
O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vaziri oʻrinbosari
ERGASHEV ABDIMUXTOR ERGASHEVICH
Tug‘ilgan yili: 1977
Qabul kunlari: Chorshanba, 11.00 dan - 13.00 gacha
Manzil: Toshkent shahar, Istiqlol koʻchasi, 29-uy
Telefon raqami: (71) 239-10-61
Vebsayt: www.mf.uz
Millati: O‘zbek
Ergashev Abdimuxtor 1977-yil Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 2000-yil Termiz Davlat Universitetini, 2004-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan va 2009-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyamiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:
1994-1995 yy.
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani Xalq banki xodimi
1995-2001 yy.
“Oʻzagrosugʻurta” DASK Qumqoʻrgʻon tumani rejalashtirish boʻlimi boshligʻi, nazoratchisi
2001-2004 yy.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti
2004-2007 yy.
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy oʻzgartirish va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi
2007-2010 yy.
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishning iqtisodiy tahlili va prognozlash boshqarmasi debitor-kreditor qarzlar monitoringi sektori boshligʻi
2010-2010 yy.
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qishloqda bozor infratuzilmasini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi
2010-2017 yy.
Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari ahborot-tahlil departamenti qishloq xoʻjaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish shoʻbasi fermerlikni rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassisi
2017-2018 yy.
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi
2018-2019 yy.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari
2019-y. 15-martdan-h.v.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari

Funksiyalari va joriy faoliyati
Vazirlikning quyidagi tuzilmaviy boʻlinmalari faoliyatini bevosita nazorat qiladi:
- Agrosanoat majmuasi va atrof-muhitni muhofaza qilish moliyasi departamenti;
- Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish va komlayens-nazorat boʻlimi;
- Axborot texnologiyalarini va xavfsizligini ta’minlash boʻlimi.