Diana Gardanova
25
Apr 2020
793 marta ko'rildi

KORONAVIRUS BILAN KURASHISH UCHUN O'ZBEKISTON JAHON BANKIDAN FAVQULODDA MOLIYAVIY YORDAM OLADI

 

VASHINGTON shahri, 24 Aprel, 2020 yil – Jahon banki koronavirus pandemiyasining (COVID-19) O'zbekiston fuqarolarining salomatligi va farovonligiga ta'sirini yumshatish bo'yicha favqulodda choralarni qo'llab-quvvatlash uchun $95 mln moliyalashtirish dasturini tasdiqladi. Loyiha mablag'lari milliy sog'liqni saqlash tizimini yaxshilashga, shuningdek, pandemiya keltirib chiqargan iqtisodiy inqirozdan aziyat chekkan kam ta'minlangan va himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo'llab-quvvatlashga sarflanadi.

«Jahon bankining moliyalashtirishi xalqaro rivojlanish bo'yicha hamkorlar koalitsiyasi tomonidan tashkil etilgan aholini pandemiya xavfidan himoya qilishda hukumatga ko'rsatilayotgan yordamning bir qismi sifatida taqdim etiladi», - dedi Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori. «Hukumat, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST), BMTning boshqa agentliklari, xalqaro moliyaviy institutlar, shu qatorda Jahon banki guruhi, ikki tomonlama yordam agentliklari va nodavlat tashkilotlar, shu jumladan Chegara bilmas shifokorlar (MSF) ushbu og’ir vaziyatda mamlakatni qo'llab-quvvatlashda xayrixohlik bildirishmoqda ».

Ushbu loyiha doirasida Jahon banki ko'magi bilan koronavirus infektsiyasining oldini olish, uning profilaktikasi va tarqalishini nazorat qilish uchun milliy sog'liqni saqlash tizimini takomillashtirishga $38 mln sarflanadi. Ushbu mablag’lar shaxsiy himoya vositalarini, dori-darmonlarni va hayotiy zarur tibbiy asbob-uskunalarni, shu jumladan o’pkani sun’iy shamollatish qurilmalarini sotib olishda, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolaydigan shifoxonalarni jihozlash uchun ham ishlatiladi.

Loyiha bo’yicha $57 mln atrofidagi mablag’lar kam ta'minlangan oilalarni qo'llab-quvvatlash va ishsiz fuqarolarga bir martalik to'lovlarni amalga oshirish bo'yicha davlat dasturlarini kengaytirish uchun sarflanadi.

«Men shifokorlarga, hamshiralarga va bugungi kunda O'zbekistonda koronavirusga qarshi kurashning boshida turganlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. O'zlarini xavf ostiga qo'yib, ular boshqalarning hayotini saqlab qolishmoqda. Keling, uyda qolib, shaxsiy gigiyena qoidalariga, ijtimoiy masofalanishga va karantin choralariga rioya qilgan holda, ularga kasbiy burchlarini bajarishda yordam beraylik», - deya ta'kidladi Xideki Mori.

Jahon banki guruhi (JBG) rivojlanayotgan mamlakatlar uchun eng katta moliyalashtirish va bilim manbalaridan biri bo'lib, ushbu mamlakatlarga pandemiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishda yordam beradigan keng ko'lamli va tezkor tadbirlarni amalga oshirmoqda. Biz infektsiyaning tarqalishi va sog'liqni saqlash tizimlarining ishlashini nazorat qilishni yaxshilashga, xususiy sektorga o'z ishini davom ettirishga va ish o'rinlarini saqlashga ko’mak bermoqdamiz. Keyingi 15 oy JB guruhi a’zo davlatlarga $160 milliard miqdorda moliyaviy yordam ko’rsatib, ushbu mablag’lar kambag'al va himoyasiz odamlarni himoya qilishga, biznesni qo'llab-quvvatlashga va mamlakatlar iqtisodiyotlarini tiklashda ko’maklashadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun, xususan, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasidan (XTA- Jahon banki tarkibidagi tashkilot) $50 milliard miqdoridagi imtiyozli shartlarda grantlar va kreditlar shaklida qo'shimcha moliyaviy mablag'lar ham ajratiladi.

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -78 foydalanuvchi
2 - ball -26 foydalanuvchi
3 - ball -34 foydalanuvchi
4 - ball -36 foydalanuvchi
5 - ball -517 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi