Diana Gardanova
09
Apr 2020
603 marta ko'rildi

ISH HAQI VA UNGA TENGLASHTIRILGAN TO‘LOVLARNING TO‘LANISHI

Moliya vazirligi G‘aznachiligi byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarga ish haqi to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash, shuningdek, koronavirus infektsiyasining tarqalishiga qarshi kurash choralarini ta’minlash bo‘yicha uzluksiz faoliyatini davom ettirmoqda. 

Xususan, ushbu muhim vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, G‘aznachilik jamoasi ishni onlayn tizimida hamda xodimlar o‘z-o‘zini izolyatsiya qilgan holda byudjet tashkilotlarining birinchi darajali to‘lovlarni uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlamoqda.

Joriy yilning 6 aprelь kuniga byudjet tashkilotlari tomonidan taqdim qilingan so‘rovnomalarga asosan byudjet mablag‘lari hisobidan mart oyi ikkinchi yarmi uchun jami 2 501 mlrd.so‘mlik (99%) ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lab berildi.

Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy tuzilmalarida byudjet tashkilotlari tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun yakuniy xisob kitoblarga asosan taqdim qilingan so‘rovnomalarga asosan to‘lab berish ishlari uzluksiz davom ettirilmoqda.
 

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -78 foydalanuvchi
2 - ball -26 foydalanuvchi
3 - ball -34 foydalanuvchi
4 - ball -34 foydalanuvchi
5 - ball -517 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi