РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Items filtered by date: Juma, 12 Oktyabr 2018

Concrete

Moliya vazirligi tizimidagi xodimlari uchun Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markaziga xizmat ko'rsatish va texnik xizmat ko'rsatishni avtomatlashtirish uchun "IVS-servis" kompleksi ishlab chiqildi.

Ushbu kompleks AHM xodimlari tomonidan bajariladigan ishlarning sifati va samaradorligini baholash, shuningdek, qog'oz ishi hajmini qisqartirishni nazorat qilish va hisobga olishni ta'minlaydi.

Shu bilan birga, dasturiy majmuada Moliya vazirligi tizimida mavjud bo’lgan kompyuter texnikasi va ofis uskunalari bazasini tashkil qilish, hamda ularning samarali va ratsional foydalanishi, shuningdek, materiallar va ehtiyot qismlarni iste'mol qilish bo'yicha tizimli nazoratni amalga oshirish imkoniyati amalga oshirilgan.

Concrete

Moliya vazirligi 2018 yil 11 oktyabrda tijorat banklari vakillari ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona g'aznachilik hisobining vaqtincha bo'sh turgan mablag'larini joylashtirish bo'yicha takliflarni elektron tanlash uchun mo'ljallangan va vaqtinchalik tijorat banklarining depozitlaridagi bo'sh pul mablag'larni joylashtirish jarayonida inson omilini chiqarib tashlash imkoniyatini beradigan, hamda ushbu dasturiy majmuaga O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining ulanishini ta'minlab beradigan “Kazna-Resurs”  dasturiy majmuasining taqdimoti bo’lib o’tdi.

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-oktyabr kuni yurtimizga tashrif bilan kelgan Misr Bosh imomi, Al-Azhar majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyibni qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining shu yil 4-5 sentyabr kunlari Oʻzbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yoʻlida tarixiy qadam boʻlganini taʼkidladi. 

Uchrashuvda bugungi kunda muqaddas islom dinining bagʻrikenglik tamoyillarini, maʼrifiy qadriyatlarini targʻib qilish, uning insonparvarlik mohiyatini asrash, diniy-maʼnaviy merosni tadqiq etish, turli xavf-xatarlarga qarshi kurashish borasida Oʻzbekiston va Misrda katta ishlar qilinayotgani qayd etildi. 

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil I yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31        

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 798 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!