
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari
XAYDAROV AXADBEK YAXYOBEKOVICH
Tug'ilgan yili: 1971
Qabul kunlari: Juma, 11:00 dan - 13:00 gacha
Manzil: Toshkent shahar, Istiqlol koʻchasi, 29-uy
Telefon raqami: (71) 239-46-46
Vebsayt: www.mf.uz
Millati: o‘zbek
1971-yilda Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida tugʻilgan.
Maʼlumoti: oliy, 1994-yil Toshkent davlat universitetini tugatgan (matematika) va 1998-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (sirtqi – Bank ishi).
2001-yil Yaponiyaning siyosiy fanlar milliy instituti (davlat siyosati – oʻtish iqtisodiyoti, makroekonomika) va 2006-yil Villiams Kolleji (AQSh universiteti) – “Iqtisodiy rivojlanish” magistri.
Davlat mukofotlari: 2012-yil “Shuhrat” medali

Mehnat faoliyati:
1988-1989 yy.
Fargʻona viloyatining Oltiariq tumani “Agrokommunstroyremont” qurilish korxonasi ishchisi
1989-1994 yy.
Toshkent davlat universiteti talabasi
1994-1996 yy.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti stajer-tadqiqotchisi
1996-1999 yy.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Pul-kredit siyosati departamenti II toifali iqtisodchisi, yetakchi iqtisodchi, boʻlim boshligʻi
1999-2006 yy.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti Bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi, Bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari
2006-2007 yy.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish Bosh boshqarmasi boshligʻi
2007-2013 yy.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qimmatli qogʻozlar departamenti boshqarmasi boshligʻi, Monetar siyosat departamenti direktori oʻrinbosari – Pul va moliya bozoridagi operatsiyalar boshqarma boshligʻi, Monetar siyosat departamenti direktori
2013-2016 yy.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruv raisi oʻrinbosari
2016-2016 yy.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari
2016-2017 yy.
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik – tijorat banki boshqaruvi raisi
2017-2017 yy.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari
2017-2019 yy.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
2019-2019 yy.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori
2019-2019-y. sentabr oyidan hozirgi kungacha
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari

Funksiyalari va joriy faoliyati
Vazirlikning quyidagi tuzilmaviy bo‘linmalari faoliyatini bevosita nazorat qiladi:
- Davlat budjeti bosh boshqarmasi;
- Xalqaro moliyaviy munosabatlar boshqarmasi;
- Mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni;
- Budjet-soliq tadqiqotlari instituti;
- Davlat asllik darajasini belgilash palatasi.