РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Seshanba, 29 Oktyabr 2019

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida yangi dasturiy tizimlar va ularga yangi modullar ishlab chiqarilganligi sababli Moliya vazirligi xodimlarini ushbu dasturlar bilan tanishtirish maqsadida Axborot-hisoblash markazi tomonidan tayyorlangan taqdimot asosida viloyatlar kesimida taqdimot o’tkazilishi davom etmoqda. Shu kunlarda Buxoro, Xorazm, Surxondaryo, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida taqdimot o’tkazildi. Xodimlar taqdimotlarda faol ishtirok etishmoqda va shu bilan bir qatorda qizg’in savol javoblar bo’lib o’tmoqda. 

Concrete

Tourism Japan EXPO 2019 Xalqaro yarmarkasida ishtirok etish uchun Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Аlkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspektsiyasi vakili boshchiligidagi alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar raxbarlaridan iborat delegatsiya Yaponiyaning Osaka shahriga joʼnab ketganligi toʼgrisida xabar bergandik.

2019 yilning 24-27 oktabr kunlari Xalqaro koʼzgazmalarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan alkogol mahsulotlarini (pivodan tashqari) taqdimoti va soʼnggi yillarda vino turizmini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar boʼyicha tarqatma maʼlumotlar koʼrgazma ishtirokchilariga tanishtirildi. Koʼzgazmalar davomida Yaponiyada alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan uchrashuvlar oʼtkazildi.

Concrete

Band boʼlmagan aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan taʼminlash borasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 mayda “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5052 sonli Farmoni qabul qilingan.

Farmon talablaridan kelib chiqib, vaqtinchalik band boʼlmagan aholining yoʼl va uy-joy kommunal infratuzilmasi obʼektlarini qurishda, taʼmirlash va rekonstruktsiya qilishda, shahar va tumanlarni obodonlashtirishda ishtirok etishini moliyalashtirib borish maqsadida Jamoat ishlari jamgʼarmasi tashkil etilgan.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 388 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd