
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari
ISAKOV ODILBEK RUSTAMOVICH
Tugʻilgan yili: 1981
Qabul kunlari: Juma, soat 14.00 dan - 16.00 gacha
Manzil: Toshkent shahar, Istiqlol koʻchasi, 29-uy
Telefon raqami: (71) 239-49-49
Veb-sayt: www.mf.uz
Millati: Oʻzbek
1981-yilda Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2002-yilda Manchester Metropolitan Universitetida (Buyuk Britaniya) Biznes iqtisodiyoti boʻyicha bakalavr, 2006-yilda Stratklayd Universitetida (Buyuk Britaniya) Moliya sohasi boʻyicha magistr darajasiga ega. 2012-yildan beri Diplomli moliyaviy tahlilchi (Chartered Financial Analyst).

Mehnat faoliyati:
2006-2018-yy.
Buyuk Britaniyada HSBC investitsiya bankida Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun jahon moliya bozorlarida qimmatli qog‘ozlar chiqarishni tashkil etish boshqarmasi tahlilchi-mutaxassis, bosh mutaxassisi, vitse-prezident va direktor lavozimlarida ishlagan. Mazkur vaqt mobaynida u yetmishdan (70) ortiq tranzaksiyalarni (jumladan, Polsha, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Ruminiya, Vengriya, Qozogʻiston va boshqalar) muvaffaqiyatli tamomlagan.
2018-2019-yy.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasi boshlig‘i – vazir maslahatchisi sifatida ishlagan
2019-yil mart oyidan hozirgi kungacha
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda

Funksiyalari va joriy faoliyati
Vazirlikning quyidagi tuzilmaviy boʻlinmalari faoliyatini bevosita nazorat qiladi:
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi;
- Davlat tashqi va ichki qarzi departamenti;
- Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash departamenti;
- “Axborot-hisoblash markazi” DUK;
- Moliya organlari va budjet tashkilotlari moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazi.