Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasining tashkiliy tuzilmasi
Rahbariyat
Boshqarma boshlig‘i - Zaripov Mirzali Miralievich
Qabul kunlari: Seshanba, 16.00dan 18.00gacha
Telefon: (0-371) 255-46-07
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari - Gaziyev Muzaffar Anvarovich
Qabul kunlari: Chorshanba va shanba, 16.00dan 18.00gacha
Telefon: (0-371) 254-47-38
Amaliyot boʻlimi boshligʻi - Amanov Nodirbek Faxriddinovich
Qabul kunlari: Dushanba va juma, 16.00dan 18.00gacha
Telefon: (0-371) 255-43-65
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Manzil: Toshkent shahri, Istiqlol ko'chasi, 29 uy, 100017
Jamoat transportlari: 28, 44, 53, 57, 68, 90, 115, 141, 144, 148, 155, 62m, 71m, 76m, 110m
Toshkent shahri bo’yicha G’aznachilik boshqarmasi xamda tuman(shahar)larda faoliyat yuritayotgan boshqaruv apparati xodimlarining xizmat va uyali aloqa telefon raqamlari haqida ma’lumot
Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasining tashkiliy tuzilmasi
Faoliyatining huquqiy-me‘yoriy asoslari
Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi hamda uning tumanlar (shaharlar) bo‘yicha bo‘linmalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda o‘z faoliyatiga tegishli bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Asosiy funksiyalari va prinsiplari
Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi davlat boshqaruv organi sifatida mahalliy byudjetning g‘azna ijrosini amalga oshirish Respublika byudjetida turuvchi byudjetdan mablag‘ oluvchilarga xizmat ko‘rsatishni, byudjetning g‘azna ijrosi jarayonida dastlabki va joriy nazoratni amalga oshirishni, hamda qonunchilikka muvofiq boshqa funktsiyalarni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ hisoblanadi Davlat byudjeti g‘azna ijrosining asosiy printsiplari kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat.
Davlat byudjetining g‘azna ijrosini amalga oshirish
Davlat byudjetining g‘azna ijrosi Davlat byudjetining barcha daromadlarini yagona g‘azna hisobvarag‘iga kiritishdan, shuningdek Davlat byudjetining xarajatlarini ushbu hisobvaraqdan to‘lashdan iborat. Bunda Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi hamda uning tumanlar (shaharlar) bo‘linmalari tomonidan tegishli mahalliy byudjetlar g‘azna ijrosi, shuningdek Toshkent shahri hududida joylashgan respublika byudjetidan mablag‘ oluvchilarga xizmat ko‘rsatish ta‘minlanadi.
Asosiy vazifalari
Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi hamda uning tumanlar (shaharlar) bo‘linmalari o‘z vazifalarini O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risidagi Qonunga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi "Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-594-son qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 20 martdagi 53-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g‘risida Nizom”ga va Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Manzil: pocht. ind. 100017, Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi 29 uy. tel: (8 371) 239-49-47, faks (8 371) 239-49-47