
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari
SULTANOV DILSHOD SHUXRATOVICH
Tug'ilgan yili: 1980
Qabul kunlari: Seshanba, 16.00 dan - 18.00 gacha
Manzil: Toshkent shahar, Istiqlol koʻchasi, 29-uy
Telefon raqami: (71) 239-10-20
Vebsayt: www.mf.uz
Millati: O‘zbek
1980-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. Maʼlumoti oliy. 2002-yilda Toshkent temir yoʻllari va transport institutini tamomlagan.

Tarjimai holi:
2002-2003 yy.
DATK "O‘zbekiston temir yoʻllari" Moliya va buxgalteriya hisobi boshqarmasining uslubiyot va ma’lumotlarni tahlil etish bo’limi 2-toifali buxgalteri
2003-2012 yy.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Soliq siyosati boshqarmasi bosh iqtisodchisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i
2012-2013 yy.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari Yig‘ma axborot-tahlil Departamenti sho‘ba mudiri
2013-2015 yy.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boshlig‘i
2015-2017 yy.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori
2017-2017 yy.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi
2017-2018 yy.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i
2018-h.v.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari

Funksiyalari va joriy faoliyati
Quyidagi funksiyalarni bajaradi va bevosita vazirlikning ushbu tuzilmaviy bo‘linmalari ustidan nazoratni amalga oshiradi:
- Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti;
- Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti departamenti.