РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Bosh sahifa

Concrete

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-sentyabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Binali Yildirimni qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, siyosiy iroda va birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi anʼanaviy yaqin va doʻstona munosabatlar strategik sheriklik darajasiga koʻtarilganini taʼkidladi. 

Oʻtgan yil kuzda Turkiyaga va joriy yil bahorda Oʻzbekistonga amalga oshirilgan davlat tashriflari davomida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi samarali muzokaralar, ular yakunida imzolangan muhim hujjatlar turli sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun mustahkam asos yaratishga xizmat qilgani alohida qayd etildi. 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 25 Sentyabr 2018 09:52

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari to’g’risida” 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-sonli qarori qabul qilindi va unga muvofiq:

a) 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab bazaviy tarif stavkalari:

boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun 1,1 baravarga;

yuqori sinf o’qituvchilari uchun o’rtacha 1,24 baravargacha;

direktor, uning o’rinbosarlari, axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 baravarga oshirildi.

Concrete

Joriy yilning 19-sentabrida O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri, Moliya vaziri o’rinbosari va Osiyo Taraqqiyot banki (OTB) Vitse-prezidenti uchrashuvi bo’lib o’tdi. 

Uchrashuvda hozirda olib borilayotgan turli sohalardagi islohotlar va shu kungacha erishilgan natijalar batafsil bayon qilindi.
 
Mazkur islohotlarning asosiy maqsadi davlatning umumiy iqtisodiy ahvolini yaxshilanishini olib keladigan raqobatbardosh va xorijiy investorlarni  jalb qiladigan muhit yaratishdadir. O’z o’rnida, har bir insonning qilayotgan mehnatiga munosib mukofot olishini ta’minlashdan iboratligi ta’kidlandi. 

Concrete

O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunida belgilangan vazifalarning samarali ijrosini, shuningdek, davlat va jamiyat hayoti faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarning o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida 2017-2018 yillarga mo’ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Davlat dasturi doirasida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazi tomonidan joriy yilning 21 sentyabr kuni “Moliyaviy nazorat institutlari, ichki va tashqi auditni yanada mustahkamlash bo’yicha kompleks choralarni amalga oshirishda amaliy o’qitishni kengaytirish hamda ularni korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha chora-tadbirlarda ishtirokini faollashtirish” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Concrete

2018 yil 21 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan buxgalterlar va auditorlar professional hamjamiyati, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti vakillari ishtirokida amaliy seminar o’tkazildi.

Amaliy seminarning asosiy maqsadi bo’lib buxgalteriya hisobining milliy standartlarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bilan yanada uyg’unlashtirish, chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobini takomillashtirish va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ichki nazoratni tashkil qilishning dolzarb masalalarini muhokama qilish bo’ldi.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 24 Sentyabr 2018 10:13

Concrete

Byudjet tashkilotlari va moliya organlari foydalanuvchilari uchun ma'lumot!

"UzASBO" va "DMBAT" dasturiy majmualarida buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bog'liq byudjet tashkilotlari va moliya organlarining murojaatlarini tezkorlik bilan ko'rib chiqish va tezlashtirish yuzasidan, shuningdek, xizmatlar sifatini oshirish maqsadida, 2018 yil 21 sentabrdan  Moliya vazirligining Axborot hisoblash markazi telefon raqami orqali (0- 371) 239-15-62 «Tezkor aloqa» markazi (Call-center) o’z ishini boshladi.

"UzASBO" dasturiy majmuasi va "DMBAT" dasturiy majmualarida hisob yuritish va hisobotlarni shakllantirish bo’yicha savollar yuzaga kelgan hollarda hamda Moliya vazirligi Axborot hisoblash markazi faoliyati bilan bog’liq boshqa masalalar yuzasidan "Tezkor aloqa"ga (Call markaz)ga murojaat qilish mumkin. 

«Tezkor aloqa» markazi telefon raqamlari 24 soat davomida unga kelib tushayotgan murojaatlar uchun faol tarzda bo’lib, Moliya vazirlirgi AXM mutaxassislari bilan dam olish kunlaridan tashqari, ish kunlarida soat 9-00 dan 18-00 ga qadar bog’lab beradilar. Tushlik vaqti soat 13-00 dan 14-00 ga qadar. 

Hurmat bilan, Moliya vazirligi Axborot hisoblash markazi ma’muriyati.
 

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil I yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 599 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd