РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Items filtered by date: Seshanba, 30 Iyul 2019

KUN.UZ saytida chop etilgan “UzASBO” dasturi o’qituvchilarning haqini «urib» qoladimi? O’qituvchining Moliya va Xalq ta’limi vazirligiga murojaati” nomli maqolada ko’tarilgan masala O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan atroflicha o’rganib chiqilib, quyidagilar ma’lum qilinadi.

«UzASBO» dasturi byudjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish uchun mo’ljallangan dastur bo’lib, barcha operatsiyalar, ko’rsatkichlar va me’yorlar, shu jumladan mehnatga soatbay haq to’lash miqdorlari amaldagi qonun hujjatlariga asosan o’z vaqtida kiritib boriladi.

Ushbu dasturda hozirgi kunda 26 mingdan ortiq byudjet tashkilotlaridagi 3,5 million atrofida ishchi xodimlar va talabalarning ish haqi, stipendiya to’lovlari qonunchilikda belgilangan tartib va qoidalar asosida hisoblab boriladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 11 dekabrdagi “O’quv mashg’ulotlari o’tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to’lash miqdorlari to’g’risida”gi 312-son qarorida o’quv mashg’ulotlari o’tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to’lash miqdorlari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanishi belgilangan.


Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori qabul qilingunga qadar, o’rindoshlik asosida ishlovchi o’qituvchilarga soatbay mehnatiga haq to’lash O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006 yil 5 yanvardagi 03, 01/23-sonli qo’shma buyrug’i asosida o’qituvchining bazaviy tarif stavkasiga 0,8 koeffitsientni qo’llash orqali amalga oshirilib kelingan.

Concrete

Jahon iqtisodiyotining yangi rivojlanish bosqichi, globallashuv davrida iqtisodiy inqirozning echimini topish, yangi ish o’rinlarini yaratish, resurslardan oqilona foydalanish va albatta ijtimoiy ahamiyatga ega sohalarni yanada rivojlantirishni talab etadi. Iqtisodiy o’sishning eng muhim sharti bu – aholiga sifatli xizmatlar ko’rsatish va hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashdir. Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi barcha sohalarda DXSh asosidagi loyihalarni amalga oshirishga ko’maklashuvchi yagona vakolatli organ sifatida turli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Xususan, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi ko’magi bilan Toshkent shahar hokimligi va Osiyo taraqqiyot bankining O’zbekistondagi doimiy vakilligi direktori Sintiya Malvichini bilan birgalikda “Toshkent shahar issiqlik tarmoqlari tizimini uzoq muddatli ijara shartida boshqaruvga topshirish bo’yicha konsultatsiya xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha kelishuv”ini imzoladi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyul 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31        

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 355 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd