Joriy yilning 16 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari - Moliya vaziri Jamshid Qo’chqorov boshchiligida “Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo’yicha komissiya”ning ilk yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Komissiya yig’ilishi O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy-huquqiy xalqaro reyting va indekslarda o’z o’rnini yaxshilash va xalqaro maydonda mamlakatimiz mavqeini yanada yuksaltirish maqsadida o’tkazildi.
Yig’ilish davomida Komissiya a’zolariga Moliya vazirining o’rinbosari – Odilbek Isakov tomonidan ustuvor reyting va indeks ko’rsatkichlari yuzasidan shu kungacha olib borilgan ishlar to’g’risida ma’lumot berildi.
Olib borilayotgan islohotlarning natijaviyligi, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan so’nggi 2 yil davomida qabul qilingan qaror va farmonlarda aks etilganligi, bu jarayonlarni amalga oshirishda qator nufuzli xalqaro reytinglarni e’lon qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlik o’rnatilib kelayotganligi, vazirlik va idoralarga seminar-treninglar o’tkazilib, uzluksiz konsultatsiyalar berilishi kabi jarayonlarga bog’liqdir.
Yig’ilish so’nggida joriy yilning may oyi so’nggida sohaning etakchi xalqaro va mahalliy ekspertlari bilan birgalikda hamda vazirlik va idoralarning ishtirokida xalqaro forum o’tkazilishi rejalashtirildi.