РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Items filtered by date: Chorshanba, 12 Sentyabr 2018

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida axborot-tahlil ishlari samaradorligini oshirish, tarkibiy tuzilmalar o’rtasida axborot almashinuvi jarayonini muvofiqlashtirish, shuningdek jamoatchilik bilan ishlash va ma’lumotlar ochiqligini ta’minlash darajisini yanada ko’tarish maqasadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida O’zbekiston Respublika Moliya vazirligining Muvofiqlashtirish va axborot-taxlil Departamenti tashkil etildi.  Departament boshlig’i lavozimiga  Adilov Mirkomil tayinlandi. 

Adilov Mirkomil Miralimovich 1986 yilda to’g’ilgan. Ma’lumoti oliy. 2011-2016 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasih xuzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, boshqarma boshligi; 2016-2017 yillar mobaynida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar  markazi direktori o’rinbosari; 2018 yil Moliya vazirligi huzuridagi moliya organlari hamda byudjet tashkilotlartning moliya-hisob bo’linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O’quv markazi direktori lavozimlarida ishlagan.

O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 287-sonli buyrug’iga asosan Azamat Shuxratovich Fazilov O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi  moliya organlari va byudjet tashkilotlarining moliya-xisob bo’linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O’quv markazi direktori lavomiziga tayinlandi.

Azamat  Shuxratovich  Fazilov 1980-yilda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2001-2004 yil Samarqand viloyati hokimligining moliya boshqarmasi byudjet bo’limida 1-toifali iqtisodchi, bosh iqtisodchi; 2008-2011yillarda Moliya vazirligi  G’aznachilik Amaliyot boshqarmasining Mudofaa idoralari tashkilotlarining yuridik va to’lovlarni amalga oshirish bo’limi boshlig’i; 2017-2018 yillarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshlig’i lavozimlarida ishlagan.  

Concrete

Shu yilning 12-sentabrida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Bosh vazir o’rinbosari - Moliya vaziri Jamshid Qo’chqorov va AQSh davlat kotibi yordamchisining iqtisod va biznes bo’yicha birinchi o’rinbosari Brayan MakFiters o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda AQShning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor  elchisi Pamela Spratlen,  iqtisod va biznes ishlari bo’yicha  Byuro xodimi Yan Sheridan, O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri Botir Xo’jayev hamda  boshqa vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etdilar. 

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10-sentyabrdagi 3938-sonli qaroriga asosan Sultanov Dilshod Shuxratovich O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi boshlig’i - vazir o’rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Dilshod Sultanov 1980 yilda tug’ilgan, ma’lumoti oliy, iqtisodchi. 2002 yilda Toshkent temir yo’llari va transport institutini tamomlagan.

Moliya vazirligi tizimida ish faoliyatini 2003 yildan boshlagan. 2003-2012 yillar mobaynida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Soliq siyosati boshqarmasi bosh iqtisodchisi, bo’limi boshlig’i o’rinbosari, bo’lim boshlig’i. 2013-2017 yillarda Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi boshlig’i, Pensiya jamg’armasi ijro etuvchi direktori lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.

2017 yilning sentyabr oyidan xozirgi kungacha Dilshod Sultanov O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishlagan.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil I yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 685 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd