Bosh sahifa

Banklar mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda

E-mail Bosma PDF

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil taraqqiy etayotgani mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojida, aholi farovonligining tobora yuksalishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda ish bilan band aholining 74 foizdan ortig‘i aynan shu sohada mehnat qilayotgani, yalpi ichki mahsulotda sohaning ulushi 54 foizni tashkil etayotgani buning yaqqol tasdig‘idir.

Bunday yuksak natijalarga erishishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz banklari tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanayotgani ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yil 26 noyabrda qabul qilingan “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimiz tijorat banklari faolligi va barqarorligini oshirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan mamlakatimizning barcha mintaqalarida tadbirkorlik sohasi vakillari orasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. Unda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda bank tizimining o‘rni, aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining bank tizimiga bo‘lgan ishonchi haqida jamoatchilik fikri o‘rganildi.

So‘rov natijalari ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga hamohang tarzda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonida bank tizimi o‘ziga xos yuqori mavqega ega ekanini tasdiqladi. Eng muhimi, banklarning asosiy ustuvor vazifalari so‘ralganlarning ko‘pchiligi tomonidan to‘g‘ri e’tirof etildi. Aksariyat respondentlar tomonidan mamlakatimiz banklari umumiy faoliyati yuksak baholandi.

Ko‘pchilik tijorat banklarida taklif etilayotgan omonatlarning keng qamrovliligi, mijozlarga yangi zamonaviy texnologiyalar asosida yuqori darajada xizmat ko‘rsatilayotganligi, banklar tomonidan maslahat berish va masalaning yechimida yaqindan yordam ko‘rsatish ishlari olib borilayotganligi alohida qayd etildi. Xususan, tadbirkorlarning katta qismi tadbirkorlik subyektlariga kredit berish bo‘yicha banklar faoliyatidan mamnun ekanini bildirdi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish, jumladan, ta’lim muassasalari, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkor ayollarga kreditlar berish ko‘lami kengaymoqda. Respondentlarning katta qismi yangi ish o‘rinlari yaratishda, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilishda mazkur kreditlar muhim ahamiyat kasb etayotganligini ma’lum qilgan.

So‘rovda qatnashganlarning 92,5 foizi tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun mikrokreditlar ajratish keng yo‘lga qo‘yilganini qayd etgan. Ularning bildirishicha, ajratilayotgan kreditlardan asosan ishlab chiqarishni tashkil etish, mavjud korxonalarni yangi texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish, zamon talablari asosida bino va inshootlarni qurish kabi maqsadlarda foydalanilayotir.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini oshirish, ularni tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida tijorat banklari tomonidan ayollar tadbirkorligini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham respondentlar tomonidan alohida e’tirof etilgan. Ishtirokchilarning ko‘pchiligi (88,3 foizi) tijorat banklarida tadbirkor ayollar uchun kreditlar ajratish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganini qayd etgan.

Bundan tashqari, uy-joy sotib olish va qurish, iste’mol tovarlari xarid qilish, ta’lim shartnomalarini to‘lash bo‘yicha banklar tomonidan berilayotgan kreditlar aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qilayotgani respondentlarning katta qismi tomonidan e’tirof etilgan.

Aksariyat respondentlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarida muntazam ishlab kelayotgan “ishonch telefonlari” bank sohasi bilan bog‘liq masalalarning tezkorlik bilan hal etilishida ko‘mak berayotganligini ta’kidlagan. So‘rovda ishtirok etgan tadbirkorlar tijorat banklari va uning filiallarida tashkil etilgan “Tadbirkorlar xonasi”ga tashrif buyurib, tegishli xodimlardan zarur maslahatlarni olayotgani va bank xizmatlari bo‘yicha materiallardan unumli foydalanayotganini ma’lum qilgan.

So‘rovda ishtirok etganlarning asosiy qismi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan joylarda tashkil etilayotgan uchrashuvlar tadbirkorlar uchun yaratilgan qulaylik va imkoniyatlar haqida ma’lumot berish, ushbu soha vakillarining oldida turgan muammolarga yordam ko‘rsatish maqsadida zarur maslahatlar olishda, mavjud masalalarning yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etayotganligini ta’kidlagan.

 

Ma'lumot manba'i: uza.uz

 

Qidiruv


Телефон доверия

Moliya vazirligi G’aznachiligi

Moliya  Vazirligi xuzuridagi
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

AHM

mdm.uz


Hisobot

Foydalanuvchilar : 2185
Material : 71
Materiallarni ko’rib chiqish : 541524

Hisob kitob



UZ-CERTified