
O’‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori - vazir o‘rinbosari
XOLJIGITOV GOLIB ABLAKULOVICH
Tug'ilgan yili: 1979
Qabul kunlari: Payshanba, 16:00 dan 18:00 gacha
Manzil: Toshkent shahar, Istiqlol koʻchasi, 29-uy
Telefon raqami: (71) 239-41- 22
Vebsayt: www.mf.uz
Millati: o‘zbek
1979-yilda, Samarqand viloyati, Jomboy tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 2001-yilda Shimoliy Arizona Universiteti (AQSh), 2004-yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti, 2012-yilda Garvard Universitetini (AQSh) tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: moliyachi, iqtisodchi.

Mehnat faoliyati
2001-2001 yy.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasining yetakchi mutaxassisi
2001-2002 yy.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassisi
2002-2004 yy.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yetakchi iqtisodchisi, yetakchi inspektori, bosh inspektori
2004-2005 yy.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi monopoliyaga qarshi siyosatini takomillashtirish Markazining ekspert guruhi rahbari
2005-2005 yy.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi monopoliyaga qarshi siyosatini takomillashtirish Markazi direktori vazifasini bajaruvchi
2005-2011 yy.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi monopoliyaga qarshi siyosatini takomillashtirish Markazi direktori
2011-2012 yy.
Garvard Universiteti magistranti (AQSh)
2012-2016 yy.
Qozog‘iston-Britaniya Universiteti Biznes fakultetida assistent-professori, dekan o‘rinbosari
2016-2018 yy.
“UBS Global Wealth Management” korporatsiyasining xususiy kapital va moliyaviy texnologiyalarni boshqarish masalasida avtomatlashtirish va robotlashtirilgan
2018-2019 yy.
“Bank of Amerika Merril Lynch” korporatsiyasining moliyaviy texnologiyalar masalalari bo‘yicha loyihalar menejeri (AQSh)
2016-2018 yy.
“UBS Global Wealth Management” korporatsiyasining xususiy kapital va moliyaviy texnologiyalarni boshqarish masalasida avtomatlashtirish va robotlashtirilgan xizmatlarni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejeri (AQSh)
2019-y.-h.v.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat - xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori - vazir o‘rinbosari

Funksiyalari va joriy faoliyati
Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari quyidagilardir:
- Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini chuqur va tanqidiy tahlil qilish;
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Agentlik qonun loyihasining faoliyatini tashkil etish;
- faoliyat masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqishni tashkil etish va ularni O‘zbekiston Respublikasi qonunlari talablariga qat’iy muvofiq Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritishni ta’minlash;
- Agentlikka taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning taklif va loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqishni ta’minlash, ularning puxta moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa ekspertizasini o‘tkazish;
- Agentlik faoliyatiga ishlarni tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etishni ta’minlash;
- Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijrosini ta’minlash, elektron hujjat aylanishi tizimini keng joriy etish va undan samarali foydalanish, yuridik va jismoniy shaxslarning kelib tushayotgan murojaatlari bo‘yicha ma'lumotlar bazasini shakllantirish, ularni hisobga olish va ko‘rib chiqish natijalarini kuzatish bo‘yicha ishlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish.