bo’ladigan omillarning mavjud emasligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi;

d) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo’yicha e’tiroz va takliflar bo’lmasa, ularga viza qo’yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan Moliya vazirligining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo’yiladi;

e) tizimli ravishda Moliya vazirligining tegishli soha faoliyatidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning ularda korruptsiyaga sabab bo’ladigan omillarni aniqlashga qaratilgan tahlilni o’tkazadi;

j) Moliya vazirligi faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

z) Moliya vazirligiga kelib tushgan va o’zi tomonidan chiqarilgan hujjatlar, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritadi, ularning saqlanishini va nazorat holatida bo’lishini ta’minlaydi;

i) Moliya vazirligining normativ-huquqiy hujjatlar fondini to’ldirish, shu jumladan fondni kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini ko’radi, Moliya vazirligi rahbariyatiga huquqiy nashrlarga obuna bo’lish haqida takliflar kiritadi;

k) Moliya vazirligi vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha qonun hujjatlari to’plamlarini nashr etishga tayyorlaydi;

l) Moliya vazirligi tizimiga kiradigan tuzilmalarning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, kelishilgan hamkorlikni ta’minlaydi;

m) Moliya vazirligi tizimiga kiradigan tuzilmalarning huquqiy ishlariga metodik yordam ko’rsatadi, Yuridik boshqarma faoliyati yo’nalishlari bo’yicha tavsiyanomalar va ko’rsatmalarni ishlab chiqadi;

3) Moliya vazirligi xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali etkazish sohasida:

a) Moliya vazirligi rahbariyati uchun qonunchilik masalalari bo’yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;

b) Moliya vazirligi, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish to’g’risida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni o’tkazishda ishtirok etadi;

v) Moliya vazirligi faoliyatiga tegishli qonunchilikni targ’ib qilish ishlarini amalga oshiradi;

g) zudlik bilan Moliya vazirligi axborot xizmatiga Moliya vazirligi veb-saytiga joylashtirish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun va ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar kiritadi;

d) Moliya vazirligi xodimlarining murojaatlari bo’yicha ularga Moliya vazirligi faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishga ko’maklashadi, zarur hollarda ularning qoidalari bo’yicha tushuntirishlar beradi;

e) qonunchilikka kiritilgan o’zgartirishlar haqidagi ma’lumotlarni, sud amaliyotini, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli ko’rsatmalarini Moliya vazirligi tizimiga kiradigan tuzilmalarga etkazadi;

4) shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, Moliya vazirligining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash sohasida:

a) davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini ko’radi;

b) boshqa tuzilmalar bilan birgalikda Moliya vazirligi tomonidan shartnomalarni tayyorlash va tuzish ishlarida ishtirok etadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar e’tiroz va takliflar bo’lmasa, viza qo’yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo’yiladi;

v) shartnomalarni tuzish, bajarish, o’zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

g) Moliya vazirligi tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish bo’yicha takliflar kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

d) Moliya vazirligining manfaatlarini himoya qilish bo’yicha talabnomalar tayyorlashda va Moliya vazirligiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko’rib chiqishda ishtirok etadi, Moliya vazirligida talabnomalar bildirish va ularni ko’rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

e) tegishli tuzilmalar bilan birgalikda Moliya vazirligining debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o’rganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini ko’radi;

j) shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da’vo ishlarini olib boradi;

z) Moliya vazirligining mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etadi;

i) mulkni saqlash masalalari bo’yicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi;

k) boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda Moliya vazirligida mulkning talon-toroj qilinishi, kamomad va noishlab chiqarish xarajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini ko’radi, mulkning talon-toroj qilinishi va kamomad holatlari bo’yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtiradi;

l) moddiy boyliklar va pul mablag’larini hisobdan chiqarish to’g’risidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiiste’mollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va xatlovdan o’tkazish dalolatnomalari bo’yicha huquqiy xulosalar beradi.

Yuridik boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham amalga oshiradi.

 

 

 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 01 Avgust 2018 10:55

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil I yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 427 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd