РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       Министерство финансов Республики Узбекистан

Управление делами

3877 раза прочитано

Управление делами

Начальник Управления делами – Хасанов Хусан Низомиддинович

Номер телефона: (0-371) 239-45-68

Дни приёма граждан: Понедельник-Пятница, 9.00-11.00 часов

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining

Ishlar boshqarmasi to’g’risida

NIZOM

 

Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ishlar boshqarmasini asosiy vazifalari, funktsiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

 

1-bob. Umumiy qoidalar

 

1. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ishlar boshqarmasi (bundan buyon matnda Boshqarma deb yuritiladi) O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) markaziy apparatining tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi.

2. Boshqarma o’zining faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to’g’risidagi nizom, Vazirlik Hay’atining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining (bundan buyon matnda Vazir deb yuritiladi) buyruqlari va ko’rsatmalari, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

 

2-bob. Boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari

 

3. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Vazirlik moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish;

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moddiy va texnik ta’minotini amalga oshirish;

o’rnatilgan tartibda arxiv ishini yuritish, hujjatlar saqlanishini tashkil etish va nusha olishni ta’minlash;

Vazirlik xo’jalik va tashkiliy ishlarni tashkillashtirish.

Boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

4. Boshqarma asosiy vazifalarni bajarishda quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

Vazirlik moliya-xo’jalik faoliyatini tashkil etish;

Vazirlikning moliyaviy-xo’jalik faoliyati yuzasidan xisobotlarni tayyorlash;

Boshqarmaning kelgusi yil xarajatlarini moliyalashtirilish uchun byudjet so’rovi ishlab chiqish;

Vazirlikning buxgalteriya hisob-kitobini yuritishni tashkil qilish, shuningdek moliya vazirligining G’aznachiligiga moliya vazirligining jamlanma hisobotlarini taqdim etish;

Vazirlik rahbariyati topshirig’laridan kelib chiqib, xarajatlarni moliyalashtirish uchun xarajatlar smetasiga o’zgarishlarni kiritish to’g’risida moliya vazirligiga takliflar tayyorlash;

Vazirlik balansidagi bino, texnika, jixoz (mebel) va boshqa tovar-moddiy boyliklarni hisobga olish, sanoqdan o’tkazish (inventarizatsiya), saqlash,  xizmat davrini va yaroqsiz holga kelgan tovar moddiy boyliklarni o’rnatilgan tartibda hisobdan chiqarish ishlarini amalga oshirish;

Vazirlik binosi, unga tegishli hududlardan maqsadli foydalanishni, belgilangan tartibda ularni ijaraga berishni ta’minlash;

Boshqarma o’z vazifalarini bajarishda vakolat doirasida o’rnatilgan tartibda turli tashkilotlar va muassasalar bilan shartnomalar (kelishuvlar) tuzish ishlarida qatnashish;

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tarkibiy bo’linmalarining moddiy va texnik ta’minotini amalga oshiradi;

Vazirlik markaziy apparati xodimlarining kantselyariya mollariga bo’lgan ehtiyojini o’rganish va natijasiga ko’ra, ularni o’z vaqtida ajratilishini ta’minlaydi;

Vazirlik tomonidan olingan va foydalanilayotgan tovar moddiy boyliklarni hisobini yuritish va saqlanishini ta’minlaydi;

Vazirlik ehtiyojlari uchun moddiy boyliklarni belgilangan tartibda xarid qilinishi ta’minlaydi;

Vazirlik tomonidan o’tkaziladigan seminar, konferentsiya va yig’ilish anjumanlarni yuqori saviyada o’zkazilishini tashkillashtirish ishlarida qatnashadi;

Vazirlik xodimlarining xizmat safari xarajatlarini belgilangan tartibda qoplanishini ta’minlaydi;

Vazirlik rahbariyati uchun kerak bo’lgan ma’lumotlarni yig’ish, zarurat yuzasidan ularni belgilangan tartibda tarjima qilish;

o’rnatilgan tartibda arxiv ishini yuritish, hujjatlar saqlanishini va nusha olishni ta’minlaydi;

Vazirlik tarkibiy bo’linmalari tomonidan yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilish va talablarini amalga oshiradi;

Vazirlik balansidagi inshootlar, texnika qurilmalari va aloqa tizimlarini ishlab turishini va ularga xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi;

Vazirlik balansidagi bino va inshootlar, ularga tegishli hududlarni toza va ozoda saqlash, obodonlashtirish, ta’mirlash, kommunal xizmat ko’rsatish ishlarini tashkillashtirish va boshqa xo’jalik ishlari bilan shug’ullanadi;

Vazirlikka tegishli uy-joy fondini saqlash, undan samarali foydalanishni ta’minlaydi;

Vazirlik markaziy apparati hodimlarini dam olish maskanlariga borish uchun transport vositalarini va shart-sharoitlar tashkillashtirish;

Vazirlik binosida evakuatsiya qilish chizmasini ishlab chiqish va uni tegishli joylarga ilib ko’yilishi va vazirlik tarkibiy bo’linmalarini habardor qilib borish;

Vazirlik balansidagi xizmat avtomashinalarining texnik ahvolini o’rganadi, avtotransport vositalarini ta’mirlash ishlarini tashkil etadi va ularning xizmatga tayyorgarligini ta’minlaydi;

avtotransport vositalarini belgilangan miqdorda yoqilg’i bilan ta’minlash choralarini ko’radi, yo’l ko’rsatgichlari tamg’asi sozligini hamda yoqilg’i sarflanishini nazorat qiladi, avtotransport vositalarini tegishli xodimlarga biriktirish bo’yicha dalolatnomalarni, yo’l varaqalarini va boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi, xizmat avtomashinalarning avtoturargohda saqlanishini ta’minlaydi;

Vazirlik ixtiyoridagi dam olish maskanini bir me’yorda faoliyat ko’rsatishi uchun ta’mirlash, texnik xizmat ko’rsatish va saqlab turish bilan bog’liq xarajatlarni amalga oshiradi;

Boshqarma faoliyatiga oid masalalar bo’yicha fuqarolar va tashkilotlardan kelib tushgan murojaatlarni ko’rib chiqadi va ijrosini ta’minlash;

Boshqarma o’zining vakolati doirasida O’zbekiston Respublikasining sudlarida vazirlik nomidan belgilangan tartibda qatnashadi va shu masalalar bo’yicha uning manfaatlarini himoya qiladi, shuningdek sud qarorlariga asosan pul majburiyatlarini bajaradi;

davlat xaridini amalga oshirishda ishtirok etuvchi Boshqarmaning tegishli xodimlarini malakasini muntazam ravishda oshirish hamda bosqichma-bosqich amaliy tajribaga ega bo’lib borishini ta’minlaydi.

Boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

3-bob. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi

 

5. Boshqarma o’z zimmasiga yuklangan vazifa va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlardan ularning vakolatiga kiruvchi masalalalar yuzasidan hujjatlarni, statistik va boshqa ma’lumotlarni, tahliliy materiallarni, xulosalar va boshqa axborotlarni so’rash;

Vazirlikning xo’jalik ishlari faoliyatini tahlil qiladi va natijasi yuzasidan takliflar kiritish;

Vazirlikdagi moddiy boyliklardan oqilona foydalanishni mas’ul xodimlardan talab qilish;

noto’g’ri foydalanish oqibatida moddiy boyliklarga shikast etkazilganida yoki ular yo’qotilganda moddiy javobgar shaxslarga nisbatan tegishli chora ko’rish uchun rahbariyatga taklif kiritish;

Boshqarma vakolatiga doir masalalar bo’yicha belgilangan tartibda tegishli mutaxasislarni jalb etish;

qonun xujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.

 

6. Boshqarma boshlig’i:

o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi moliya vaziriga bo’ysunadi va unga hisobdordir;

Boshqarmaga rahbarlik qiladi, boshqarma xodimlarini o’z vazifalarini lozim darajada bajarishini va ijro intizomini nazorat qiladi;

Boshqarma xodimlari tomonidan xizmat vazifalari maxfiylik rejimiga amal qilishini ta’minlaydi;

xodimlar tomonidan murojaatlar va xatlarni o’z vaqtida sifatli ko’rib chiqilishini hamda ular bo’yicha qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini ta’minlaydi;

Vazirlik balansidagi binolar, texnika, jixoz (mebel) va barcha boshqa tovar-moddiy boyliklarning saqlanishi, hisobga olinishi va xisobdan chikarilishi, sanoqdan o’tkazilishi (inventarizatsiya) bilan bog’liq hujjatlarning to’g’ri tuzilishi  va hisobini yuritilishini ta’minlaydi;

o’z faoliyatini amalga oshirishda vazirlikning boshqa tarkibiy bo’linmalari va tashkilot hamda muasasalar bilan hamkorlik qiladi.

Boshqarmaga yuklatilgan boshqa vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlaydi.

 

4-bob. Boshqarma faoliyatini tashkil etish

 

7. Boshqarma boshlig’i va boshqarma xodimlari Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va  lavozimdan ozod qilinadi.

Boshqarma faoliyatini tashkil etishda Boshqarma boshlig’i:

Boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, boshqarma ishlarini tashkillashtiradi, yunaltiradi va nazorat qiladi;

Boshqarmaning faoliyatini muvofiqlashtiradi, Boshqarma xodimlari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi,  vazifalar va topshiriqlarni bajarilishi uchun har bir xodimning javobgarlik doirasini belgilaydi;

Vazirlik rahbariyatiga Boshqarma xodimlarini rag’batlantirish to’g’risida takliflar kiritadi.

8. Boshqarma xodimlari o’zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda o’z vakolatlar doirasidan chetga chiqqanliklari, shuningdek qonunga xilof xarakatlar yoki harakatsizligi, xizmat vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari va ichki mehnat tartib qoidalarni buzganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa javobgarlik choralariga tortiladilar.

                                                

5-bob. Yakuniy qoidalar

 

9. Boshqarmani tugatish va qayta tashkil etish Vazir tomonidan amalga oshiriladi.

0.22MB /

Статистическая информация


Перечень товаров, подлежащих государственным закупкам в 3 квартале 2018 года

0.25MB /


Лоты, поставленные в электронный магазин за 2 квартал 2018 года

0.23MB /



Лоты, поставленные в аукцион за 2 квартал 2018 года

0.2MB /


Лоты, поставленные на конкурс за 2 квартал 2018 года

0.2MB /


 

Последнее изменение Пятница, 16 ноября 2018 14:36

Мы в социальных сетях

Календарь новостей

« Декабрь 2018 »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31            

Статистика оценок обращения на телефон доверия

Горячая линия ИВЦ (0-371) 239 15 62

Горячая линия ИВЦ Министерства Финансов по ПК "УзАСБО" и "ИСУГФ"

Подписка на рассылку

Статистика обращений по телефону доверия

Информация об обращениях юридических и физических лиц поступивших в Министерство финансов Республики Узбекистан через телефон доверия за I полугодие 2018 года

Статистика

Сейчас 1235 гостей и ни одного зарегистрированного пользователя на сайте

Архив новостей

Если Вы нашли ошибку в тексте, выделите её и нажмите Ctrl+Enter для уведомления администрации

© 2018 Министерство финансов Республики Узбекистан. Все права защищены.
При любом использовании материалов ссылка на Министерство финансов обязательна.
Разработка и сопровождение сайта ИВЦ Министерства финансов

Our website is protected by DMC Firewall!