Diana Gardanova
06
Apr 2020
294 marta ko'rildi

Moliya vazirligi karantin davrida faoliyatini uzluksiz davom ettirmoqda

Sizga shuni ma'lum qilamizki, alohida texnik xodimlarning koronavirus test natijalari shubha tug‘dirdi va ular keyingi tekshiruvlar uchun klinik karantinga olindi.
Ma'lumki, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq karantin tadbirlari davrida xodimlar, barcha tashrif buyuruvchilar va ularning oila azolari xavfsizligini taminlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi birinchilardan bo‘lib, masofaviy ishlash tartibini joriy qildi. Dastlabki kunlardanoq xodimlarning 40% dan ortig‘i, shu jumladan maktabgacha va boshlang‘ich sinflar yoshidagi farzandli xodimlar mehnat ta'tiliga chiqarildi.
Vazirlik ustuvor davlat dasturlarini moliyalashtirish va budjet tizimi xodimlariga ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lash, shuningdek, koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash choralarini ta'minlash bo‘yicha uzluksiz faoliyatini davom ettirmoqda.
Ushbu muhim vazifalar ijrosini taminlash maqsadida, jamoa ishni onlayn shaklda tashkil qilish, shuningdek, xodimlarni o‘z-o‘zini izolyasiya qilishi yuzasidan qaror qildi.
Moliya vazirligi jamoasi shifokorlar nazorati ostida quyidagi tartibda faoliyat olib boradi:
1. Vazir va vazir o‘rinbosarlari boshchiligidagi rahbariyat, asosiy bo‘limlarning boshliqlari va alohida xodimlari avvalgidek, vazirlik binosida ish olib boradi.
2. G‘aznachilik ham hisobvaraqlar bo‘yicha barcha xizmatlarni taqdim etgan holda o‘z faoliyatini davom ettiradi. Buning uchun tegishli xodimlar jalb qilinadi va ular alohida binoda mustaqil ishlaydi.

3. Qolgan xodimlar masofadan ishlashni davom ettiradi.
Ish haqi va nafaqalar ajratilishi to‘xtamaydi, shuningdek vazirlikka yuklatilgan barcha vazifalar va funksiyalar belgilangan tartibda bajariladi. Viloyat, tuman, shahar moliya va g‘aznachilik bo‘limlari o‘z faoliyatini odatdagidek davom ettiradi.
Vazirlik rahbariyati barcha xodimlarga va ularning oila a'zolariga tushunganlari va qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildiradi.

Hurmatli fuqarolar, hamkasblar! Moliya vazirligining butun jamoasi nomidan sizlarni uyda qolishga va karantin davrida o‘zingizga va yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik qilishga chorlab qolamiz
 

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -78 foydalanuvchi
2 - ball -26 foydalanuvchi
3 - ball -34 foydalanuvchi
4 - ball -36 foydalanuvchi
5 - ball -517 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi