Mazkur hujjatlarda belgilangan jarayonlarni amaliyotga joriy etish maqsadida joriy yilning 22-23 aprel kunlari maxsus axborot portali operatorlari tomonidandavlat xaridlari ishtirokchilari, xususan yirik byudjet va korporativ buyurtmachilar, strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, shuningdek, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki vakillari ishtirokida elektron tenderlar va tanlovlar o‘tkazish bo‘yicha raqamli platformalarning ishlash mexanizmi taqdimoti o‘tkazildi.
Dastlab 22 aprel kuni O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan tender va tanlovni elektron tarzda o‘tkazish bo‘yicha yaratilgan yangi raqamli platformaning ishlash tartibi namoyish qilindi.
Davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali operatori vazifasi O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda, shuningdek, ushbu sohada raqobat muhitini shakllantirish maqsadida endilikda bir necha operatorlarni jalb qilish ishlari olib borilmoqda. “XT – XARID TEXNOLOGIYALARI” qo‘shma korxonasishular jumlasidan bo‘lib, 23 aprel kuni “XT – XARID TEXNOLOGIYALARI” qo‘shma korxonasi tomonidan yaratilgan mexanizm namoyishi o‘tkazildi va keng muhokama qilindi.
Taqdimot so‘ngida videoaloqa ishtirokchilari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilindi va ushbu savollarga tegishli mutaxassislar tomonidan batafsil tushunchalar va amaliy tavsiyalar berildi.