РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Vazirlik haqida

Vazirlik haqida

Vazirlik haqida (9)

Fuqarolar uchun byudjet

Quyidagi tillarda mavjud: O'zbek va Rus tillarida.

Batafsil tanishib chiqish

 

"Moliyachi ma’lumotnomasi" byulleteni

Qisqacha ta'rifi: "Moliyachi ma’lumotnomasi" byulleteni – Davlat moliyasi va uning g’azna ijrosi, pensiya ishi va byudjet huquqiga oid ilmiy va amaliy maqolalarga bag’ishlangan nashr.

Quyidagi tillarda mavjud: O'zbek va Rus tillarida.

Batafsil tanishib chiqish

 

Fuqarolar uchun byudjetni tayyorlash va eʼlon qilish konsepsiyasi

Qisqacha ta'rifi: Byudjetga doir hujjatning soddalashtirilgan ko'rinishi bo'lib, unda keng jamoatchilikka byudjet tushunarli bo'lishi uchun norasmiy (texnik bo'lmagan) tildan foydalaniladi. Mazkur hujjatda byudjet daromadlari, uning ustuvorliklari, ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarni moliyalashtirish va erishilgan maqsadlar haqidagi axborot izohlar va fikrlar bilan birga fuqarolar uchun tushunarli boʻlgan tilda ochib beriladi.

Quyidagi tillarda mavjud: O'zbek va Rus tillarida.

Batafsil tanishib chiqish

 

O'rta muddatli byudjet - Namangan shahar byudjeti misolida

Qisqacha ta'rifi: Ushbu qo’llanma Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi Elchixonasining texnik yordami asosida chop etilgan bo’lib, o’z ichiga O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi va tuzilmasini, undagi mahalliy byudjetlarning o’rni hamda byudjetlararo munosabat, o’rta muddatli byudjetlashtirish haqida ma’lumotlarni qamrab olgan.

Quyidagi tillarda mavjud: O'zbek tilida.

Batafsil tanishib chiqish

Oxirgi o'zgartirish Juma, 01 Noyabr 2019 15:10

O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 541-I-sonli «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida», 2002 yil 12 dekabrdagi 439-II-sonli «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunlariga, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 23 noyabrdagi 243-sonli “O’zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, Moliya vazirligi hamda uning tassarufidagi tashkilotlar faoliyatining o‘z vaqtida va xolisona yoritilishini ta’minlash maqsadida, OAV vakillari vazirlik huzurida akkreditatsiyadan o‘tishlari mumkin.

Muhbirlarni akkreditatsiya qilish, akkreditatsiya qilingan muhbirlarning asosiy huquqlari va majburiyatlari yuqorida ko‘rsatilgan Vazirlar Mahkamasining qarorida tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibi to’g’risidagi nizomiga muvofiq tasdiqlangan (ko'chirib olish PDF 0.34MB).

Moliya vazirligi huzurida o‘z vakilini akkreditatsiyadan o‘tkazish istagida bo‘lgan OAVdan bosh muharrir nomidan rasmiy blankada, imzo va muhr ko‘rsatilgan holda buyurtmanoma yuborilishi lozim. Ushbu buyurtmanomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

•     ommaviy axborot vositasining nomi va turi;
•    ixtisoslashuvi;
•    tarqalish hududi;
•    elektron pochta manzili;
•    tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;
•    akkreditatsiyaga taqdim etilgan muhbirning familiyasi, ismi va otasining ismi;
•    kasb vazifalarini bajarish uchun ushbu muhbir o‘zi bilan birga olib yurishi zarur bo‘lgan apparatlar.

Buyurtmanomaga batafsil ma’lumotlar (muhbirning xizmat mavqei, pasportiga oid ma’lumotlar, diplomi nusxasi, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami) mavjud bo‘lgan ma’lumotnoma hamda belgilangan shakldagi to‘rtta fotosurat ilova qilinadi.

