РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Items filtered by date: Payshanba, 10 Oktyabr 2019


Ergashev Abdimuxtor 1977 yil Surxandaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 2000 yil Termiz Davlat Universitetini, 2004 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan va 2009 yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyamiyasini tamomlagan.

1994-1995 y.y.- Surxandaryo viloyati Qiziriq tumani Xalq banki xodimi;
1995-2001 y.y.- “Oʻzagrosugʻurta” DASK Qumqoʻrgʻon tumani rejalashtirish boʻlimi boshligʻi, nazoratchisi;
2001-2004 y.y. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti;
2004-2007 y.y. – Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligi korxonadlarini tarkibiy oʻzgartirish va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi;
2007-2010 y.y. - Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishning iqtisodiy tahlili  va prognozlash boshqarmasi debitor-kreditor qarzlar monitoringi sektori boshligʻi;
2010-2010 y.y. - Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qishloqda  bozor infratuzilmasini muvofiqlantirish va rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi;
2010-2017 y.y. – Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari ahborot-tahlil departamenti qishloq xoʻjaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish shoʻybasi fermerlikni rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassisi;
2017-2018 y.y. - Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi;
2018-2019 y.y. – Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari.

A. Ergashev qishloq xoʻjaligi soxasida keng amaliy bilim va tajribasiga, shuningdek jahonda bu sohaning rivojlanish tendentsiyalarini yaxshi biladigan mutaxasisi hisoblanadi.

Concrete

  

O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari

O’zining ish faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga, O’zbekiston Respublikasining qonunlariga, O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlis palatasi qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat qarorlariga,shuningdek, O’zbekiston Respublikasining Nizomlariga muvofiq amalga oshiradi.

Funksiyalari va joriy faoliyati

Tarjimai holi

Telefon raqami: (71) 239-10-61  

Qabul kunlari:  Chorshanba, 11.00 dan - 13.00 gacha

Concrete

2019 yilning 9 oyida Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan “Davlat moliyasini boshqarish axborot dasturi” (DMBAD) va “UzASBO” dasturi ma’lumotlar bazasidan keng foydalangan holda 1147 ta kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda, 41 ta oliygohlarda, Madaniyat vazirligi tizimidagi 516 ta muassasalarda, 154 ta tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalarida, Buxoro va Surxondaryo viloyati mahalliy byudjetining tuzilishi va ijrosi, shuningdek 212 ta mahalliy byudjet va 44 ta boshqa tashkilotlarda hamda 28 ta tuman (shahar)lardagi 551 ta mahalliy byudjet tashkilotlarida jami 2 655 ta muassasalarida kameral nazorat tadbirlari o’tkazdi.

Kameral nazorat tadbirlariga qamrab olingan muassasalarning 820 tasida (31%) 22,6 mlrd.so’m miqdorida byudjet qonunchiligini buzilish holatlari aniqlanib, nazorat tadbirlari davomida ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida 16,5 mlrd.so’m mablag’lar byudjetga tiklandi.

2019 yilning 9 oyligi davrida o’tgan yilning mos davriga nisbatan kameral nazorati tadbirlari bilan 3 martaga ko’p  muassasalar qamrab olingan bo’lib, shunga mos holda byudjet intizomini buzilish holatlari ham 3 martaga ko’p aniqlangan.

Concrete

2019 yil 8 oktabr kuni Moliya vazirligi tomonidan Ernst & Young xalqaro auditorlik kompaniyasi ekspertlari ishtirokida "Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga o'tish: muammo va afzalliklari" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Ushbu seminardan asosiy maqsad moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (MHXS) qo'llash bilan bog'liq dolzarb muammolarni muhokama qilish, shuningdek ularni hal qilish bo'yicha aniq takliflarni ishlab chiqish uchun MHXSga o'tishning oqibatlarini o'rganishdir.

Seminarning asosiy ishtirokchilari Markaziy bank, Davlat soliq qo'mitasi, Davlat aktivlarni boshqarish agentligi, kapital bozorini rivojlantirish agentligi mutaxassislari va respublika jamoat buxgalterlari uyushmalarining vakillari bo'ldi.

Concrete

Joriy yilning 8 oktyabr kuni OTBning maslahat missiyasi hamda «FCG International Ltd.»  xalqaro ekspertlar konsortsiumi, «Grant Tornton»ning texnik va moliyaviy maslaxatchilari, shuningdek «Allen & Overy» i «Kosta Legal»ning yuridik maslahatchilari Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarshi shaxarlarida suv ta’minoti va kanalizatsiya soxasida DXSh loyihasining texnik-iqtisodiy tadqiqotlarini tayyorlash bo’yicha birinchi bosqich ishlarni boshladi. Mazkur bosqich 2020 yilning birinchi choragida yakunlanadi.

Ushbu  shaharlarda suv ta’minoti va suv chiqarish loyihalarini tayyorlash va tuzishda Osiyo taraqqiyot banki hukumatga maslahatchi etib tayinlangan. OTB 2020 yilda O’zbekistonga  xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga ko’maklashadi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!