Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari

TAPAROV QURBANMURAT XOLMURATOVICH

Tug'ilgan yili: 1978 

Qabul kunlari: Payshanba, 10:00 dan 12:00 gacha

Manzil: Toshkent shahar, Istiqlol koʻchasi, 29-uy

Telefon raqami:

Vebsayt: www.mf.uz

Millati: o‘zbek

Qurbanmurat Taparov 1978-yilda Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 1999-yilda Qarshi davlat universitetini, 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va 2012-yilda Risumeykan Universitetlarini (Yaponiya) tamomlagan.

 

 

Mehnat faoliyati:





1999-y

Qashqadaryo viloyati moliya boshqarmasining 1-toifali iqtisodchisi lavozimida boshlagan.

2003-y

Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisob-kitobi jamg‘armasining Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy yetakchi inspektori sifatida, keyinachalik, ushbu boshqarmaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning tuzilishi va ijro etilishi ustidan nazorat olib borish bo‘limi bosh iqtisodchisi, bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2017-2018-yy

Moliya vazirligi Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va keyinchalik boshqarmasi boshlig‘i.

2018-yildan boshlab

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash sho‘'basi yetakchi inspektori lavozimida ishlab kelgan.

 

Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hokimiyat vakillik organlari va siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish sho‘'basi yetakchi inspektori lavozimida samarali faoliyat yuritgan.

Funksiyalari va joriy faoliyati

Vazirlikning quyidagi tuzilmaviy bo‘linmalari faoliyatini bevosita nazorat qiladi:

  • Hududlar moliyasi departamenti;
  • Davlat rivojlantirish dasturlari ,oliyaviy ta’minlash departamenti;
  • Iste’mol bozori, transport. Aloqa va turism sohalarini moliyaviy tartibga solish departamenti;
  • Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasini moliyaviy tartibga solish departamenti.
Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -81 foydalanuvchi
2 - ball -27 foydalanuvchi
3 - ball -34 foydalanuvchi
4 - ball -38 foydalanuvchi
5 - ball -537 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi