Diana Gardanova
06
Apr 2020
760 marta ko'rildi

DIQQAT! MOLIYA VAZIRINING O‘RINBOSARI DILSHOD SULTONOV “BIZNESNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA QABUL QILINGAN QARORLAR” MAVZUSIDA VEBINAR O‘TKAZADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni biznesga yangi imtiyozlarni taqdim etadi.

Bu imtiyozlar nimalardan iborat va ulardan qanday foydalanish mumkin – shular haqida buxgalter.uz portalida tashkil etiladigan vebinarda moliya vazirining o‘rinbosari Dilshod Sultonov so‘zlab beradi.

Vebinar ishtirokchilari quyidagilarni bilib olishadi:

  • kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati qaysi soliqlar bo‘yicha va kimlarga beriladi;
  • berilgan imkoniyatlardan foydalanish uchun nimalar qilish kerak;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlarga qanday imtiyozlar berilgan;
  • QQS to‘lashning imtiyozli tartibi qanday qo‘llaniladi;
  • soliq ma'muriyatchiligida nimalar o‘zgaradi;
  • davlat tomonidan soliq sohasidan tashqari yana qanday qo‘llab-quvvatlash choralari qabul qilindi.

 

Vebinar joriy yil 7 aprel kuni o‘tkaziladi:

rus tilida - soat 12.00 da

o‘zbek tilida - soat 15.00 da

Ishtirok etish bepul.

Vebinarda ishtirok etish uchun havola  bo‘yicha ro‘yxatdan o‘ting

Joylar miqdori cheklangan.

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -78 foydalanuvchi
2 - ball -26 foydalanuvchi
3 - ball -34 foydalanuvchi
4 - ball -36 foydalanuvchi
5 - ball -517 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi