РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Seshanba, 19 May 2020

Concrete

2020 yilning 18 mayida Xalqaro valyuta jamg’armasining (keyingi o’rinlarda – XVJ) Direktorlar kengashi tomonidan O’zbekiston Respublikasiga Koronavirus pandemiyasining mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sirlarini yumshatish maqsadida 375 mln AQSh dollari ekvivalentidagi imtiyozli kredit mablag’lari ajratilishi ma’qullandi.

Ma’lumot uchun: Imtiyozli kreditlar o’z ichiga 10 yillik muddat bilan (5 yillik imtiyozli davrni o’z ichiga olgan holda) 125 mln AQSH dollariga teng foizsiz tezkor kreditlash liniyasi (Rapid Credit Facility) va 5 yillik muddat bilan (3 yillik imtiyozli davrni o’z ichiga olgan holda) foiz stavkasi yillik 1,05 foizga teng bo’lgan 250 mln AQSH dollari miqdoridagi tezkor moliyalashtirish instrumentini (Rapid Financing Instrument) oladi.

Mazkur mablag’lar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurash jamg’armasiga koronavirus pandemiyasi va global inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish choralarini moliyashtirish uchun yo’naltiriladi.

Concrete

Sug’urta xizmatlari iqtisodiyotni turli moliyaviy xatarlardan himoya qiluvchi vositalardan biri bo’lib hisoblanadi. Shu sababli ham sug’urta sohasi iqtisodiyotning ajralmas qismi desak mubolag’a bo’lmaydi. 

Sohaga oid tahliliy axborotlarni hamda sug’urta bozoridagi joriy holat va 2020 yilning I choragi natijalari yuzasidan ma’lumotlarni keng jamoatchilikka etkazish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan davra suhbati tashkillashtirildi.

2019 yil I chorak yakuni bo’yicha sug’urta mukofotlari hajmi yalpi ichki mahsulotning 0,5 foizini, aholi jon boshiga sug’urta mukofotlari 14,7 ming so’mni tashkil qildi. 

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi sug’urta bozorida 36 ta sug’urtalovchi, shundan 28 tasi umumiy sug’urta tarmog’ida va 8 tasi hayotni sug’urta qilish tamog’ida, shuningdek 5 sug’urta brokeri, 5 aktuar tashkilot hamda 22 assistans, adjaster, syurveyer kompaniyalari faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Sug’urta kompaniyalari ma’lumotlariga muvofiq 2020 yil I choragi mobaynida 503,1 mlrd. so’m sug’urta mukofoti yig’ildi. 

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« May 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 319 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!