Moliya vazirligining 2006 yil 16 noyabrdagi “Moliya vazirligining Axborot xizmatini tashkil etish to’g’risida” 459-sonli buyrug’i (buyruq matni rus tilida, ko'chirib olish PDF 0.2MB)

“O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot xizmati to’g’risida Nizomi” Moliya vazirligining 2006 yil 16 noyabrdagi buyrig’i bilan tasdiqlangan (Nizom matni rus tilida, ko'chirib olish PDF 0.27MB) 

 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 22 Fevral 2018 12:45
03 May 2017
Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 19 Fevral 2019 12:50
Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 20 Noyabr 2019 17:00

 

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining koʻrsatayotgan hukumat xizmatlari ROʻYXATI (ko'chirib olish PDF 0.2 MB)
 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 11 Yanvar 2017 15:15

Moliya vazirligi tizimida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari boʻyicha hamda uni muvofiqlashtirish bilan ishlaydigan boʻlim tashkilga etishga doir yangi Buyruq qabul qilindi (ko'chirib olish PDF 0.25MB)

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi jismoniy va yuridik shaxslari vakillarining kundalik qabuli tartibi

Murojaatlar bilan tashkiliy ishlash bo'yicha mas'ul shaxs

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyati tomonidan 2019 yilning sentyabr-dekabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarning sayyor qabuli jadvali (yuklab olish)

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida qabul qilish

jadvali

  T/r

Lavozimi

F.I.O.

Qabul kuni va vaqti

Qabul bo’yicha mas’ul shaxslar

1.

Vazir

Qo’chqorov

Jamshid Anvarovich

Juma

16:00 dan 18:00 gacha

Nurmatov B.

 

2.

Vazirning birinchi o’rinbosari

Ishmetov

Timur Amindjanovich

Chorshanba

16:00 dan 18:00 gacha

Boboev A.
Abdunazarov B.

3.

Vazir o’rinbosari

Xaydarov

Axadbek Yaxyobekovich

Juma

11:00 dan 13:00 gacha

Abruev J.
Isakulov Sh.

4.

Vazir o’rinbosari

Tursunov

Yorqin Ergashevich

Payshanba

9:00 dan 11:00 gacha

Davlatov M.
Mamanov R.

5.

Vazir o’rinbosari

Sharaxmetov

Shaxrux Shaturgunovich

Seshanba

10:00 dan 12:00 gacha

Muslitdinov N.
Xaydarov A.

6.

Vazir o’rinbosari

Sultanov

Dilshod Shuxratovich

Seshanba

16:00 dan 18:00 gacha

Mirganiev M.
Ortiqov X.

7.

Vazir o’rinbosari

Isakov

Odilbek Rustamovich

Juma

15:00 dan 17:00 gacha

Fazilov A.
Karshibaev J.

8.

Vazir o’rinbosari

Ergashev

Abdimuxtor Ergashevich

Chorshanba

11:00 dan 13:00 gacha

Mirzaev T.
Isroilov A.

9.

Davlat xususiy sherikchilikni rivojlantirish agentligi direktori - Vazir o’rinbosari

Xoljigitov

G’olib Ablakulovich

 

Payshanba

16:00 dan 18:00 gacha

Ganixodjaev B.

10.

Boshqarma boshliqlari

Har ish kuni

9.00 dan 18.00 gacha

11.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi ijro etuvchi apparati boshqaruvi

Har ish kuni

9.00 dan 18.00 gacha

(qabulga yozuv 239-10-46 telefon raqamlar orqali amalga oshiraladi)

Izoh: Moliya vazirligi Rahbariyati qabuliga

www.mf.uz veb-sayti, “murojaat_mf_bot” telegram boti hamda quyidagi telefon raqami bilan bog’lanib ma’lumot olinadi: 71 203 00 50

 
Oxirgi o'zgartirish Juma, 08 Noyabr 2019 13:18

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 438 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!