Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari

ISAKOV ODILBEK RUSTAMOVICH

Tugʻilgan yili: 1981 

Qabul kunlari: Juma, soat 14.00 dan - 16.00 gacha

Manzil: Toshkent shahar, Istiqlol koʻchasi, 29-uy

Telefon raqami: (71) 239-49-49

Veb-sayt: www.mf.uz

Millati: Oʻzbek

1981-yilda Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2002-yilda Manchester Metropolitan Universitetida (Buyuk Britaniya) Biznes iqtisodiyoti boʻyicha bakalavr, 2006-yilda Stratklayd Universitetida (Buyuk Britaniya) Moliya sohasi boʻyicha magistr darajasiga ega. 2012-yildan beri Diplomli moliyaviy tahlilchi (Chartered Financial Analyst).

Mehnat faoliyati:




2006-2018-yy.

Buyuk Britaniyada HSBC investitsiya bankida Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun jahon moliya bozorlarida qimmatli qog‘ozlar chiqarishni tashkil etish boshqarmasi tahlilchi-mutaxassis, bosh mutaxassisi, vitse-prezident va direktor lavozimlarida ishlagan. Mazkur vaqt mobaynida u yetmishdan (70) ortiq tranzaksiyalarni (jumladan, Polsha, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Ruminiya, Vengriya, Qozogʻiston va boshqalar) muvaffaqiyatli tamomlagan.

2018-2019-yy.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasi boshlig‘i – vazir maslahatchisi sifatida ishlagan

2019-yil mart oyidan hozirgi kungacha

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda

Funksiyalari va joriy faoliyati

Vazirlikning quyidagi tuzilmaviy boʻlinmalari faoliyatini bevosita nazorat qiladi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi;
  • Davlat tashqi va ichki qarzi departamenti;
  • Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash departamenti;
  • “Axborot-hisoblash markazi” DUK;
  • Moliya organlari va budjet tashkilotlari moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazi.
Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -78 foydalanuvchi
2 - ball -26 foydalanuvchi
3 - ball -34 foydalanuvchi
4 - ball -37 foydalanuvchi
5 - ball -518 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi