РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Items filtered by date: Juma, 19 Iyul 2019

Concrete

19 iyul kuni Moliya vazirligida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - Moliya vaziri Jamshid Qo'chqorov, rasmiy tashrif bilan O'zbekistonda bo'lib turgan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha Vitse-prezidenti Siril Myuller bilan uchrashdi.

2017 yildan boshlab, Jahon banki iqtisodiy o'sish va fuqarolarning farovonligini oshirishga qaratilgan tizimli islohotlar dasturini amalga oshirish uchun moliyaviy va texnik yordamni sezilarli darajada oshirdi.

Bugungi kunda Jahon bankining O'zbekistondagi portfeli Evropa va Markaziy Osiyodagi uchta yirik kompaniyalardan biri sanaladi. U O'zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilgan 22 ta loyihadan iborat bo'lib, umumiy qiymati 4,08 milliard AQSh dollarni tashkil etadi. Mazkur loyihalar makroiqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, qishloq va suv xo'jaligi, energetika va transport sohalarini, sog'liqni saqlash tizimini, ta'lim va ijtimoiy muhofazani, shahar infratuzilmasini, suv ta'minoti va sanitariya sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mamlakatimizda aholi daromadlari va turmush darajasini oshirib borish, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini yanada ijtimoiy qo’llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish siyosati bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Aholining ehtiyojmand qatlamlarini manzilli ijtimoiy himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilangan.

Ushbu sayi xarakatlar davomi sifatida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 iyulda imzolangan Farmoniga muvofiq, 2019 yil 1 avgustdan pensiya va ijtimoiy nafaqalarning miqdori 1,1 baravarga oshirilishi natijasida 3,5 mln. nafardan ortiq pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilarning moddiy ta’minoti yanada yaxshilanadi.

Shuningdek, Farmonda 2019 yil 1 avgustdan boshlab nogironlar va imkoniyati cheklangan bolalarga, shu jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini yanada qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Xususan:

II-guruh nogironligi bo’lgan shaxslarning nogironlik pensiyasi eng kam miqdorini belgilashga nisbatan yondashuv tubdan qayta ko’rib chiqildi. Yangi tartibga muvofiq II-guruh nogironligi bo’lgan shaxslar pensiyasining eng kam miqdori hozirgi yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan 75 foiziga oshiriladi. Ushbu o’zgartirish qariyib 50 ming nafarga yaqin nogirinligi bo’lgan shaxslarning pensiya miqdorini o’rtacha 145 foizga oshirishni ta’minlaydi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida kelgusida o’tkazilishi kutilayotgan risklarni milliy baholash va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish (PODG’FT) milliy tizimini o’zaro baholash masalalari bo’yicha uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, O’zbekiston Buxgalter va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, O’zbekiston Auditorlar palatasi, O’zbekiston buxgalterlar federatsiyasi vakillari hamda auditorlik va sug’urta tashkilotlarining mas’ul xodimlari ishtirok etishdi. 

Uchrashuvning asosiy maqsadi bo’lib jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish (PODG’FT) milliy tizimini o’zaro baholash tartib-taomillariga tayyorgarlik ko’rishning asosiy yo’nalishlarini muhokama qilish hisoblandi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyul 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31        

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 499 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!