O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

2019 yil 1 yanvardan amalda bo'lgan soliq qonunchiligi yuzasidan ko'p uchraydigan savollar

Savol
    Javob
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi PF-5468-sonli farmoniga asosan, ushbu korxona 2019 yil davomida umumbelgilangan tartibda soliq toʻlashi lozim boʻladi va agarda 2019 yilda korxona 1 mlrd.soʻmdan kam oborot qilsa uning soliq solish rejimi 2020 yilda qayta koʻrib chiqiladi.

  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi PF-5468-sonli farmoniga asosan 2019 yil 1 yanvardan boshlab oʻtgan yil yakunlari boʻyicha yillik oboroti (tushumi) 1 milliard soʻmdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga jumladan, QQS toʻlashga oʻtkazish belgilanganligidan kelib chiqib, ushbu xabarnoma soliq majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan manzilli maslahat xizmatlarini koʻrsatish maqsadida yuborilgan.

  • Xabarnomada QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun ariza shakliga havola qoʻyilgan boʻlib, ushbu havola orqali ariza shakli oʻtiladi va rasmiylashtirib yuboriladi. Ariza asosida avtomatik tarzda QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkaziladi va belgilangan shakldagi guvohnoma shaxsiy kabinetga qayta yuboriladi. Shuningdek, QQS toʻlovchisi sifatida davlat soliq inspektsiyalarida tashkil etilgan “Maslahat xizmatlarini koʻrsatish” darchalari orqali ham roʻyxatdan oʻtish mumkin.

  • Korxonaning yillik aylanmasi barcha faoliyat turlari boʻyicha umumiy aniqlanadi. Agarda korxonaning umumiy yillik aylanmasi belgilangan miqdorga yetsa yaʼni, 1 mlrd.soʻmdan oshganda korxona umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtishi lozim boʻladi, bunda korxonaning shaxsiy kabinetiga xabarnoma kelganligi yoki kelmaganligi ahamiyatga ega emas.

  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi PF-5468-sonli farmoniga asosan 2019 yil 1 yanvardan boshlab oʻtgan yil yakunlari boʻyicha yillik oboroti (tushumi) 1 mlrd. soʻmdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan barcha korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish belgilangan.

  • Qoʻshilgan qiymat soligʻi ikki baravar toʻlanmaydi faqatgina korxonada hisobga olinadigan QQS summasi boʻlmaydi.

  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi PF-5468-sonli farmoniga asosan yagona yer soligʻi toʻlovchilari uchun uchun amaldagi soliqqa tortish tartibi saqlanib qolinadi.

  • Soliq kodeksining 204-moddasiga asosan baholari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganda, soliq solinadigan baza belgilangan baholardan (tariflardan) kelib chiqqan holda aniqlanadi.

  • Korxona 2019 yil 1 yanvardan umumbelgilangan tartibdagi soliqlarni toʻlashga oʻtsa, 2018 yil yakuni bilan uning omborida qolgan tovarlari ham QQS bilan sotiladi.

  • Agarda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda ushbu tovarlarni ichki bozorda realizatsiya qilinishi uchun QQSdan imtiyozlar nazarda tutilmagan boʻlsa belgilangan tartibda QQS hisoblanadi.

  • Elektron hisobvaraq-fakturalar shakllantirilganda xaridorning STIR raqami kiritilsa uning rekvizitlari avtomatik tarzda shakllanadi va ushbu shakllangan elektron hisovaraq-fakturalarni yuborish elektron koʻrinishda juda qulay va ortiqcha xarajatlarni oldi olinadi, jumladan qogʻozlar tejaladi.

  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 oktyabrdagi PF-5564-sonli Farmoniga asosan 2018 yil 1 noyabrdan boshlab yuridik shaxslar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartib joriy etilgan. Shunga asosan yuridik shaxs tomonidan korporativ karta orqali tovar xarid qilganda hisobvaraq-faktura olinishi shart.

  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 oktyabrdagi PF-5564-sonli Farmoniga asosan 2018 yil 1 noyabrdan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartibini joriy etilgan. Shunga asosan YaTT korporativ karta orqali tovar sotganda hisobvaraq-faktura rasmiylashtirishi shart.

  • Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy my.soliq.uz sayti orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va elektron hisobvaraq-faktura moduli orqali yuboriladi.

  • Shart emas.

  • Agarda koʻrsatilayotgan xizmatlar qonun hujjatlari asosida QQSdan ozod qilingan boʻlsa rasmiylashtiriladigan hisobvaraq-fakturalarda QQS koʻrsatilmaydi.

  • Rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar asosida QQS hisob-kitobi 7-8 ilovalarini avtomatik tarzda shakllanishini taʼminlash yuzasidan bugungi kunda tegishli ishlar olib borilmoqda.

  • Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq toʻlovchilar Soliq kodeksining 349-moddasiga asosan qurilishi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda tanlov savdolari asosida amalga oshirilayotgan obʼektlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash majburiyati yuzaga keladi.

  • Soliq kodeksining 208-211-moddalarida QQS boʻyicha soliq imtiyozlari belgilangan.

  • Soliq kodeksining 218-moddasiga asosan import qilingan tovarlar boʻyicha bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida byudjetga toʻlangan QQS summasini hisobga olish huquqiga ega boʻladi.

  • Soliq kodeksining 212-moddasida asosan tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish oborotiga nolь darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinishi belgilangan.

  • Soliq kodeksining 216-moddasiga asosan xalqaro yoʻnalishda tashish xizmatlariga nolь darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi.

  • Soliq kodeksining 218-moddasiga asosan import qilingan tovarlar boʻyicha bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida byudjetga toʻlangan QQS summasini hisobga olish huquqiga ega boʻladi. Agar import qilingan tovarlar boʻyicha soliqni byudjetga toʻlashdan ozod etish tarzida boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan imtiyoz berilgan boʻlsa ham qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga olinadi. Bunda, agar realizatsiya qilish oborotlari Soliq kodeksining 208-moddasiga asosan QQSdan ozod qilingan boʻlsa, bojxona toʻlovlari boʻyicha maqsadli imtiyozlar belgilangan boʻlsa ham QQS hisobga olinmaydi.

  • Soliq kodeksining 363-moddasiga asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyat turlarini amalga oshirishda yagona yer soligʻi toʻlovchi mazkur faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishi va yagona soliq toʻlovini yoki qatʼiy belgilangan soliq toʻlanishi nazarda tutilgan faoliyat doirasida qatʼiy belgilangan soliqni toʻlashi shartligi belgilangan. Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash majburiyati vujudga kelmaydi.

  • QQS realizatsiya qilinayotgan tovarlarning qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, yaʼni Soliq kodeksining 204-moddasiga asosan sotish qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

  • "QQSni hisoblab chiqarish va toʻlashning umumbelgilangan tartibini qoʻllovchi korxonalar Soliq kodeksining 218-moddasiga asosan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtilganda tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari boʻyicha oʻtilgan paytdan eʼtiboran qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisobga olish huquqiga ega boʻladi. Buning uchun Siz 2019 yil 1 yanvarь holatiga materiallar, tayyor mahsulotlar va tovarlar qoldigʻini inventarizatsiyadan oʻtkazgan holda qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan sotib olingan materiallar, tayyor mahsulot tarkibidagi materiallar va tovar moddiy boyliklar qoldigʻini va ular boʻyicha toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini aniqlab, soliqqa tortiladigan oborotlar boʻyicha byudjetga toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻini aniqlashda hisobga olishingiz mumkin boʻladi."

  • "Soliq kodeksining 208-moddasiga asosan dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar, shu jumladan ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan shunday vositalar va buyumlar oboroti QQSdan ozod qilingan. Korxona 2019 yil 1 yanvardan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtadi, lekin korxona tomonidan realizatsiya qilinayotgan dori vositalariga qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblanmaydi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobi imtiyoz qoʻllanilgan holda taqdim etiladi.

  • "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 oktyabrdagi PF-5564-sonli Farmoniga asosan 2018 yil 1 noyabrdan boshlab yuridik shaxslar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan invoys (hisob-faktura) berish orqali korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartib joriy etilgan. Shunga asosan yuridik shaxs tomonidan korporativ karta orqali tovar xarid qilganda hisobvaraq-faktura olinishi shart."

  • "Yuridik shaxs umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchisi, Soliq kodeksining 218-moddasiga asosan import qilingan tovarlar boʻyicha bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida byudjetga toʻlangan QQS summasini hisobga olish huquqiga ega boʻladi.

  • "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli qarorining 13-bandiga muvofiq 2019 yilda yagona yer soligʻi toʻlovchilar uchun soliqqa tortishning amaldagi tartibi saqlab qolinishi belgilandi, yaʼni yerning normativ narxidan 0,95 foiz stavkada yagona yer soligʻi toʻlanadi.

  • "Soliq kodeksining 208-moddasiga asosan, bosma mahsulotlar yaʼni, kitob mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarining davriy bosma nashrlari (reklama tusidagi bosma nashrlar bundan mustasno), daftarlar hamda rasm va chizmachilik alьbomlarini realizatsiya qilish oborotlari hamda ommaviy axborot vositalarini va kitob mahsulotlarini yetkazib berish xizmatlari QQSdan ozod qilingan.

  • "Soliq kodeksining 204-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan benzin, dizelь yoqilgʻisi va gaz realizatsiya qilinganda soliq solinadigan baza ularni realizatsiya qilish qiymati asosida, unga QQS hamda benzin, dizelь yoqilgʻisi va gazni yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilish chogʻida toʻlanadigan aktsiz soligʻi kiritilmagan holda aniqlanadi. Shunga koʻra, benzin, dizelь yoqilgʻisi va gazni yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilish chogʻida toʻlanadigan aktsiz soligʻi QQS solish bazasiga kiritilmaydi, yaʼni QQS hisoblangandan soʻng aktsiz soligʻi hisoblanadi.

  • "Soliq kodeksining 2261-moddasiga asosan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtish uchun ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtish toʻgʻrisida yozma xabarnomani quyidagi muddatlarda taqdim etadi:
    oʻtgan yil yakunlari boʻyicha yalpi tushumi uch milliard soʻmdan oshmagan yuridik shaxslar — joriy yilning 1 fevralidan kechiktirmasdan;
    soliq davri davomida yalpi tushumi bir milliard soʻmdan oshgan yuridik shaxslar — yalpi tushumi bir milliard soʻmdan oshgan oydan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan;
    ixtiyoriy ravishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash istagini bildirgan yuridik shaxslar — hisobot davri boshlanishidan bir oy oldin, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar esa, oʻz faoliyatini amalga oshirishni boshlagunga qadar.

  • Soliq kodeksi 208-moddasining 13-bandiga asosan, tibbiy xizmatlar (kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) hamda veterinariya xizmatlari, dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar, shu jumladan, ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotgan shunday vositalar hamda buyumlar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilgan.

  • Soliq kodeksning 225-moddasiga asosan qoʻshilgan qiymat soligʻining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Yillik yakunlari esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.

  • Soliq kodeksning 204-moddasiga asosan asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni va qurilishi tugallanmagan obʼektlarni realizatsiya qilish chogʻida soliq solinadigan baza ularni realizatsiya qilish qiymati asosida, biroq ularning qoldiq (balans) qiymatidan kam boʻlmagan, qoʻshilgan qiymat soligʻi kiritilmagan holda aniqlanadi.

  • "Soliq kodeksning 40-1-bobiga asosan soddalashtirilgan QQSni qoʻllayotgan soliq toʻlovchilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oluvchi shaxsga qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi va summasini koʻrsatgan holda hisobvaraq-faktura taqdim etishlari shart. Ushbu hisobvaraq-faktura qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning umumbelgilangan tartibini qoʻllayotgan soliq toʻlovchi soliqni hisobga olishi uchun asos boʻladi. Import operatsiyalari va norezidentlarning soliq solinadigan oborotlari boʻyicha soddalashtirilgan QQS toʻlovchilar 20%lik stavkada soliq toʻlaydilar.
    Soddalashtirilgan QQSni hisoblab chiqarish tartibining qolgan jihatlari qoʻshilgan qiymat soligʻining umumiy tizimidagiga oʻxshash.

  • Soliq kodeksning 218-moddasiga asosan, qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning umumbelgilangan tartibini qoʻllovchi korxonalar import qilingan xomashyo va materiallar boʻyicha bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisobga olish huquqiga ega boʻladi. Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibini qoʻllovchi korxonalar Soliq kodeksning 226-3-moddasiga asosan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olish mexanizmini qoʻllash huquqiga ega emas.

  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-son qaroriga muvofiq, 2019 yil 1 iyuldan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib oluvchilar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari hisoblanmaydigan yetkazib beruvchilardan olingan hisob-fakturalar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olish huquqiga ega emaslar. Bunda, soliq toʻlovchilarning davlat soliq xizmati organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rasmiy sayti orqali real vaqt rejimida aniqlanadi.

  • "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3262-sonli qaroriga muvofiq QQS toʻlashdan ozod qilingan korxona davlat soliq xizmati organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobotini taqdim etishda hisobotning tegishli ilovasida imtiyozni koʻrsatgan holda hisobotni taqdim etadi.

  • "Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 197-moddasi 3-qismiga muvofiq yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar boʻlgan yuridik shaxslar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yilning navbatdagi choragi boshlanguniga qadar bir oydan kechiktirmasdan, yangi tashkil etilayotgan yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar boʻlgan yuridik shaxslar esa faoliyat boshlanguniga qadar taqdim etiladigan yozma bildirishga asosan ixtiyoriy asosda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashi mumkin. Agar korxonangiz ixtiyoriy tartibda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchisi boʻlsa, ushbu holatda tovarlarni realizatsiya qilishda hisobvaraq-fakturalarni QQS bilan rasmiylashtirishingiz shart.

  • "Soliq kodeksining 226-3-moddasiga beshinchi qismiga asosan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibini qoʻllayotgan soliq toʻlovchilar soliq solinadigan aylanmalar boʻyicha QQSni soliq solinadigan baza va belgilangan tabaqalashtirilgan stavkadan kelib chiqqan holda toʻlangan QQSni hisobga olishni qoʻllamasdan hisoblab chiqaradi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, QQSni hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibini qoʻllayotgan soliq toʻlovchilar umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtganda tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari boʻyicha QQSni hisobga (zachyotga) olish huquqiga ega emas.

  • "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019 yil 11 yanvardagi AX/04-02-32/95-son, 14-00751-son qoʻshma xatiga asosan ish yuritilishi maqsadga muvofiq. (Qarang: Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019 yil 11 yanvardagi AX/04-02-32/95-son, 14-00751-son qoʻshma xat)

  • "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019 yil 11 yanvardagi AX/04-02-32/95-son, 14-00751-son qoʻshma xatiga asosan ish yuritilishi maqsadga muvofiq. (Qarang: Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019 yil 11 yanvardagi AX/04-02-32/95-son, 14-00751-son qoʻshma xat)

  • "Soliq kodeksining 208-moddasi 15-bandiga asosan, turistik-ekskursiya xizmatlarini realizatsiya qilish oborotlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladi. Bunda, turistik-ekskursiya xizmatlari jumlasiga safar tarkibida nazarda tutilgan turistik xizmatlar koʻrsatish uchun yoʻllanmaning (vaucherning) qiymatiga kiritilgan barcha turistik-ekskursiya xizmatlari kiradi. Barcha turistik-ekskursiya xizmatlari turistik xizmatlar koʻrsatish shartnomasida belgilangan transportda xizmat koʻrsatishdan, yashab turishga, ovqatlanishga doir xizmatlardan, ekskursiya xizmati, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish xizmatlari va boshqa xizmatlardan iborat boʻladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, turistik xizmatlar koʻrsatish uchun yoʻllanmaning (vaucherning) qiymatiga kiritilgan sayyohlik agentliklariga koʻrsatilayotgan mehmonxona xizmatlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladi.

  • Lemonade

  • Lemonade

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!