РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Chorshanba, 26 Fevral 2020

Tarjimai hol:

1971 yilda, Toshkent shahrida  tugʻilgan 

Millati - oʻzbek

Ma’lumoti – oliy

Tamomlagan:
1994 yilda
Toshkent Davlat Universiteti; 
2002 yilda SDA Bocconi Biznes maktabi (Italiya);
2016 yilda Harvard Business School (AQSh);
Xalqaro iqtisod va moliya.

Qaysi chet tillarini biladi:
Rus, ingliz tillari

Mehnat faoliyati:
1993-1995 yy. - Jahon bankining Toshkentdagi vakolatxonasi stajeri, tadqiqotlar bo‘yicha assistenti;
1995-2000 yy. - Credit Suisse vakolathonasining Tashkentdagi rahbari o‘rinbosari, rahbari; 
2004-2005 yy.  -  BMTning O‘zbekistonda Rivojlantirish dasturlari loyihasining Davlat boshqaruvi dasturi departamenti rahbari;
2005-2007 yy.  -  Xalqaro moliya korporatsiyasining Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha ipoteka uy-joyni kreditlashni rivojlantirish Loyihasining iqtisodiy masalalar bo‘yicha eksperti, rahbar o‘rinbosari;
2007-2009 yy. - Moskvadagi MChJ “Janubiy-Ural kon-qaytaishlash kompaniyasi”ning moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha direktori;
2009-2011 yy.  - Moskvadagi “Metalloinvest” AJ Xolding kompaniyasining iqtisod masalalari bo‘yicha direktori;
2011-2013 yy. - Moskvadagi “Baykal kon kompaniyasi”ning strategiya va investisiyalar bo‘yicha direktori;
2013-2014 yy.  - Moskvadagi “Baykal kon kompaniyasi” Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari;
2014-2016 yy. -  Moskvadagi “Baykal kon kompaniyasi”ning Bosh direktori;
2016-2019 yy. - Moskvadagi “Baykal kon kompaniyasi” AJ Xolding kompaniyasi”ning Bosh direktori o‘rinbosari;
2019-2020 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, investisiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;
2020 y. – h.v.  -  O‘zbekiston respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari.

Oilali, uch nafar farzandi bor.
 

Vazirlikning quyidagi tuzilmaviy bo'linmalari faoliyatini bevosita nazorat qiladi:

  • Davlat rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish departamenti;
  • Ta’rif siyosati va davlat korxonalarini isloh qilish departamenti;
  • Davlat ishtirokidagi  tijorat banklarini isloh qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi;
  • Arzon uy-joylar qurish va davlat maqsadlarini moliyalashtirish va moliya bozori vosiyalarini rivojlantirish boshqarmasi;
  • Sug’urta bozorini rivojlantirish agentligi.
Concrete

  

Birinchi vazir o'rinbosari

Vazirlikning quyidagi tuzilmaviy bo'linmalari faoliyatini bevosita nazorat qiladi:

  • Davlat rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish departamenti;
  • Ta’rif siyosati va davlat korxonalarini isloh qilish departamenti;
  • Davlat ishtirokidagi  tijorat banklarini isloh qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi;
  • Arzon uy-joylar qurish va davlat maqsadlarini moliyalashtirish va moliya bozori vosiyalarini rivojlantirish boshqarmasi;
  • Sug’urta bozorini rivojlantirish agentligi.

O’zining ish faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga, O’zbekiston Respublikasining qonunlariga, O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlis palatasi qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat qarorlariga,shuningdek, O’zbekiston Respublikasining Nizomlariga muvofiq amalga oshiradi.

Funksiyalari va joriy faoliyati

Tarjimai holi

Telefon raqami: 

Qabul kunlari: 

Concrete

Joriy yilning 24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari – Odilbek Isakovning Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi doirasida mamlakatimizning GFRdagi elchixonasi ko‘magida Guterslo shahrida Bertelsmann jamg‘armasining ("Bertelsmann Stifftung") rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tashkilotning Barqaror iqtisodiyot shakllantirish dasturi bo‘yicha katta direktori – Dr. Stefan Empter, Bertelsmann “Transformasiya” indeksining ("Bertelsmann Transformation Index", keyingi o‘rinlarda – indeks) katta ekspertlari – Dr. Xauke Xartman va Sabine Donner ishtirok etib, tashkilot tomonidan yuritiladigan indeksda O‘zbekiston Respublikasining o‘rni, respublikamizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlar, kelajakdagi rejalar muhokama qilindi.

Concrete

2020 yil 24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi binosida 2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish Strategiyasi Xalqaro moliyaviy institutlar vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

Strategiya Moliya vazirligi tomonidan Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan bo‘lib, mamlakatimizning budjet tizimida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan islohotlarni yagona kompleks hujjatda birlashtiradi. Davlat moliyasi haqidagi keng qamrovli ma'lumotlar shaffofligini ta'minlash, natijadorlik va samaradorlikka o‘tish bo‘yicha soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni ishlab chiqish, soliq-budjet javobgarligi va hisobdorligini kuchaytirish kabi yo‘nalishlarni nazarda tutadi.

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil 24 fevralda O‘zbekiston Respublikasida  MHXSga o‘tish tarixining yangi sahifasini ochib beradigan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 4611-son Qarorni imzoladi.

Qabul qilingan hujjat tadbirkorlik sub'ektlarini MHXSga o‘tishga tayyorgalik ko‘rish va muvofiqlashtirish jarayonini tubdan qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutadi

Concrete

Respublikamizda iqtisodiyotni liberallashtirish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi va xorijiy investisiyalarni jalb etuvchi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar soni ortib bormoqda. Shundan kelib chiqqan holda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (MHXS) qo‘llashning ob'ektiv zarurati milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro bog‘liqligi va ochiqligining ortib borishi natijasida yuzaga kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4611-sonli Qarori moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarning strategik yo‘nalishlarini, shu jumladan investorlarning ham, shuningdek xalqaro prinsiplarga muvofiq moliyaviy axborotlarni solishtirilishi ta'minlanishini hisobga olgan holda keng joriy etishga yo‘naltirilgan.

Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi Nizomning (ro’yxat raqami 3105, 2018 yil 21 dekabr) 22-bandiga muvofiq malaka imtihoni test sinovi usulida kompyuter texnikasidan foydalangan holda o’tkaziladi.

Auditor malaka sertifikatini olish (muddatini uzaytirish) uchun navbatdagi malaka imtihoni 2020 yil 21 fevral kuni Moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari va byudjet tashkilotlari moliya-hisob bo’linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o’quv markazining kompyuter sinfi bazasida o’tkazildi.

Imtihon komissiyasi bayonnomasi bilan rasmiylashtirilgan malaka imtihoni komissiyasining qaroriga ko’ra quyidagi malaka imtihoni natijalari olindi:

Ko’rsatkichlar nomi

Soni,

kishi

1. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlar (auditorlar), jami

34

shu jumladan, imtihonga kelmaganlar

7

malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar

15

malaka imtihonidan o’ta olmagan talabgorlar

11

2. Auditor malaka sertifikatini malaka imtihonini topshirmasdan berish muddatini o’zaytirish (xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo’lganda yoki o’n yildan kam bo’lmagan uzluksiz auditor ish staji mavjud bo’lganda)

 

2

Moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari va byudjet tashkilotlari moliya-hisob bo’linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o’quv markazida.

 

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi Qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimiga Omonullo Zabixullaevich Nasritdinxojaev tayinlandi.

Nasritdinxojaev O. Z. 1971 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma'lumoti oliy. 1994 yilda Toshkent Davlat universitetini, 2002 yilda Italiyadagi “SDA Bocconi” menejment maktabini tamomlagan, shuningdek, 2016 yilda Garvard Biznes maktabi ilg'or menejment dasturini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, investitsiyalar va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish bo'yicha maslahatchisi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Fevral 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 282 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!