РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Items filtered by date: Seshanba, 15 Oktyabr 2019

Axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib, turmushning har jabxasi raqamlashtirilib borayotgan zamonda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ham byudjet jarayonlarini elektronlashtirish va avtomatlashtirish bo’yicha  bosqichma bosqich islohotlarni amalga oshirib kelmoqda.

Bugungi kunda davlat byudjeti to’lovlarini amalga oshirishda to’lov xujjatlarini elektronlashtirish bosqichi yakuniga etib, to’lovlarni amalga oshirish tizimini zamonaviy ahborot texnologiyalaridan foydalangan holda qulaylashtirish, mukammallashtirish va to’lovlarni avtomatlashtirish bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Avtomatlashtirish bo’yicha birinchi bosqich  ishlari (ish haqi to’lovlari bo’yicha Yagona Ijtimoiy To’lov va daromad solig’ining to’lovlari) muvafaqiyatli joriy qiliniib, ikkinchi bosqich ishlari (ish haqi to’lovlarini to’liq avtomatlashtirish) jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Byudjet to’lovlarini avtomatlashtirish byudjet jarayonining ijro bosqichida inson omili ishtirokini  kamaytirgan holda, to’lovlarni amalga oshirilish tezligini oshiradi, tovar (xizmat) etkazib beruvchilarga etkazilgan tovar (hizmat) uchun to’lovni o’z vaqtida olishi imkonini beradi, byudjet tashkilotlari va  g’aznachilik hodimlarining ish vaqtlarini samarali tashkil qilishlari uchun hizmat qiladi.

Concrete

Mamlakatimizda tadbirkorlik subʼektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy sektorni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini liberallashtirish, aholining sogʼliqni saqlash sohasidagi huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Uzumchilik va vinochilikni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish tizimini takomillashtirish, ularning ishlab chiqarilishi va aylanmasini samarali monitoring qilish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish va mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish, shuningdek 2017 — 2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida 2019 yil 5 fevralda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5656-sonli Farmoni qabul qilindi. 

Mazkur Farmonga binoan Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Аlkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil qilindi.

Concrete

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4162-sonli qarorida, korxonalar tomonidan 2019 yil 1 iyundan boshlab isteʼmol va texnik etil spirti, alkogolь va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogolь va tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʼullanuvchi korxonalar tovar-transport hujjatlari va tovar-moddiy boyliklarni olishga beriladigan ishonchnomalar bilan birga olib boriladigan elektron hisobvaraq-fakturalarni yuritishga majburiy tartibda oʼtishi belgilangan.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 453 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!