Tadbirkorlik sub’ektlarining iste’mol etil spirti ajratilishi yuzasidan murojaatlari bir kunda oshmagan muddatda ko‘rib chiqilib, iste’mol etil spirtini ajratilishi ta’minlanmoqda.
Xurmatli tadbirkorlar, antiseptik vositalari ishlab chiqarishda sifat nazoratidan o‘tmagan etil spirtidan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, davlat standart (O’zDSt 3115:2016) talablariga muvofiq ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirti ajratilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspektsiyasiga (tel: (998 71) 244-19-95, 244-07-07) murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi texnologiya ehtiyojlar uchun sotib olinadigan iste’mol va texnik etil spirti qayta sotilishi taqiqlanganligini eslatib o‘tadi. Ya’ni "Andijon biokimyo" AJ (Andijon viloyati Andijon shahri), "Qo‘qonspirt" AJ (Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri), "Bektemir spirt eksperimental zavodi"AJ (Toshkent shahri Bektemir tumani) va "Biokimyo" AJ (Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani) korxonalari tomonidan iste’mol va texnik etil spirti ishlab chiqarish va realizatsiya qilish huquqiga ega.