Diana Gardanova
06
Apr 2020
274 marta ko'rildi

Fuqarolarning pensiya ta'minoti sohasida uzluksiz xizmat ko‘rsatiladi


Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq karantin davri aholining ijtimoiy ta'minotiga hech qanday salbiy ta'sir o‘tkazmasligiga erishish maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi o‘z faoliyatini masofaviy va «on-layn» tarzda olib bormoqda. Zamonaviy veb-texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan «Pensiya» dasturiy majmuasi yordamida tizimdagi barcha mutaxassislar bilan masofadan turib ish tashkil etilgan.
Xizmat ko‘rasatishni «onlayn» rejimiga o‘tilishi, pensiyalar, nafaqalar, kompensasiya pullari va boshqa to‘lovlarni moliyalashtirilishi va ular ustidan nazoratni olib borish faoliyatiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi.

Jumladan, Pensiya jamg‘armasi tomonidan joriy yilning 1 aprel sanasiga qadar pensiya va nafaqa to‘lovlari vedomostlari Xalq banki va tijorat banklariga to‘liq yetkazilib, shu yilning 2 aprel sanasiga qadar talab qilingan mablag‘ning salkam 50 foizi moliyalashtirilishiga erishildi.
Pensiya va nafaqa pullarini bank plastik kartalari orqali oluvchilarga esa mablag‘lar har doimgidek, oyning boshida o‘tkazib berildi. Pensiya va nafaqalarni naqd pul shaklida oluvchilarga Xalq banki sayyor kassalari tomonidan bevosita pensiya va nafaqa oluvchilarning yashash manzillariga “sterillangan holda” to‘lanishi ta'minlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz! Ishlovchilarga pensiya va nafaqa to‘lovlari uchun korxona va tashkilotlar tomonidan talabnomalar my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali elektron shaklda yuborishlari, jumladan pensionerni ishga qabul qilganligi yoki bo‘shatilganligi to‘g‘risida masofadan turib xabardor qilish imkoniyati yaratilgan.
Pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, ularning pensiyasi yoki nafaqa miqdori, muddati va boshqa ma'lumotlarni real vaqt rejimida mobil' (telefon) vositalari yordamida olishlari uchun «SMS - pensiya» interaktiv xizmati joriy etilgan. Bugungi kunda mazkur xizmatdan 2,4 mln. nafar fuqaro foydalanmoqda.
Pensiya va nafaqalarni tayinlash, pensiya qonunchiligi, tartib-qoidalar va sohaga oid boshqa savollar yuzasidan Pensiya jamg‘armasida faoliyat ko‘rsatayotgan qisqa raqamli 1140 – “Ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilinishi mumkin. Bunda, hududiy boshqarmalarning telefon raqamlari orqali mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar beriladi.
Bundan tashqari, Pensiya jamg‘armasining elektron pochta manzili  (Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. ) hamda telegram kanali (@PensionFundRuz)ga kirib bemalol savol yo‘llash mumkin.
Pensiya jamg‘armasi Siz haqingizda qayg‘urib, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq karantin davrida  ko‘chaga chiqmasdan, sohaga oid savollar bo‘lsa, yuqorida ko‘rsatilgan aloqa vositalari orqali murojaat qilishingiz so‘raydi.

Manba: Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -78 foydalanuvchi
2 - ball -26 foydalanuvchi
3 - ball -34 foydalanuvchi
4 - ball -36 foydalanuvchi
5 - ball -517 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi