РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Items filtered by date: Payshanba, 04 Oktyabr 2018

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari – personal bo’yicha menedjer lavozimiga tanlov e’lon qiladi.

Lavozimga bo’lgan asosiy talab va vazifalar

Talablar:


• Menejment, marketing va psixologiyani yaxshi bilish, iqtisodiyot tarmoqlarida personalni boshqarish masalalari bo’yicha kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo’lish;
• Axloqiylik, kommunikabellilik, tinglashni bilish, kontaktlilik, jamoadan xabardor bo’lishlilik, natijadorlik, qat’iyatlilik, o’ziga ishonish  va ish ko’zini aniq bilish; 
• Kompyuter savodxonligi bo’yicha – Word, Excel, Power Point dasturlarida professional darajada ishlay olish va ingliz tilini mukammal bilish.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazir o’rinbosari lavozimiga kadrlar zahirasini shakllantirish bo’yicha tanlov e’lon qiladi.

Lavozimga bo’lgan asosiy talablar va vazifalar

Talablar:


•    iqtisodiyot, moliya, soliq, sug’urta, bank, buxgalteriya hisobi va audit, va shunga yaqin yo’nalishlarda hamda oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida 5-10 yil ish tajribasiga ega bo’lish;
•    innovatsion g’oya va kreativ fikrlash, yangicha qarash va intilish bilan o’zgarishlar qila olish qobiliyati;
•    o’tkir zehn, o’z qarashlarini himoya qila olish, kuchli iroda, strategik fikrlash va boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qila olish qobiliyatiga ega bo’lish;
•    xodimlarni tanlash va samarali boshqarish malakasi; 
•    davlat va jamiyat uchun fidokorona xizmat qilish hissi; 

Concrete

Moliya vazirligi axborot tizimini yanada takomillashtirish hamda unda to’liq masofaviy xizmat ko’rsatishni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 3 oktyabr kuni Moliya vazirligi G’aznachiligida O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi, “O’zbekenergo” AJ, “O’ztransgaz” AK, “Suvsoz” DUK va “Toshissiqquvvati” UIChK tashkilotlarining malakali mutaxassislari va axborot tizimlari dasturchilari bilan birgalikda yig’ilish o’tkazildi. 

Concrete

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-oktyabr kuni elektr energetika sohasidagi ishlar ahvolini chuqur tahlil qilish, tarmoqni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilashga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. 

– Elektr energetikasi iqtisodiyotning “motori” boʻlib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni, umuman hayotni bu sohasiz tasavvur qilib boʻlmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Mamlakatimizda jami 14 ming megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlari mavjud boʻlib, uning 86 foizi issiqlik elektr stansiyalari hissasiga toʻgʻri keladi. 

Concrete

Joriy yilning 4-oktyabrida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi FALIA hayot sug’urtasini rivojlantirish fondi (Yaponiya) delegatsiyasi bilan uchrashuv o’tkazdi. Bugungi kunda FALIA – O’zbekiston sug’urta jamoatining eng faol xorijiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. FALIA hayot sug’urtasini rivojlantirish fondining asosiy maqsadi – Yaponiya va xorijda seminarlar tashkil etish, sug’urta biznesining turli jihatlari bo’yicha materiallar chop etish orqali hayotni sug’urtalashni rivojlantirishdan iborat.

Muhokamaning asosiy mavzusi Yaponiya va O’zbekiston sug’urta mutaxassislari uchun hayotni sug’urtalash sohasida tajriba almashish, sug’urta sohasidagi turli masalalarni muxokama qilish uchun imkoniyat yaratish edi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi tarkibidagi “Professional tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qilish va auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o’tkazish bo’limi”ning quyidagi vakant lavozimlariga tanlov e’lon qiladi:
 

I. BO’LIM BOSHLIG’I - 1 NAFAR.

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:


• Audit va buxgalteriya hisobi sahosida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo’lish;
• Innovatsion g’oya va kreativ fikrlash, yangicha qarash va intilish bilan o’zgarishlar qila olish qobiliyati;
• O’tkir zehn, o’z qarashlarini himoya qila olish, kuchli iroda, strategik fikrlash va boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qila olish qobiliyatiga 
ega bo’lish;
• Audit, buxgalteriya hisobi, moliya va iqtisodiyot yo’nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo’lishi (xorijiy va xalqaro oliy o’quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar rag’batlantiriladi).

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil I yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31        

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 1157 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!