Diana Gardanova
21
Apr 2020
147 marta ko'rildi

MOLIYA VAZIRLIGI VA DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI “DAVLAT TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINI QANDAY QO‘LLAB-QUVVATLAMOQDA” VIDEOKONFERENTSIYASINI O‘TKAZADI

Prezidentning «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi (19.03.2020 yildagi PF-5969-son) va «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi (3.04.2020 yildagi PF-5978-son) Farmonlari karantin choralarining murakkab sharoitlarida tadbirkorlik sub’ektlarini ko‘p tomonlama qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi. 

Bu qanday qo‘llab-quvvatlash ekanligi va undan qanday foydalanish mumkinligi haqida - «Norma» o‘quv markazining onlayn platformasida tashkil etiladigan videokonferentsiyada moliya vazirining o‘rinbosari Dilshod Sultonov va DSQ raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev gapirib beradi.

Videokonferentsiyada ishtirok etish quyidagilarni bilish imkonini beradi:

·      hukumat pandemiya sharoitlarida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun nima qilmoqda va yana nima qilmoqchi ekanligi haqida;

·      qaysi soliqlar bo‘yicha, kimga va qanday muddatga foizsiz kechiktirish berilishi haqida;

·      kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash)ni olishning ariza berish mexanizmidan kim va qanday foydalanishga haqli ekanligi haqida;

·      kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash)ni olishning xabardor qilish mexanizmidan kim va qanday foydalanishga haqli ekanligi haqida;

·      QQS to‘lashning imtiyozli tartibini qanday qo‘llash haqida;

·      soliq ma’muriyatchiligida nima o‘zgarganligi haqida;

·      soliqqa oid choralardan tashqari, davlat qo‘llab-quvvatlashning qanday boshqa choralarini qabul qilganligi haqida.

Videokonferentsiyaning dastlabki sanasi 27 aprel kuni soat 12.00 da o‘zbek tilida, 15.00 da rus tilida o‘tkaziladi. Ishtirok etish – bepul. Videokonferentsiyada ishtirok etish uchun havola bo‘yicha o‘ting va ro‘yxatdan o‘ting(https://bit.ly/3bt3qVy)
O‘rinlar soni cheklangan.

 

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -78 foydalanuvchi
2 - ball -26 foydalanuvchi
3 - ball -34 foydalanuvchi
4 - ball -36 foydalanuvchi
5 - ball -517 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi